Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Bronxipret TP tab. №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Тимьяна обыкновенного травы экстракт, плюща листьев экстракт
Страна производитель
Германия
Производитель
Bionorica SE
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Bronxipret TP
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Navro‘zgul ildizining quruq ekstrakti, tog‘jambil o‘tining quruq ekstrakti.
Dori shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 60 mg navro‘zgul ildizining quruq ekstrakti, 160 mg tog‘jambil o‘tining quruq ekstrakti;
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, glyukoza, suvsiz kolloid kremniy dioksidi, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, gipromelloza, yalpiz aromatizatori, propilenglikol, natriy saxarini, talk, riboflavin (E101), xlorofill kukuni (E141), titan dioksidi (E171), krospovidon, povidon K25, poliakrilat dispersiyasi, dimetikon.
Ta'rifi yashil rangli, dumaloq shaklli, ikki tomonlama qavariq yarim xira yuzali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlarning majmuasi
ATX kodi R05CA10.
Farmakologik xususiyatlari
O‘simliklardan olinadigan majmuaviy preparat. Balg‘am ko‘chiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, sekretolitik, bronxolitik ta'sir ko‘rsatadi. Balg‘amning qovushqoqligini pasayishiga va uni chiqarilishini tezlashishiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Taqdim qilinmagan.
Qo‘llanilishi
Nafas yo‘llari va bronxlarning yo‘tal va balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi o‘tkir shamollash kasalliklari (traxeit, traxeobronxit, bronxit) ni davolashda balg‘am ko‘chiruvchi vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Yosh
Bir martalik doza
Sutkalik doza
Kattalar va 12 yoshdan oshgan o‘smirlar
1 tabletka
3 tabletka
Bronxipret® TP tabletkalarini 1 tabletkadan kuniga 3 marta, chaynamasdan, ovqatdan oldin yetarli miqdordagi suyuqlik (bir stakan suv bilan afzal) bilan qabul qilinadi.
Qo‘llash davomiyligi kasallikni kechishiga bog‘liq. Agar preparatni 1 hafta qabul qilgandan keyin shikoyatlar bartaraf etilmasa, shifokor bilan maslahatlashing.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori vositalari kabi Bronxipret® TP tabletkalari ham nojo‘ya samaralarga ega bo‘lishi mumkin, ular har doim ham paydo bo‘lmaydi.
Nojo‘ya samaralarini baholashda asos sifatida ularni paydo bo‘lish tez–tezligi bo‘yicha quyidagi ma'lumotlar olinadi
Juda tez–tez davolangan 10 patsiyentdan 1 nafaridan ko‘pida
Tez–tez davolangan 100 patsiyentdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida
Ba'zida davolangan 1000 patsiyentdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida
Kam hollarda davolangan 10000 patsiyentdan 1 nafaridan 10 nafarigachasida
Juda kam hollarda davolangan 10000 patsiyentdan 1 nafaridan kamida
Noma'lum mavjud ma'lumotlardan tez–tezligini aniqlash mumkin emas
E'tibor berish kerak bo‘lgan ahamiyatli nojo‘ya samaralar va agar Sizda quyidagi reaktsiyalar yuz bersa ko‘rish lozim bo‘lgan choralar
Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat qilish lozim. U nojo‘ya samaraning og‘irlik darajasi va keyingi zarur choralar yuzasidan qaror qabul qilishi mumkin.
Ba'zida me'da–ichak yo‘llari tomonidan spazmlar, ko‘ngil aynishi, qusish va diareya kabi shikoyatlar paydo bo‘lishi mumkin.
Juda kam hollarda o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (allergik reaktsiyalar), masalan hansirash, teri toshmasi, eshakemi, yuzni, og‘izni va/yoki og‘iz-halqumni shishi paydo bo‘lishi mumkin. Agar ko‘rsatilgan nojo‘ya samaralaridan birontasi haddan ziyod kuchli bo‘lsa yoki Siz ushbu tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan nojo‘ya samaralarini kuzatsangiz, shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Pechak ildizi, tog‘jambil o‘tiga, Lamiaceae oilasiga mansub boshqa o‘simliklarga yoki Bronxipret TP tabletkalarining har qanday komponentlariga yuqori sezuvchanlik (allergiya) da qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Bronxipret TP tabletkalarini boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'sirining hollari hozirgi vaqtgacha noma'lum.Bronxipret® TP bilan bir vaqtda qabul qilinayotgan boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Bronxipret TP tabletkalarini yo‘talga qarshi preparatlar bilan, shuningdek balg‘amni xosil bo‘lishini kamaytiradigan dori vositalar bilan qabul qilish mumkin emas, chunki bu suyulgan balg‘amni yo‘talib chiqarilishini qiyinlashtiradi. Antibakterial dori vositalar bilan majmuada qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bronxipret TP tabletkalarini 12 yoshdan kichik bolalar tomonidan qabul qilish mumkin emas, chunki 12 yoshdan kichik bolalar tomonidan preparatni qabul qilish yuzasidan yetarli tadqiqotlar mavjud emas.
Yetarli tadqiqotlarning yo‘qligi tufayli, preparatni homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
Agar shikoyatlar preparat bir hafta qabul qilinganidan keyin yo‘qolmasa yoki nafas olishni qiyinlashishi, isitma, yiringli yoki qon aralash balg‘am paydo bo‘lganida, darhol shifokorga murojaat qilish kerak.
Gastrit yoki me'da yarasi bo‘lgan patsiyentlar preparatni qabul qilishdan oldin shifokor bilan maslahatlashing.
Preparatning tarkibida glyukoza va laktoza mavjud. Agar sizda ayrim qandlarni o‘zlashtiraolmasligi bo‘lsa preparatni faqat shifokor bilan maslahatlashgandan keyingina qabul qilishni boshlash kerak.
Qandli diabeti bo‘lgan bemorlar 1 tabletka o‘rtacha 0,3 g o‘zlashtiriladigan uglevodlar saqlashini hisobga olishlari kerak. Bronxipret TP qobiq bilan qoplangan tabletkalari glyuten saqlamaydi.
Avtotransportni haydash va mashinalarga xizmat ko‘rsatish qobiliyati
hech qanday alohida ehtiyotkorlik choralari talab qilinmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilganida qorinda og‘riqlar, qusish va diareya bo‘lishi mumkin.
Bunday hollarda bu haqida shifokoringizga xabar bering, u zarur choralar to‘g‘risida qaror qabul qilishi mumkin.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Standart o‘ram 20 tabletkadan blisterda.
1 blister tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25°C yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptciz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.