Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gerbion pastilki plyusha 35mg №16
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Сухой экстарата листьев плюща
Kelib chiqqan mamlakat
Sloveniya
Дозировка
35 мг
Производитель/Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d.
Chiqarish shakli
Пастилки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Gerbion pastilki plyusha
Ta'sir etuvchi modda (XPN) pechak barglari ekstrakti
Dori shakli
pastilkalar
Tarkibi
1 pastilka quyidagilarni saqlaydi
faol modda pechak barglarining quruk ekstrakti (5—7,51)¹ - 35 mg.
yordamchi moddalar izomal't (M turi) (E953), limon kislotasi (E330), sukraloza (E955), karamel aromatizatori², sitrus aromatizatori³, qalampir yalpiz barglari moyi.
¹ Pechak barglarining quruq ekstrakti (Hedera helix L., araliyev oilasiga mansub (Araliaceae), folium). Dorivor o‘simlik xom-ashyosi miqdorining dastlabki ekstraktning miqdoriga nisbati 5-7,51.
Eketragenti 30% etanol (m/m).
² Karamel' aromatizatori quyidagilarni saqlaydi; tabiiy ta'm-xushbo‘y modda (natural flavoring substance), ta'm-xushbo‘y preparat (flavoring preparation), propilenglikol', suv.
³ Sitrus aromatizatori quyidagilarni saqlaydi tabiiy ta'm-xushbo‘y modda (natural flavoring substance), ta'm-xushbo‘y preparat (flavoring preparation), butil guruhi qo‘shilgan gidroksianizol (E320),
Ta'rifi Och jigarrangdan jigarrangacha bo‘lgan g‘adir-budur yuzali chetlari kesilgan dumaloq pastilkalar. Sariqdan jigarrang rangacha bo‘lgan hamda och dog‘lari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi, havo pufakchalar va chetlari ahamiyatsiz notekis bo‘ladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Shamollash va yo‘tal belgilarini bartaraf kilish uchun preparatlar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar, yo‘talga qarshi vositalar bilan majmuasi bundan mustasno. Oddiy pechak barglari.
ATX kodi R05CA12.
Farmakologik xususiyatlari
"Gerbion pastilki plyusha" mukolitik va bronxospazmolitik vosita sifatida ta'sir etuvchi oddiy pechak barglarining quruq ekstraktini saqlaydi. Preparat balg‘amining qovushqoqligini kamayishiga yordam beradi, balg‘am chiqarilishini yengillashtiradi va yo‘talni tinchlantiradi.
Qo‘llanilishi
Nafas yo‘llarining o‘tkir yoki surunkali yallig‘lanish kasalliklarida balg‘am ajralishi bilan kechadigan yo‘talni simptomatik davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalar, o‘smirlar va 6 yoshdan katta bolalar 1 pastilkadan kuniga 3 marta (kuniga pechak barglarining quruq ekstraktini 105 mg ga mos keladi).
Pastilkani to‘liq erib ketguncha og‘izda shimish kerak. Pastilkani bevosita ovqatdan oldin yoki ovqat paytida qabul qilmaslik kerak.
"Gerbion pastilki plyusha" preparati bilan davolash davrida iliq suv yoki choyning yotarlicha miqdorini iste'mol qilish tavsiya etiladi, ammo pastilka shimilishi bilan darhol emas.
6 yoshgacha bolalar uchun mazkur dori shaklida preparatni dozalash imkonsizligi tufayli "Gerbion sirop plyuщa" preparatini qabul qilish tavsiya etiladi.
Davolash davomiyligi kasallik xarakteri va og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi va odatda 7 kunni tashkil kiladi. Kasallikning klinik belgilari yo‘qolganidan keyin yana 2 - 3 kun preparatni qabul qilish tavsiya etiladi.
Ushbu preparatni qo‘llash vaqtida bir haftadan ortiq muddatda simptomlarning saqlanib qolishida shifokorga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Nojo‘ya ta'sirlari
Boshqa dori preparatlari kabi "Gerbion pastilki plyusha" yakka holatlarda nojo‘ya ta'sirlarini chaqirishi mumkin.
Tez-tez (≥1/1O0 dan ˂1/10 gacha)
- ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Tez-tez emas (≥1/1000 dan <1/100 gacha)
- eshakemi, teri toshmasi, kuperoz yoki nafasning qiyinlashishi, anafilaktik reaktsiya ko‘rinishida namoyon bo‘ladigan allergik reaktsiyalar.
Allergik reaktsiyalar paydo bo‘lish holatida preparatni qabul qilinishini to‘xtatish va shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomada eslatib o‘tilmagan nojo‘ya reaktsiyalarning paydo bo‘lish holatida, iltimos, ular haqida shifokoringizga murojat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Faol substantsiyaga, araliyev oilasiga mansub boshqa o‘simliklarga yoki preparatning har qanday yordamchi moddalariga individual yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Qabul qilishni boshlashdan avval Siz biron bir dorivor vositalarni qabul qilayotgapingizni yoki yaqin kunlarda ularni qabul qilganingiz haqida shifokorga xabar berishingiz zarur.
Boshqa dori vositalari va oziq-ovqat mahsulotlari bilan o‘zaro ta'sirlar hakida ma'lumotlar yo‘q.
Maxsus ko‘rsatmalar
Agar bemorning axvoli davolashning 7 kunidan keyin yaxshilanmaslik holatida, yoki nafas olishning qiyinlashishi, yiringli balg‘am, yoki harorat ko‘tarilishi kuzatilsa shifokorga murojaat qilish zarur.
Kodein yoki dekstrometorfan kabi yo‘talga qarshi vositalar bilan birgalikda qo‘llash mutaxassis maslahatisiz tavsiya etilmaydi.
Zo‘rayish bosqichidagi me'da-ichak yo‘llari kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlikka rioya etish kerak.
"Gerbion pastilki plyusha" preparati izomalvtozani saqlaydi. Buni fruktozani irsiy o‘zlashtiraolmasligi bo‘lgan patsiyentlar inobatga olishi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Biron bir preparatlarni qabul qilishdan avval shifokor bilan maslahatlashish zarur.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlarning chegaralanganligi tufayli preparatni ushbu toifa patsiyentlariga qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirlari haqida xabar berilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan dozalardan oshiq dozalarni qabul qilish mumkin.
Simptomlar sutkalik dozani ikki martadan ko‘p dozalarni qabul qilgan, ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, qo‘zg‘aluvchanlik holatlari kuzatilishi mumkin.
Davolash simptomatik davolash.
O‘tkazib yuborilgan qabulni o‘rnini bosish uchun pastilkalarni ikki barobar dozasini qabul qilmang.
Chiqarilish shakli
Pastilkalar
8 tabletkadan PVX/PE/PVDF fol'gali va alyumin fol'gali blisterda.
1, 2, 3, 4 yoki 5 blisterlar tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylashtiriladi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda, namlikdan himoyalangan joyda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmar'eshka sesta 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.