Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Mukaltin tab. №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Алтея лекарственного корней экстракт, гидрокарбонат натрия
Страна производитель
Россия
Дозировка
50 мг
Производитель
Татхимфармпрепараты, Россия
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Mukaltin
Dori shakli
tabletkalar.
Tarkibi
Bir tabletka saqlaydi
Faol modda glyukozaga qayta hisoblanganda 18% polisaxaridlar saqlovchi dorivor altey o‘tining ekstrakti (Mukaltin quruq ekstrakti) - 50,0 mg.
Yordamchi moddalar natriy gidrokarbonati - 87 mg, uzum kislotasi – 160 mg, kaltsiy stearati – 3 mg.
Ta'rifi och-kulrangdan jigarrang-kulranggacha bo‘lgan rangli, o‘ziga xosli hidli, yassi silindrik shakldagi riska va faskali tabletkalar. Och va to‘q xolli dog‘lari bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
o‘simliklardan olinadigan balg‘am ko‘chiruvchi vosita.
ATX kodi R05CA
Farmakologik xususiyatlari
Mukaltin dorivor altey o‘tidan olingan polisaxaridlarining aralashmasi bo‘lib, balg‘am ko‘chiruvchi xususiyatlarga ega. Reflektor rag‘batlantirishi tufayli, bronxial bezlarning sekretsiyasini kuchaytirish bilan birga xilpillovchi epiteliy faolligini va nafas bronxiolalarining peristaltikasini oshiradi. Natriy gidrokarbonati balg‘amni suyultiradi va bronxial sekretsiyani biroz oshiradi.
Qo‘llanilishi
Qiyin ajraluvchi o‘ta qovushqoq balg‘amni hosil bo‘lishi bilan kechuvchi nafas a'zolarining o‘tkir va surunkali kasalliklari (traxeobronxit, obstruktiv bronxit, bronxoektatik kasalliklar, pnevmoniya va boshq.) – kompleks davolash tarkibida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, 1-2 tabletkadan ovqatdan oldin kuniga 2-3 marta. Davolash kursi o‘rtacha 7-14 kun.
Bolalarga tabletkani 1/3 stakan issiq suvda eritish mumkin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar, kam - dispepsik holatlar .
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik, me'da va o‘n ikki barmoq ichakning yara kasalligi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Mukaltinni bronx-o‘pka kasalliklarini davolashda qo‘llanadigan boshqa preparatlar bilan bir vaqtda buyurish mumkin.
Mukaltinni kodein saqlovchi preparatlar va boshqa yo‘talga qarshi dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash mumkin emas, chunki bu suyulgan balg‘amni ajratib chiqarilishini qiyinlashtirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi. Preparatni homiladorlikda va emizish davrida shifokorniningtavsiyasi bo‘yicha qo‘llash mumkin.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri. Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Hozirgi vaqtgacha preparatning dozasini oshirib yuborilishi to‘g‘risida ma'lumotlar qayd etilmagan.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 50 mg.
10 tabletkadan kontur uyasiz o‘ramda. 20 yoki 30 tabletkadan polimer bankalarda. Bankani yoki 3, 5 yoki 10 kontur uyasiz o‘ramlarni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga qutiga joylanadi.
Bankalar va kontur uyasiz o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomalar bilan birga bevosita guruhlangan o‘ramiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq joyda, 15°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Tatximfarmpreparati” OAJ,
Rossiya, 420091, Qozon sh., Belomorskaya ko‘ch., 260.
(843) tel. 571-85-58; faks 571-85-38
E-mail marketing@tatpharm.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.