Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Bromgeksin 8 draje №25 Berlin-Xemi
Nomi | Narx | |||||
Бромгексин 8 драже №25 Берлин Хеми (34526A##2 173) |
UZS 19 800
Stokda yetarli (4)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Бромгексин 8 драже №25 Берлин Хеми (42520A##2 266) |
UZS 19 500
Stokda yetarli (9)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Бромгексин
Страна производитель
Германия
Дозировка
8 мг
Производитель
Berlin-Chemie AG (Menarini Group), Германия произведено: Menarini von Heyden GmbH
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Bromgeksin 8 Berlin-Xemi
qobiq bilan qoplangan tabletkalar, 8 mg
Bromgeksin gidroxloridi
Ushbu dori preparatini qo‘llashni boshlashdan avval ilova-varaqani diqqat bilan o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma'lumot saqlaydi.
Ushbu preparatni ilova-varaqada keltirilgan ko‘rsatmaga muvofiq yoki davolovchi shifokorning yoki dorixona xodimining ko‘rsatmasiga muvofiq qo‘llash lozim.
• Ushbu ilova-varaqani asrang. Keyinchalik Sizga uni yana o‘qib chiqishga to‘g‘ri kelishi mumkin.
• Agar Sizda keyinchalik savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
• Bironta nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganida shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling. Bu har qanday yuz berishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarga - shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta'riflanmaganlarga ham taalluqlidir. 4 bo‘limga qarang.
• Agar 4-5 kun o‘tgach, kasallik simptomlari chuqurlashsa yoki yaxshilanish kuzatilmasa, shifokorga murojaat qiling.
Ushbu ilova-varaqaning mazmuni
1.Bromgeksin 8 Berlin-Xemi preparati o‘zi nima va u nima uchun qo‘llanadi
2.Bromgeksin 8 Berlin-Xemi preparatini qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
3.Bromgeksin 8 Berlin-Xemi preparatini qanday qabul qilish kerak
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlari
5.Bromgeksin 8 Berlin-Xemi preparatini saqlash sharoiti
6.O‘ram ichidagi va boshqa ma'lumotlar
1. BROMGEKSIN 8 BERLIN-XEMI PREPARATI O‘ZI NIMA VA U NIMA UChUN QO‘LLANADI
Bromgeksin 8 Berlin-Xemi preparatida balg‘am ko‘chiruvchi (yopishqoq balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi nafas yo‘llarining kasalliklarida balg‘amni suyulishiga yordam beruvchi) vositasi bo‘lgan bromgeksin gidroxloridi saqlanadi.
Bromgeksin 8 Berlin-Xemi yopishqoq balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi bronx va o‘pkaning o‘tkir va surunkali kasalliklarida balg‘amni suyultirish uchun qo‘llanadi.
6 yoshdan katta bolalarda o‘smirlarda va kattalarda qo‘llash uchun.
2. BROMGEKSIN 8 BERLIN-XEMI PREPARATINI QABUL QILIShNI BOShLAShDAN OLDIN NIMALARNI BILISh KERAK
Bromgeksin 8 Berlin-Xemini quyidagilarda qo‘llash mumkin emas
agar Sizda bromgeksin gidroxloridi yoki ushbu preparatning xar qanday boshqa komponentlariga allergiya bo‘lsa ( 6 bo‘limga qarang).
Bolalar
Bromgeksin 8 Berlin-Xemini ta'sir etuvchi moddasininig kontsentratsiyasi yuqori bo‘lganligi tufayli 6 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Bromgeksin 8 Berlin-Xemini qabul qilishdan avval maslahat olish uchun shifokorgayoki dorixona xodimigamurojaat qiling.
Bromgeksin gidroxloridiniqabul qilish bilan bog‘liq terining og‘ir reaktsiyalari to‘g‘risidaxabarlar mavjud. Agar Sizda teri toshmasi (jumladanog‘iz, tomoq, burun, ko‘z, jinsiy a'zolarining shilliq qavatini shikastlanishi) paydo bo‘lsa, darhol Bromgeksin 8 Berlin-Xemi preparatini qabul qilishni to‘xtating va shifokorga murojaat qiling.
