Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Gerbion sirop podorojnika 150ml
Nomi | Narx | |||||
Гербион сироп подорожника 150мл (Z99460##2 387) |
UZS 42 800
UZS 44 600
-4%
Экономия UZS 1 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Гербион сироп подорожника 150мл (Z99460##2 403) |
UZS 42 800
UZS 44 600
-4%
Экономия UZS 1 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Жидкий водной экстракт: листьев подорожника ланцетовидного, цветков мальвы, витамин С
Kelib chiqqan mamlakat
Sloveniya
Дозировка
150 мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d.
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Gerbion sirop podorojnika
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Bargizo‘t va oddiy mal'va ekstraktlari askorbin kislotasi
Dori shakli
sirop
Tarkibi
faol moddalar lantsetsimon bargizo‘t barglarining suyuq suvli ekstrakti, oddiy mal'va gullarining suyuq suvli ekstrakti va S vitamini. 5 ml sirop (1 o‘lchov qoshiqchasi) kuyidagilarni saqlaydi
- 2,5 g lantsetsimon bargizo‘t barglari (Plantago lanceolata L. s.l, folium) va oddiy mal'va gullarining (Malva sylvestris L., flos) aralashmasining suyuq ekstrakti, bu 0,25 g lantsetsimon bargizo‘t barglari va 0,25 g oddiy mal'va gullariga ekvivalent.
Ekstragent suv;
- 65 mg askorbin kislotasi (S vitamini) 73,12 mg natriy askorbati shaklida.
yordamchi moddalar saxaroza, metilparagidroksibenzoat (E218) va apel'sin moyi xushbo‘yi.
Ta'rifi O‘ziga xos hid va ta'mga ega bo‘lgap jigarrangdan qizg‘ish-jigarranggacha sirop. Kelib chiqishi tabiiy bo‘lgan moddalar uchun o‘ziga xos bo‘lgan cho‘kmaning mavjud bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
ATX kodi R05D
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Gerbion sirop podorojnika preparatida lantsetsimon bargizo‘t ekstrakti (Plantago lanceolata L.s.l.) va o‘rmon mal'va gullari (Malva sylvestris L.), hamda S vitamini aralashmasidan ekstrakt saqlanadi. Qaysi faol moddalar ikkala dorivor giyohlarning davolash samarasi uchun mas'ul ekanligi hozirgi kungacha aniqlanmagan. Ikkala preparatlarning ta'sirida muhim rolni lantsetsimon bargizo‘t va o‘rmon mal'va barglarining shilliqlari, hamda lantsetsimon bargizo‘t barglarining iridoid glikozidlari (aukubin) o‘ynaydi deb taxmin qilinadi.
Sirop ekstraktlarning shilliqlarini saqlaganligi sababli, u yuqori nafas olish yo‘llari shamollashi bilan kuzatib boriluvchi quruq, kichituvchi yo‘talda shilliq modda sifatida ta'sir qiladi. Shilliqlar mexanik tarzda og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shilliq qavatini himoya qatlami bilan qoplaydi va shunday tarzda yo‘tal refleksini pasaytiradi.
S vitamini organizmdagi ko‘pchilik metabolik jarayonlarda ishtirok etadi; immun tizimni mustahkamlaydi va hujayralar regeneratsiyasiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Ikkala dorivor giyohlardagi faol moddalar
Siropdagi ikkala dorivor giyohlarning faol moddalarini so‘rilishi, taqsimlanishi va metabolizmi tadqiqotlari o‘tkazilmagan, chunki qaysi faol moddalar samaraga yordam berishi va qanday darajada samara ko‘rsatishi aniq noma'lum bo‘lib qolmoqda.
Askorbin kislotasi
Askorbin kislotasining (S vitaminining) so‘rilishi og‘iz bo‘shlig‘ining shilliq qavatida boshlanadi va 12-barmoqli va ingichka ichakda davom etadi. Kislota har xil to‘qimalarga va hujayralarga taqsimlanadi. Odamda askorbin kislotasi degidroaskorbin kislotasigacha kaytarib bo‘lmaydigan oksidlanadi. u keyinchalik oksalin kislotasi va askorbat-2-sul'fatgacha qisman metabolizatsiyaga uchraydi, ylap organizmdan siydik bilan chiqariladi. Organizmga kerak bo‘lmagan askorbin kislogasining ortig‘i o‘zgarmagan ko‘rinishda siydik bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Gerbion sirop podorojnika o‘zi bilan quyidagilarda yo‘talga qarshi vosita sifatida tavsiya etilgan giyohlardan kelib chiqqan dori preparatini taqdim qiladi.
- yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanish kasalliklari bilan kechuvchi quruq yo‘tal;
- chekuvchilardagi quruk yo‘tal;
- yo‘tal bilan kechuvchi shamollash kasalliklarida qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dozalash tartibi
Kattalarga - 2 o‘lchov qoshiqdan kuniga 3-5 mahal.
Bolalar
2 yoshdan 7 yoshgacha - 1 o‘lchov qoshiqdan sirop kuniga 3 mahal.
7 yoshdan 14 yoshgacha - 1-2 o‘lchov qoshiqdan sirop kuniga 3 mahal.
14 yoshdan katta bolalarga - 2 o‘lchov qoshiqdan sirop kuniga 3-5 mahal.
Sirop shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan 2 yoshdan kichik bolalarga tavsiya etilmagan.
Qo‘llash usuli
Ichga.
Iste'mol qilishdan oldin chayqatilsin.
Patsiyentlarga preparatni qabul qilgandan keyin darhol ichimlik ichish yoki taom iste'mol qilish yaramaydi, chunki ovqat va ichimliklar og‘iz bo‘shlig‘i va tomoqning shilliq qavatidan preparatning olib tashlanishini tezlashtirishi mumkin.
Agar 1 hafta o‘tgandan keyin simptomlar goyib bo‘lmasa, shifokorga yoki farmatsevtga maslahat uchun murojaat qilish kerak bo‘ladi.
Nojo‘ya ta'sirlari |
Barcha dori preparatlari kabi, mazkur preparat ham nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin, garchi ular hammada ham paydo bo‘lmaydi.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar
Kam hollarda uchraydiganlar (1000 kishidan ko‘pi bilan 1 kishida yuzaga kelishi mumkin)
preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik reaktsiyasi.
Yuqori sezuvchanlik rivojlanishida siropni qo‘llanilishini bekor qilish va o‘z shifokoringiz yoki farmatsevtingizga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
2-qismda sanab o‘tilgan ta'sir etuvchi moddalarga, va/yoki yordamchi moddalardan istalganiga nisbatan yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ma'lumki, mazkur preparat boshqa preparatlarning samarasiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Nafas siqishi, isitmali qaltiroq yoki qonli balg‘amning paydo bo‘lishida shifokorga murojaat qilish kerak.
7 kun davomida preparatni qo‘llash fonida kasallik simptomlarining saqlanib qolishi yoki holatning og‘irlashishida shifokorga murojaat qilish kerak.
Patsiyentga davolash kursi davomida, ammo preparatni qabul qilgandan keyin darhol emas, ko‘p suv yoki boshqa iliq ichimliklarni iste'mol qilish tavsiya etiladi.
Gerbion sirop podorojnika saxaroza saqlaydi, shuning uchun qandli diabeti bo‘lgan patsiyentlarga tavsiya etilmaydi.
Bolalar
Sirop shifokor bilan oldindan maslahatlashmasdan 2 yoshdan kichik bolalarga tavsiya etilmagan.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash xavfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar chegaralanganligi sababli, siropni homiladorlik vaqtida va emizish davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi. Fertillikka ta'sir bo‘yicha ma'lumotlar mavjud emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ma'lumki, preparat transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashga nisbatan qobiliyatga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha dozani oshirib yuborish holatlari haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
150 ml siropdan suyuqlikni bo‘luvchi plastmassa tiqin va birinchi ochishni nazorat qilishli plastik qopqoq bilan yopilgan to‘q shishadan flakonda.
1 flakondan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga plastik o‘lchov qoshiqchasi bilan karton qutiga joylashtiriladi.
Saqlash sharoiti
Flakon ochilguniga qadar
30°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilgandan keyin
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Flakon ochilganidan keyin siropni 3 oy davomida qo‘llash kerak.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
KRKA, d.d., Novo mesto, Shmar'eshka sesta 6, 8501 Novo mesto, Sloveniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.