Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Bronxipret sirop 50ml
Nomi | Narx | |||||
Бронхипрет сироп 50мл (0000190781##1903) |
UZS 53 400
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Бронхипрет сироп 50мл (0000190781##1954) |
UZS 53 400
Stokda yetarli (5)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тимьяна обыкновенного травы экстракт, плюща листьев экстракт
Страна производитель
Германия
Дозировка
50 мл
Производитель
Bionorica SE
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Bronxipret
Ta'sir etuvchi moddalar tog‘jambil o‘tining suyuqekstrakti, pechak barglarining suyuq ekstrakti.
Dori shakli
Sirop.
Tarkibi
10 g Bronxipret siropi (bu 8,92 ml ga muvofiq keladi) quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
1,5 g tog‘jambil o‘tining suyuq ektrakti (12–2,5),
0,15 g pechak barglarining suyuq ekstrakti (11);
yordamchi moddalar limon kislotasi monogidrati, tozalangan suv, gidroksipropil betadeks, kaliy sorbati, suyuq maltit.
Etanol miqdori 7% (hajm nisbatida).
Ta'rifi och-jigarrang rangli, tiniq suyuqlik. Saqlash jarayonida xiralishishi yoki cho‘kma tushishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
Balg‘am ko‘chiruvchi prepapatlar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlarning majmuasi
ATX kodi R05CA10.
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat. Balg‘am ko‘chiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, sekretolitik, bronxolitik ta'sir ko‘rsatadi. Balg‘amning yopishqoqligini pasayishiga va uni chiqarilishini tezlashishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Taqdim qilinmagan.
Qo‘llanilishi
Nafas yo‘llarining yo‘tal va balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali yallig‘lanish kasalliklari (traxeit, traxeobronxit, bronxit) ni davolashda balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarda va 1 yoshdan boshlab bolalarga qo‘llash uchun buyuriladi.
Agar shifokor boshqacha buyurmagan bo‘lsa, odatdagi dozalash quyidagicha
YoshiBir martalik dozaSutkalik doza
Kattalar va 12 yoshdan boshlab o‘smirlar5,4 ml16,2 ml
6-11 yoshdagi bolalar 4,3 ml12,9 ml
1-5 yoshdagi bolalar3,2 ml9,6 ml
Bronxipret siropini o‘lchov stakanchadan foydalanib, kuniga 3 marta yuqoridagi jadvalda ko‘rstilgan yoshga muvofiq dozada qabul qiling. Bronxipret siropini suyultirilmagan holda qabul qiling. Bronxipret siropini oz miqdordagi suyuqlik (suv bilan afzal) bilan qabul qilish mumkin.
Har bir qo‘llashdan oldin chayqatilsin!
Qo‘llash davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq. Agar shikoyatlar 1 haftadan ko‘p davom etsa, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori vositalari kabi Bronxipret siropi ham nojo‘ya samaralarga ega bo‘lishi mumkin, ular har doim ham paydo bo‘lmaydi.
Nojo‘ya samaralarini baholashda asos sifatida ularni paydo bo‘lish tez–tezligi bo‘yicha quyidagi ma'lumotlar olinadi
Juda tez–tez davolangan 10 patsiyentdan 1 nafaridan ko‘pida
Tez–tez davolangan 100 patsiyentdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida
Ba'zida davolangan 1000 patsiyentdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida
Kam hollarda davolangan 10000 patsiyentdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida
Juda kam hollarda davolangan 10000 patsiyentdan 1 nafaridan kamida
Noma'lum mavjud ma'lumotlardan tez–tezligini aniqlash mumkin emas
E'tibor berish kerak bo‘lgan ahamiyatli nojo‘ya samaralar va agar Sizda quyidagi reaktsiyalar yuz bersa ko‘rish lozim bo‘lgan choralar
Quyida sanab o‘tilgan nojo‘ya samaralari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim. U nojo‘ya samaraning og‘irlik darajasi va keyingi zarur choralar yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin.
Ba'zida me'da–ichak yo‘llari tomonidan spazmlar, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi shikoyatlar paydo bo‘lishi mumkin.
Kam hollarda terining toshma bilan kechuvchi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (allergik reaktsiyalar) paydo bo‘lishi mumkin. Shuningdek hansirash, eshakemi, yuzni, og‘iz bo‘shlig‘ini va/yoki tomoqni shishi kabi allergik reaktsiyalar kuzatilishi ham mumkin.
O‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalarining birinchi belgilari paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralaridan birontasi haddan ziyod kuchli bo‘lsa yoki Siz ushbu ilova–varaqada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarini kuzatsangiz, shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Pechak, tog‘jambil, boshqa labgullilarga va selderdoshlarga yoki Bronxipret siropining har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik (allergiya) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirining hollari hozirgi vaqtgacha noma'lum.
Bronxipret siropini yo‘talga qarshi preparatlar bilan, shuningdek balg‘amni xosil bo‘lishini kamaytiradigan dori vositalar bilan qabul qilish mumkin emas, chunki bu suyulgan balg‘amni yo‘talib chiqarilishini qiyinlashtiradi. Antibakterial dori vositalar bilan majmuada qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bronxipret siropini 1 yoshdan kichik bolalar qabul qilishlari mumkin emas. Agar preparat 1 yoshdan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilganda yo‘tal to‘xtamasa yoki qaytalansa, shifokorga murojaat etish kerak.
Muvofiq tadqiqotlarlarning yo‘qligi tufayli, preparatni homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
Agar shikoyatlar preparat bir hafta qabul qilinganidan keyin yo‘qolmasa yoki nafas olishni qiyinlashishi, isitma, yiringli yoki qon aralash balg‘am paydo bo‘lganida, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Gastrit yoki me'da yarasi bo‘lgan patsiyentlar tomonidan ehtiyotkorlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi. Gastrit yoki me'da yarasi bo‘lgan patsiyentlarga preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashish tavsiya etiladi.
Preparat 7% etanol saqlaydi (hajm nisbatida). Alkogolizm bilan xastalangan yoki alkogolizmdan davolanishni muvaffaqiyatli yakunlagan patsiyentlar preparatni qabul qilmasliklari kerak. Dori vositasini tavsiya etilgan dozadan yuqori dozada qabul qilayotgan bolalarni davolaganda, shuningdek yuqori xavf guruhiga mansub patsiyentlarni, masalan jigar kasalliklari va tutqanog‘i bo‘lgan patsiyentlarni davolaganda alkogolning miqdorini e'tiborga olish kerak.
Preparatning tarkibida maltitol eritmasi saqlanadi. Shuning uchun ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmaydigan patsiyentlar siropni qabul qilishni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyin boshlashlari kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar siropni bir martalik dozasi (5,4 ml) 1,9 g o‘zlashtiriladigan uglevodlarni saqlashini hisobga olishlari kerak.
Avtotransportni haydash va mashinalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyati hech qanday alohida ehtiyotkorlik choralari talab qilinmaydi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida qorinda og‘riqlar, qusish va diareya bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda bu haqida shifokoringizga xabar bering, u zarur choralar to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Sirop 50 ml va 100 ml dan flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Preparatni original o‘ramida, 25°C yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Flakon ochilgandan keyingi yaroqlilik muddati 6 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptciz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.