Bromgeksin 8 Berlin-Xemi preparatini qo‘llashni boshlashdan oldin quyidagi holatlar bo‘yichashifokor bilan maslahatlashing
Agar Siz me'da yoki 12 barmoq ichak yara kasalligi bilan xastalangan (yoki ilgari xastalangan) bo‘lsangiz, chunki Bromgeksin 8 Berlin-Xemi me'da va ichak shilliq qavatininghimoyalovchi funktsiyasini buzishi mumkin.
Bronxlarning ayrim kam uchraydigan bronx shirasi (sekret) ni haddan ziyod to‘planishi bilan kechuvchi kasalliklarida (masalan, birlamchi siliar diskineziya (kiprikchalar diskineziyasi). Bunday holatlarda sekretnito‘planishi mumkinligi tufayli Bromgeksin 8 Berlin-Xemini faqat shifokorni kuzatuvi ostida qo‘llanishiga yo‘l qo‘yiladi..
Buyrak funktsiyasi buzilgan yoki jigarning jiddiy kasalliklarida (bunday hollarda Bromgeksin 8 Berlin-Xemini shifokorni ko‘rsatmasi bo‘yicha qabul qilish o‘rtasidagi yanada uzoq intervalda yoki kamaytirilgan dozada). Buyrak funktsiyasini sezilarli buzilishida Bromgeksin 8 Berlin-Xemini parchalanishi natijasidagi mahsulotlari jigarda to‘planib qolishi mumkin.
Preparat bilan uzoq muddat davolanishda jigar funktsiyasini vaqti-vaqti bilan tekshirish kerak.
Boshqa dori vositalari va Bromgeksin 8 Berlin-Xemi
Agar Siz hozirgi vaqtda harqanday boshqa dori vositalarini qabul qilayotgan, yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz yoki qabul qililishngiz mumkin bo‘lsa, bu haqida shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering.
Bromgeksin 8 Berlin-Xemini yo‘talga qarshi preparatlar bilan birga qo‘llanganda, yo‘tal refleksini susayishi tufayli, xavf tug‘diruvchi sekret to‘planishi mumkin; shuning uchun preparatni bunday tarzda birga buyurishda ayniqsa sinchkov kuzatuv zarur.
Me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatini ta'sirlanish simptomlarini chaqiruvchi preparatlar qo‘llanganda, Bromgeksin 8 Berlin-Xemini ta'siri ostida me'da shilliq qavatini ta'sirlanishi kuchayishi mumkin.
Homiladorlik va emizish
Homiladorlik yoki emizish hollarida, shuningdek mumkin bo‘lgan yoki rejalashtirilgan homiladorlikda ushbu preparatni qabul qilishdan avval maslahat olish uchun shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
Xozirgi vaqtgacha bu preparatni homiladorlik davrida qo‘llash tajribasi mavjud emas; demak, Bromgeksin 8 Berlin-Xemini homiladorlarga faqat shifokor tomonidan foyda va xavf nisbatini sinchiklab baholagandan keyin qo‘llashga yo‘l qo‘yiladi. Bu preparatni homiladorliknibirinchi uch oyligidaqo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Bromgeksin ko‘krak sutiga tushadi. Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda preparatning ta'siri yetarli darajada o‘rganilmaganligi tufayli, bu preparatni emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish va mashinalar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Bromgeksin 8 Berlin-Xemi transport vositalarini boshqarish va mashinalar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi yoki kuchsiz ta'sir ko‘rsatadi.
Bromgeksin 8 Berlin-Xemi preparatida laktoza, glyukoza va saxaroza saqlanadi
Agar Sizda qandaydir qandlarni o‘zlashtiraolmaslik aniqlanagan bo‘lsa ushbu preparatni qabul qilishni boshlashdan oldin o‘zingizni davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
3. BROMGEKSIN 8 BERLIN-XEMI PREPARATINI QANDAY QABUL QILISh KERAK
Ushbu preparatni ilova-varaqada keltirilgan ko‘rsatmaga, yokidavolovchi shifokor yoki dorixona xodimining ko‘rsatmasiga muvofiq ravishda qo‘llash lozim. Agar Sizda shubha paydo bo‘lsa, u holda davolovchi shifokor yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
Dozalari
Tavsiya qilinadigan dozaquyida berilgan jadvalda to‘liq keltirilgan
PatsiyentlarDozalari
Kattalar va 14 yoshdan kattao‘smirlar1-2 tabletkadan kunigauch marta
(bu sutkadagi 24-48 mg bromgeksinga ekvivalent)
6 dan 14 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlar, shuningdek tana vazni 50 kg dan kam bo‘lgan patsiyentlar1 tabletkadan kunigauch marta (busutkadagi 24 mg bromgeksinga ekvivalent)
6 yoshdan kichik bolalar uchun preparatni ta'sir etuvchi moddasining kam miqdorini saqlagan dori shakllari mavjud.
