Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Orgil tab. 500mg №10
Nomi | Narx | |||||
Оргил таб. п/о 500мг №10 (2007803##2 178) |
UZS 44 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Орнидазол
Страна производитель
Индия
Дозировка
500 мг
Производитель
Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Orgil®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ornidazol (ornidazole)
Dori shakli
qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 500 mg ornidazol;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, kraxmal, natriy kroskarmeloza, magniy stearati, to‘q sariq bo‘yovchi.
Ta'rifi to‘q sariq rangli qobiq bilan qoplangan dumaloq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
. Tizimli qo‘llash uchun mikroblarga qarshi vositalar. Nitroimidazol hosilalari.
ATX kodi G01A.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Orgil Trichomonas vaginalis, Entamoeba histolytica, Giardia lamblia (Giardia intestinalis) ga, shuningdek Gardnerella vaginalis, Bacteroides va Clostridium spp., Fusobacterium kabi ayrim anaerob bakteriyalar va anaerob kokklarga nisbatan samarali.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi. Peroral qabul qilingandan so‘ng ornidazol tez so‘riladi. So‘rilishi o‘rtacha 90% ni tashkil etadi. Plazmadagi maksimal kontsentratsiyalariga 3 soat davomida erishiladi.
Taqsimlanishi. Ornidazolning oqsillar bilan bog‘lanishi taxminan 13%. Orgilning faol moddasi orqa miya suyuqligiga, organizmning boshqa suyuqliklariga va to‘qimalarga yaxshi o‘tadi. Ornidazolning plazmadagi kontsentratsiyasi preparatni qo‘llanishi bo‘yicha turli ko‘rsatmalar uchun optimal diapazonda bo‘ladi (6-36 mg/l). Sog‘lom ko‘ngillilar tomonidan har 12 soatda 500 mg yoki 1000 mg dozada ko‘p marta qabul qilinganidan keyin kumulyatsiya koeffitsiyenti 1,5-2,5 ni tashkil etadi.
Metabolizmi. Ornidazol jigarda asosan 2-gidroksimetil va -gidroksimetil metabolitlarini hosil bo‘lishi bilan metabolizmga uchraydi. Ikkala metabolitining ham o‘zgarmagan ornidazolga qaraganda Trichomonas vaginalis va anaerob bakteriyalarga nisbatan faolligi kamroq.
Chiqarilishi. Yarim chiqarilish davri taxminan 13 soat. Bir marta qabul qilingandan so‘ng, ornidazol dozasining 85% birinchi 5 kunlar davomida, asosan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi. Qabul qilingan dozaning taxminan 4% o‘zgarmagan holda buyraklar orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Trixomoniaz (Trichomonas vaginalis chaqirgan ayollar va erkaklarning siydik chiqarish yo‘llaridagi infektsiyalar); amyobiaz (Entamoeba histolytica chaqirgan barcha ichak infektsiyalari, shu jumladan amyob dizenteriya, amyobiazning barcha ichakdan tashqari shakllari, ayniqsa, jigarning amyob abstsessi); lyamblioz, chambar ichak va ginekologiyadagi operativ aralashuvlardagi anaerob bakteriyalar chaqirgan infektsiyalarni oldini olish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Orgil tabletkalari doimo ovqatdan so‘ng qabul qilinadi.
Trixomoniaz. 1 tabletkadan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) 5 kun davomida. Takroriy yuqishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, barcha holatlarda jinsiy sherik xuddi shu davolash kursini olishi kerak.
Tana vazni 20 kg dan ortiq 5 yoshdan oshgan bolalar uchun sutkalik doza har kg tana vazniga 25 mg/kg ni tashkil etadi (lekin sutkada 1 g dan ko‘p emas) va bir qabulga buyuriladi.
Amyobiaz. Mumkin bo‘lgan davolash sxemasi amyob dizenteriyasi bo‘lgan bemorlarni uch kunlik davolash kursi va amyobiazning barcha ko‘rinishlarida 5-10 kunlik davolash kursi.
Davolashning davomiyligiSutkalik doza
Tana vazni 35 kg dan ortiq bo‘lgan kattalar va bolalarTana vazni 35 kg gacha bo‘lgan bolalar
a) ameb dizenteriya
3 kunbir qabulga 3 tabletka kechqurun; tana vazni 60 kg dan ortiq bo‘lsa
4 tabletka (2 tabletkadan ertalab va kechqurun)35 kg – bir qabulga 3tabletka
25 kg – bir qabulga 2tabletka
15 kg – bir qabulga 1tabletka
(bir qabulga tana vaznining har kg ga 40 mg dan hisoblanadi)
b) amebiaz-ning boshqa shakllari
5-10 kun2 tabletka (1 tabletkadan ertalab va kechqurun)35 kg – bir qabulga 2tabletka
25 kg – bir qabulga 1tabletka
15 kg – bir qabulga 1/2tabletka
(bir qabulga tana vaznining har kg ga 25 mg dan hisoblanadi)
Lyamblioz. Kattalar va tana vazni 35 kg dan ortiq bo‘lgan bolalarga bir marta kechqurun 3 tabletka buyuriladi, tana vazni 35 kg dan kam bo‘lgan bolalarga –tana vaznining har kg ga sutkada 40 mg doza bir marta qabul uchun buyuriladi. Davolashning davomiyligi 1-2 kunni tashkil etadi.
Anaerob bakteriyalar chaqirgan infektsiyalarni oldini olish Operatsiyadan oldin preparatning 1-2 tabletkasi buyuriladi, operatsiyadan keyin – 3-5 kun davomida 1 tabletkadan sutkada 2 marta.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kuchsiz namoyon bo‘ladigan uyquchanlik, bosh og‘rig‘i va me'da-ichak buzilishlari (ko‘ngil aynashi). Alohida hollarda – markaziy nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, qaltirash, koordinatsiyani buzilishi, tirishishlar, charchoqlik, xushni vaqtinchalik yo‘qotish, sensor yoki aralash periferik neyropatiya belgilari kabi buzilishlar. Ta'm sezishni buzilishi, jigar funktsional sinamalarini o‘zgarishi, teri reaktsiyalari va o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari kabi holatlar kuzatilgan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik. Orgil®ni markaziy nerv tizimining kasalliklari, tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarda, homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ornidazol kumarin qatori peroral antikoagulyantlarning ta'sirini potentsiyalaydi, bu ularning dozasini mos ravishda to‘g‘rilashni talab etadi. Ornidazol vekuroniy bromidining mushaklarni bo‘shashtiruvchi ta'sirini uzaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Trixomoniazni davolashda ikkala sherikni ham bir vaqtda davolash lozim.
Homiladorlik va laktatsiya
Homiladorlarda nazoratli tadqiqotlar o‘tkazilmagan, shuning uchun homiladorlik vaqtida preparatni ona uchun kutilayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan ustun bo‘lgan holdagina buyurish mumkin. Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish lozim.
Avtomobilni boshqarish va texnik moslamalarni ishlatish qobiliyatiga ta'siri
Orgil® transport vositalarini boshqarish va murakkab mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'sir etmaydi, lekin nerv tizimi tomonidan nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lgan holda bunday faoliyatdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari tirishishlar, depressiya, periferik nevrit.
Davolash simptomatik, spetsifik antidoti noma'lum.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda, 1 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
10 tabletkadan blisterda, 10 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 15-25oS haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
KUSUM XELTXKER PVT LTD
SP-289(A), RIICO INDL.AREA, CHOPANKI,
BHIWADI (RAJ.) INDIA
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.