Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Гербион сироп первоцвета 150мл
Nomi | Narx | |||||
Гербион сироп первоцвета 150мл (Z99182##2 387) |
UZS 41 200
UZS 43 000
-4%
Экономия UZS 1 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Экстракты: первоцвета, тимьяна, ментола
Kelib chiqqan mamlakat
Sloveniya
Дозировка
150 мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d.
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
(Gerbion sirop pervotsveta)
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Navro‘zgul va tog‘jambil ekstraktlari
Dori shakli
sirop
Tarkibi
faol moddalar navro‘zgul ildizining suyuq suvli ekstrakti va tog‘jambil giyohining suyuq suvli ekstrakti.
5 ml sirop (1 o‘lchov qoshig‘i) 3,08 g navro‘zgul ildizining suyuq suvli ekstrakt aralashmasi (Primula veris L. yoki/va Primula elatior (L.) Hill, radix) va tog‘jambil o‘ti (Thymus vulgaris L. yoki / va Thymus zygis L., herba) saqlaydi, bu 0,22 g – 0,51 g navro‘zgul ildizi va 0,62 g tog‘jambil o‘tlariga ekvivalent;
Ekstragent suv;
yordamchi moddalar levomentol, saxaroza va metilparagidroksibenzoat.
Ta'rifi O‘ziga xos hidga va ta'mga ega bo‘lgan jigarrang sirop. Kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan moddalar uchun o‘ziga xos bo‘lgan katta bo‘lmagan cho‘kmaning mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
ATX kodi RO5S
Farmakologik xususiyatlari
Preparat balg‘am ko‘chiruvchi, shamollashga qarshi, mikroblarga qarshi ta'sirga ega; balg‘amning yelimshakligini pasaytirish va uni yaxshiroq ko‘chishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Gerbion sirop pervotsveta o‘zi bilan giyohlardan olingan dori preparatini taqdim etadi, balg‘am ko‘chishini yengillashtirish uchun quyidagilarda tavsiya qilinadi
– quyuq bronxial sekretning ajralib chiqishini qiyinlashishi bilan kechuvchi respirator yallig‘lanish kasalliklarida (bronxit, bronxiolit, faringit),
– yo‘tal bilan kechuvchi shamollash kasalliklari va gripp.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga tavsiya etilgan doza kuniga 3 - 4 marta 2 o‘lchov qoshig‘ida siropni tashkil kiladi.
Bolalarda va o‘smirlarda qo‘llash
Kattalarga va 16 yoshdan oshgan bolalar tavsiya etilgan doza kuniga 3 - 4 mahal 2 o‘lchov qoshig‘ida siropni tashkil qiladi.
10 - 16 yoshdagi bolalarda siropni 1-2 o‘lchov qoshig‘dan kuniga 3 mahal qo‘llash kerak.
4 - 10 yoshdagi bolalarda siropni 1 o‘lchov qoshig‘dan kuniga 3 mahal qo‘llash kerak.
4 yoshdan kichik bolalarda qo‘llash tavsiya etilmagan.
Preparatni qabul qilgandan keyin darhol taom yoki ichimliklarni iste'mol qilmang, chunki ular og‘ish bo‘shlig‘i va tomoqning shilliq qavatidan preparatni tez yuvib yuborishi mumkin.
Siropni qabul qilish vaktida iliq suvni yetarlicha miqdorda iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Agar davolash davrida yaxshilanish boshlanmayotgan yoki simptomlar og‘irlashayotgan, yoki yangi simptomlar paydo bo‘layotgan bo‘lsa, shifokor bilan maslahatlashish zarur bo‘ladi.
Iste'mol qilishdan oldin chayqatilsin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori preparatlari kabi, mazkur preparat ham nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin, garchi ular hammada ham paydo bo‘lmaydi.
Tavsiya etilgan dozalarda preparatni qo‘llashda nojo‘ya samaralar kuzatilmaydi.