Buyrak funktsiyasini buzilishlarida yoki og‘ir darajadagi buyrak kasalliklarida preparatni kichik dozalarda yoki yanada uzoqinterval bilan qo‘llanadi. Bu masalada o‘z davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashing.
Qo‘llash usuli
Tabletkalarni ovqatdan so‘ng va katta miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish kerak.
Izoh
Preparatni yetarli miqdordagi suyuqlik bilan qabul qilish tavsiya qilinadi.
Qo‘llash davomiyligi
Qo‘llash davomiyligi kasallikning tabiati va og‘irligiga bog‘liq bo‘lib, davolovchi shifokor tomonidan aniqlanishi kerak.
Agar kasallik simptomlari kuchaysa yoki4-5 kun o‘tgach, yaxshilanish kuzatilmasa, shifokorga murojaat qiling.
Agar Sizga Bromgeksin 8 Berlin-Xemining ta'siri xaddan tashqari kuchli yoki xaddan tashqari kuchsiz tuyulsa, o‘z shifokoringizga yokidorixona xodimiga xabar qiling.
Agar Siz Bromgeksin 8 Berlin-Xemi preparatini buyurilganidan yuqori dozada qabul qilgan bo‘lsangiz
Doza oshirib yuborilishi, belgilari, qoida bo‘yicha, preparatning odatdagi nojo‘ya ta'sirlari chegarasidan chiqmaydi. Kasallikning og‘ir simptomlar rivojlanganida qon aylanishi nazorat qilish va zarurati bo‘lganida simptomlarni bartaraf qilishga qaratilgan davolash talab etilishi mumkin.
Agar bola tasodifan katta miqdorda Bromgeksin 8 Berlin-Xemini yutib yuborgan bo‘lsa, zudlik bilan shifokorga murojaat qiling.
Agar Siz Bromgeksin 8 Berlin-Xemi preparatini qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Preparatning o‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish maqsadida ikki barobar dozada oshirib qabul qilmang.
Agar Siz Bromgeksin 8 Berlin-Xemi qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz yoki buyurilganidan kamroq dozada qabul qilgan bo‘lsangiz, keyingi galda uni odatdagi buyurilgan dozada qabul qiling.
Agar Siz Bromgeksin 8 Berlin-Xemini qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Davolovchi shifokor bilan maslahatlashmasdan davolashni to‘xtatmang. Bu kasalingizni yanada og‘irlashtirishi mumkin.
Agar Sizda bu masalada yana qandaydir savollar bo‘lsa, davolovchi shifokoringiz yoki dorixona xodimi bilan maslahatlashing.
4. BO‘LIShI MUMKIN BO‘LGAN NOJO‘Ya TASIRLARI
Barcha dori vositalar kabi, budori vositasi ham, garchi ular barcha patsiyentlarda rivojlanmasada, nojo‘ya ta'sirlar ko‘rsatishi mumkin.
Agar Siz quyida ko‘rsatilgan nojo‘ya ta'sirlarni paydo bo‘lganini sezsangiz, preparatniqabul qilishnito‘xtating va darhol shifokorga murojaatqiling.
Ba'zida paydo bo‘ladigan nojo‘ya ta'sirlar (100 patsiyentdan 1 nafarida kuzatilishi mumkin)
Isitma
Ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, qusish, diareya
Kam hollarda paydo bo‘ladigan nojo‘ya ta'sirlar (1000 patsiyentdan 1 da kuzatilishi mumkin)
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari
Toshma, eshakemi
Noma'lum (mavjud ma'lumotlarga asosan tez-tezligini baholashni iloji yo‘q)
Anafilaktik reaktsiyalar, jumladan anafilaktik shok, anagionevrotik shish, (teri, teri osti qavatini, shilliq qavatini yoki shilliq osti qavati to‘qimalarini shishini tezda rivojlanishi) vaterini qichishishi
Terininig og‘ir noxushreaktsiyalari (jumladanko‘p shakllieritema, Stivens-Djonson sindromi/toksik epidermal nekroliz va o‘tkir tarqalgan ekzantematoz pustulez).
