Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Hindiston
Производитель
Ajanta Pharma Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Ha
Chiqarilish shakli
Tabletkalar
Trimol Forte tab. №100 haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Faol moddalar
Preparatning savdo nomi
Trimol Forte
Ta'sir etuvchi moddalar (XNP) paratsetamol, propifenazon, kofein.
Dori shakli
tabletka
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar
Paratsetamol - 500 mg; propifenazon - 150 mg; suvsiz kofein - 30 mg.
Yordamchi moddalar jelatinlangan kraxmal, metilgidroksibenzoat,
propilgidroksibenzoat, gidroksipropiltsellyuloza, kolloid kremniy dioksidi,magniy stearati.
Ta'rifi
Oq yoki hira oq rangli, kapsulasimon bir tomonida bo‘lish chiziqli va xuddi shu tomonida «Trimol Forte» yozuvi bo‘lgan qobiq bilan qoplanmagan tabletkalar. Ikkinchi tomoni tekis qoladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Analgetik-antipiretiklar
ATX kodi N02BE71
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat. Preparatning ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlarining farmakologik xususiyatlari bilan bog‘liq.
Paratsetamol isitmani tushiruvchi va og‘riqni qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Propifenazon – pirazolin hosilasi, og‘riqni qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Kofein markaziy nerv tizimiga, asosan bosh miya qobig‘iga, nafas va qon tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, uykuchanlikni va toliqish hissini kamaytiradi, yurak - qon tomir tizimiga ta'sir ko‘rsatadi yurak qisqarishini tez-tezligini oshiradi, gipotoniyada arterial qon bosimini oshiradi. Kofein shuningdek mustaqil og‘riqni qoldiruvchi samaraga ham ega.
Farmakokinetikasi
Paratsetamol me'da-ichak yo‘llaridan tez va deyarli to‘liq so‘riladi. Plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasiga 30-60 minutda erishadi va plazmadan yarim chiqarilish davri terapevtik dozadan keyin 1-4 soatni tashkil qiladi. Paratsetamol a'zolar va suyuqliklarida nisbatan teng taqsimlanadi. Dori vositaning plazma proteinlari bilan bog‘lanishi o‘zgaruvchan o‘tkir intoksikatsiya vaqtida uchraydigan kontsentratsiyalarda 20-50% bog‘lanishi mumkin. Terapevtik dozaga qarab 90-100% dori vosita birinchi kun davomida siydik bilan chiqarilishi mumkin. Shunga qaramasdan paratsetamol deyarli o‘zgarmasdan chiqarilmaydi, asosiy qismi jigardagi kon'yugatsiyasidan keyin chiqariladi.
Kofein tez va deyarli to‘liq so‘riladi; u ko‘p darajada metabolizmga uchraydi. Metabolitlari asosan siydik bilan chiqariladi. Plazmadan yarim chiqarilish davri taxminan 3-5 soat, proteinlar bilan bog‘lanish - 35% ni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Trimol Forte turli genezli kuchsiz va o‘rtacha jadallikdagi og‘riq sindromi (bosh og‘rig‘i , migren, tish og‘rig‘i, nevralgiya, mialgiya, artralgiya, dismenoreya va boshqalar), isitma sindromida (O‘RK, gripp) va boshqa infektsion-yallig‘lanish kasalliklarida yuqori tana haroratini pasaytirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga (ovqatlanish vaqtida yoki ovqat qabul qilgandan keyin).
Kattalarga sutkada 1 yoki 2 tabletkadan buyuriladi.
O‘smirlarga (12-16 yosh) sutkada 1 tabletkadan. Preparatni og‘riqsizlantiruvchi vosita sifatida 5 kundan ortiq va isitma tushiruvchi vosita sifatida 3 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas. Boshqa dozalari va qo‘llash sxemalari shifokor tomonidan belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Gastralgiya, ko‘ngil aynishi, qusish, gepatotoksiklik, nefrotoksiklik, me'da - ichak yo‘llarini eroziv-yaralari shikastlanishi, allergik reaktsiyalar (teri toshmasi va eshakemi).
Boshqa nojo‘ya samaralar qichishish, eritema, angionevrotik shish, astma, anafilaktik shok va hansirash.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga shaxsiy yuqori sezuvchanlik.
Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, me'da – ichakdan qon ketish, jigar yoki buyrak faoliyatini yaqqol buzilishi.
Glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza genetik yo‘qligi.
Glaukoma, bronxial astma.
Homiladorlik va emizish davri va 12 yoshdan kichik bolalar.
Yaqqol arterial gipertenziya, yurak ishemik kasalligi og‘ir kechishi, yuqori qo‘zg‘atuvchanlik, uyquni buzilishida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Geparin, peroral antikoagulyantlar, rezerpin, steroid gormonlar va diabetga qarshi vositalarni ta'sirini kuchaytiradi. Boshqa nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar, metotreksat bilan bir vaqtda qo‘llanganda nojo‘ya samaralarni rivojlanish havfini oshiradi. siydik kislotasini chiqarilishiga yordam beradigan spironolakton, furosemid, gipotenziv vositalar podagraga qarshi vositalarni samarasini kamaytiradi. Preparatlar (barbituratlar, rifampitsin, salitsiamid, tirishishga qarshi preparatlar va jigarning mikrosomal fermentlarini rag‘batlantiruvchi boshqa preparatlar) jigar faoliyatiga ta'sir qiladigan paratsetamolni toksik metabolitlar xosil bo‘lishiga olib keladi. Metoklapramid paratsetamolni so‘rilishini tezlashtiradi. Paratsetamol ta'sirida xloramfenikol chiqarilish vaqti 5 martaga ko‘payadi. Paratsetamol qayta qabul qilinganda antikokoagulyantlarni (dikumarin hosilasi) ta'sirini kuchaytiradi. Paratsetamol va etanol bir vaqtda qabul qilinganda jigarning shikastlanishi xavfini oshirishi mumkin. Kofein ergotaminni so‘ralishini tezlashtiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Trimol Forteni og‘ir darajali jigar va buyrak yetishmovchiligi, qon ketishiga, alkogolni suiiste'mol qilishda va glyukozo-6-fosfat degidrogenaza tanqisligi bo‘lgan bemorlarda buyurish mumkin emas. Propifenazon porfiriyaning o‘tkir xurujlarni chiqarishi mumkin va shu tufayli bunday patsiyentlar uchun xavfsiz hisoblanmaydi. Homiladorlik va laktatsiya davri.
Asoslangan ma'lumotlar yo‘q. Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Chiqarilish shakli
Qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga 10 tabletkadan 10 blisterlarda saqlovchi karton quti.
Qo‘llash yo‘riqnomasi bilan birga 10 tabletkadan 2 blisterlarda karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30˚S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
48 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Adjanta Farma Limited”
Adjanta Xaus, Govt. Indastrial Eriya
Charkop, Kandivili (V), Mumbay 400067
Hindiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.