Noma'lum (erishimli ma'lumotlar asosida uchrashlik tez-tezligini aniqlanish imkoni yo‘q)
- Immun tizimi tomonidan buzilishlar
allergik reaktsiyalar, yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari (ancha og‘ir holatlarda qichishish bilan kuzatib boriluvchi yuzning, tilning va og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shilliq qavatini shishganligi, ya'ni Kvinke shishi).
- Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar
me'da bilan muammolar, ko‘ngil aynishi va qusish.
Nojo‘ya ta'sirlar haqida xabar berib, siz mazkur dori preparatining xavfsizligi haqida ko‘proq ma'lumotlarni taqdim etishda yordam berishingiz mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga, hamda pervotset oilasiga va lamiumlilar oilasiga mansub giyohlarning faol moddalarini saqlovchi preparatlariga nisbatan yuqori sezuvchanlik; gastrit yoki me'da yarasida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Gerbion sirop pervotsveta preparatini yo‘talga qarshi preparatlar va balg‘am hosil bo‘lishini kamaytiruvchi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash yaramaydi, chunki bu suyultirilgan balg‘amning ko‘chishini qiyinlashtiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gerbion sirop pervotsveta o‘z tarkibida saxarozani saqlaydi va shuning uchun qandli diabetdan a'ziyat chekuvchi odamlarga tavsiya etilmagan.
Nafas siqishi, isitmali qaltiroq yoki yiringli balg‘am paydo bo‘lishida shifokorga yoki farmatsevtga maslahatga murojaat qilish kerak.
Yordamchi moddalar haqida maxsus ma'lumot
Gerbion sirop pervotsveta preparati tarkibiga metilparagidroksibenzoat kiradi, shuning uchun bir qator holatlarda allergik (shu jumladan kechikkan) reaktsiyalarning rivojlanishining ehtimoli bor.
Gerbion sirop pervotsveta preparati tarkibiga saxaroza kiradi, shuning uchun u saxaraza/lizomal'taza tanqisligi, fruktoza ko‘taraolmasligi, glyukoza-galaktoz mal'absorbtsiyasi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Siropning 1 dozalovchi qoshiqchasida (5 ml) 3,16 g saxaroza saqlanadi. Yo‘riqnomada ko‘rsatilgan preparatni qo‘llanilishiga doir tavsiyalarga rioya qilishda, patsiyent bir qabul qilishda 1,58 g.dan (½ dozalovchi qoshiqcha - 2,5 ml, bu 0,158 non birligiga muvofiq keladi) 9,48 g.gacha (3ta dozalovchi qoshiqcha - 15 ml, bu 0,948 non birligiga muvofiq keladi) saxarozani qabul qiladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Siropni homiladorlik vaktida va emizish davrida qo‘llash yaramaydi, chunki homiladorlik vaqtida va emizish vaqtida qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar cheklangandir.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri kuzatilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasini oshirib yuborilishi holatlari haqida xabarlar qayd etilmagan.
Saponin saqlovchi preparatlarning dozasini oshirib yuborish holatida ko‘ngil aynishi, qusish, diareya bilan namoyon bo‘luvchi me'da-ichak buzilishlarining paydo bo‘lish ehtimoli bor.
Davolash simptomatik o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
150 ml siropdan suyuqlikni bo‘luvchi plastmassa tiqin va birinchi ochishni nazorat qilishli plastik qopqoq bilan yopilgan to‘q shishadan flakonda.
1 flakondan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birgalikda plastik o‘lchov qoshiqchasi bilan karton pachkaga joylashtiriladi.
Saqlash sharoiti
Flakon ochilguniga qadar
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Sovutgichda saqlanmasin.
Flakon ochilgandan keyin
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Sovutgichda saqlanmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Siropni flakon ochilgandan keyin 3-oylik muddatda qo‘llash kerak.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmar'eshka sesta 6, 8501 Novo mesto.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.