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining birinchi belgilarida, shuningdek teri va shilliq qavatida g‘ayri-oddiy o‘zgarishlar paydo bo‘lganida Bromgeksin 8 Berlin-Xemi preparatini qabul qilishni to‘xtating. Bunday hollarda darhol shifokoraga murojaat qiling.
Nojo‘yata'sirlari to‘g‘risidaxabarlar
Bironta nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lganidashifokorga, dorixona xodimiga yoki tibbiyot hamshirasiga murojaat qiling. Bu har qanday mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlarga, shu jumladan ushbu ilova-varaqada ta'riflanmaganlarga ham tegishli. Siz shuningdek bevosita nojo‘ya ta'sirlari to‘g‘risida “Berlin-Xemi- AG” kompaniyasining O‘zbeksistondagi vakolatxonasini quyidagi manziliga Toshkent, 100015, Afrosiab ko‘ch., 12 ( biznes-markaz) xabar qilishingiz mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari to‘g‘risida xabar qilib, Siz ushbu dori preparatini xavfsizligi to‘g‘risida ko‘p ma'lumot to‘planishiga yordamqilishingiz mumkin.
5. BROMGEKSIN 8 BERLIN-XEMI PREPARATINI SAQLASh ShAROITI
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Dori vositasini blister o‘ramidagi va karton qutidagi “yilgacha” yozuvidan so‘ng ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng Bromgeksin 8 Berlin-Xemi qo‘llanmasin.
Yaroqlilik muddati
tugash sanasi ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuni hisoblanadi.
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Hech qanday dori preparatlarni kanalizatsiyaga yoki maishiy axlatlar bilan birga tashlamang. Dorixona xizmatchisi bilan keraksiz dori preparatiniyo‘q qilish to‘g‘risida maslahatlashing. Bu choralar atrof-muhitnihimoya qilinishigayordamberishi mumkin.
Yaroqlililik muddati
5 yil.
6. O‘RAM IChIDAGI VA BOShQA MALUMOTLAR
Bromgeksin 8 Berlin-Xemi preparatini tarkibi
Preparatning ta'sir etuvchi moddasi, bromgeksin gidroxlorididir.
Qobiq bilan qoplanagan bitta tabletkada 8 mg bromgeksin gidroxloridi saqlanadi.
Boshqa ingrediyentlari makkajo‘hori kraxmali, laktoza monogidrati, magniy stearati, jelatin, kolloid kremniy dioksidi suvsiz, saxaroza, kaltsiy karbonati, yengil asosiy magniy karbonati, talk, makrogol 6000, glyukoza siropi (quruq modda) ,titan dioksidi (E171), povidon K25, karanub mumi, sariq xinolon (E104).
Bromgeksin 8 Berlin-Xemi preparatini ta'rifi va chiqarilish shakli
Biroz ikkitomoni qavariq, sariqdan yashil ko‘kimtir-sariq rangligacha bo‘lgan, deyarli oq yadroli,qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Qobiq bilan qoplangan 20 tabletka original o‘ramda.
Qobiq bilan qoplangan 25 tabletka original o‘ramda.
Qobiq bilan qoplangan 50 tabletka original o‘ramda.
Bozorda o‘ramining barcha o‘lchamlari bo‘lmasligi mumkin.
Qayd etish guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
Qayd etish guvohnomasining egasi
Berlin-Xemi AG
(Menarini Grupp)
Gliniker Veg 125
12489 Berlin, Germaniya
Ishlab chiqaruvchi
Berlin-Xemi AG
(Menarini Grupp)
Gliniker Veg 125
12489 Berlin, Germaniya
Menarini-Fon Xeyden GmbX
Leyptsiger Shtrasse 7-13
01097 Drezden, Germaniya
Ushbu ilova-varaqaning oxirgi tasdiqlangan sanasi 03.2016.

Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.