Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gerbion sirop plyushcha 150 ml
Nomi | Narx | |||||
Гербион сироп плюща 150 мл (Z99016##2 353) |
UZS 42 700
UZS 44 500
-4%
Экономия UZS 1 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Гербион сироп плюща 150 мл (Z99016##2 391) |
UZS 41 600
UZS 43 400
-4%
Экономия UZS 1 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Гербион сироп плюща 150 мл (Z99016##2 403) |
UZS 41 600
UZS 43 400
-4%
Экономия UZS 1 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Kelib chiqqan mamlakat
Sloveniya
Дозировка
150 мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d.
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Gerbion sirop plyusha
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Pechak bargining quruq ekstrakti
Dori shakli
sirop
Tarkibi
faol modda pechak bargining quruq ekstrakti. 1 ml sirop 7 mg pechak bargining quruq ekstrakti (Hedera helix L., folium) (5—7,51) saqlaydi;
Ekstragent Etanol 30% (m/m);
yordamchi moddalar suyuq sorbitol (kristallizatsiyalanmagan) (E420), glitserol (E422), natriy benzoati (E211), limon kislotasi monogidrati; (E330), xushbshylashtiruvchi bal'zam (propilenglikol, etanol, sitronella moyi, sitral, limon moyi, kashnich moyi), tozalangan suv.
Ta'rifi O‘ziga xos hidga ega bo‘lgan sarg‘ish-jigarrang sirop. Cho‘kmalar mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Shamollash va yo‘tal simptomlarini bartaraf qilish uchun preparatlar. Balg‘am ko‘chiruvchi preparatlar, uivranrh qarshi vositalar bilan majmualardan tashqari.
ATX kodi R05CA12.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Preparat o‘zi bilan biologik faol moddalar (triterpen saponinlar) majmuasini saqlovchi oddiy pechak bargining quruk ekstraktini taqdim etadi, shu munosabat bilan farmakokinetik tadqiqotlarning o‘tkazilishini imkoni mavjud emas.
Farmakokinetikasi
Preparat o‘zi bilan biologik faol moddalar (triterpen saponinlar) majmuasini saqlovchi oddiy pechak bargining quruq ekstraktini taqdim etadi, shu munosabat bilan farmakokinetik tadqiqotlarning o‘tkazilishini imkoni mavjud emas.
Qo‘llanilishi
Gerbion sirop plyusha o‘zi bilan quyidagi balg‘am ko‘chiruvchi vositalar sifatida qo‘llaniluvchi kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan dori preparatini taqdim etadi
- shilimshiq sekretsiyasi kuchayishli yo‘tal va qiyinlashtirilgan nafas olish bilan kuzatib boriluvchi nafas olish yo‘llarining o‘tkir shamollash kasalliklarida;
- bronxlarning surunkali shamollash kasalliklarini zo‘rayishini yengillashtirish uchun.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash tartibi
Kattalar va 12 yoshdan katta bo‘lgan o‘smirlar uchun oddiy doza kuniga 3 marta 5-7,5 ml siropni tashkil qiladi.
Bolalarda qo‘llanilishi
4 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar uchun oddiy doza kuniga 3 marta 5 ml siropni tashkil qiladi.
1 yoshdan 4 yoshgacha bolalar uchun oddiy doza kuniga 3 marta 2,5 ml siropni tashkil qiladi.
1 yoshgacha bo‘lgan go‘daklar uchun oddiy doza kuniga 2 marta 2,5 ml siropni tashkil qiladi.
Qo‘llash usuli
Ichga, ovqat iste'mol qilishdan qat'i nazar.
Siropni ertalab va kunning ikkinchi yarmi boshida qabul qiling.
Preparatning dozalanishi dozalovchi plastik qoshiqcha yordamida amalga oshiriladi.
Gerbion sirop plyusha preparati bilan davolash davrida suv yoki kofein saqlamaydigan boshqa iliq ichimliklarni ko‘p miqdorda iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Davolash davomiyligi kasallik tusi va uning og‘irligiga bog‘liq bo‘ladi va odatda 7 kunni tashkil qiladi. Preparatni kasallikni klinik belgilari g‘oyib bo‘lgandan keyin yana 2-3 kun qabul qilish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar (teri toshmasi, teri qichishishi, dispnoe, anafilaktik reaktsiyalar) ehtimoli bor. Me'da-ichak yo‘li tomonidan buzilishlar ko‘ngil aynishi, qusish, diareya (tez-tezligi noma'lum) haqida xabar berilgan.
Og‘ir nojo‘ya holatlar yuzaga kelishi holatida preparat bilan davolashni to‘xtatish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, araliya oilasiga mansub giyohlarga nisbatan yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Gerbion sirop plyusha preparatining boshqa dori vositalari bilan dorilarning o‘zaro ta'siri haqida xabarlar yo‘q.
Preparatni balg‘am hosil bo‘lishini kamaytiruvchi yo‘talga qarshi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llash yaramaydi, chunki bu suyultirilgan balg‘amning ko‘chib chiqishini qiyinlashtiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gerbion sirop plyusha preparatini yo‘riqnomada tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda qabul qilish yaramaydi.
Qiyinlashtirilgan nafas olish, isitmali qaltirash, uzoq muddatli yo‘tal yoki qon aralashmali balg‘am bilan kuzatib boriluvchi nafas olish a'zolari kasalliklarida darhol shifokorga murojaat qilish zarurdir.
Gastriti yoki me'da yarasi bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlikka rioya qilish tavsiya etiladi.
7 kun davomida Gerbion sirop plyusha preparati bilan davolash fonida samaraning mavjud bo‘lmasligi yoki holatning yomonlashishida shifokorga murojaat qilish zarurdir.
Bolalar
Turg‘un yoki davriy yo‘tali bo‘lgan 4 yoshgacha bo‘lgan bolalarda davolashni o‘tkazgunga qadar tashxis qo‘yilgan bo‘lishi kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Gerbion sirop plyusha preparatini homilador ayollarda va emizikli onalarda pechak barglarining quruq ekstrakti qo‘llanilishi bo‘yicha yetarlicha ma'lumotlar mavjud bo‘lmasligi munosabati bilan homiladorlik vaqtida va emizish davrida uni ko‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Gerbion sirop plyusha preparatini transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri kuzatilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning tavsiya etilgan dozalardan yuqori dozalarda qabul qilinishi (sutkalik dozaning ikki martadan ortig‘iga oshirish) ko‘ngil aynishi, qusish, diareya va to‘lqinlashishni chaqirishi mumkin. Davolash simptomatik hisoblanadi.
Chiqarilish shakli
150 ml siropdan suyuqlikni bo‘luvchi plastmassa tiqin va birinchi ochishni nazorat qilishli plastik qopqoq bilan yopilgan to‘q shishadan flakonda.
1 flakondan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birgalikda plastik o‘lchov qoshiqchasi bilan karton pachkaga joylashtiriladi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Siropni flakon ochilgandan keyin 3-oylik muddatda qo‘llash kerak.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmar'eshka sesta 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.