Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Pektolvan Plyush sirop 100ml
Nomi | Narx | |||||
Пектолван плющ сироп 100мл (160624##2 278) |
UZS 43 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Экстракт сухой листьев плюща обыкновенного
Страна производитель
Украина
Дозировка
100 мл
Производитель
ПАО «Фармак»
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pektolvan Plyush
Ta'sir etuvchi modda (MNN) Oddiy pechak barglarining quruq ekstrakti
Dori shakli
Sirop
Tarkibi
1 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol modda oddiy pechak barglarining quruq ekstrakti (Hederae helicis e folium) ((4-8)1) (ekstragent – etanol 30%) - 7 mg;
yordamchi moddalar natriy sitrati; limon kislotasi monogidrati; sorbit (E 420); kaliy sorbati; ksantanli kamed; ozuqaviy aromatizator «Olcha 667» (propilenglikol erituvchisi); tozalangan suv.
2,5 ml sirop tarkibida 963 mg qandni o‘rnini bosuvchi sorbit moddasini saqlaydi = 0,08 non birligi.
Ta'rifi olcha hidli va shirin meva ta'miga ega bo‘lgan och-jigar rang shaffof suyuqlik, yengil opalestsentsiya yuzaga kelishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
Yo‘tal va shamollash kasalliklarida qo‘llaniladigan vositalar. Balg‘am ko‘chiruvchi vositalar.
ATX kodi R05CA.
Farmakologik xususiyatlari
O‘simlikdan yaratilgan preparat. Uning tarkibiga pechak barglarining quruq ekstrakti kiradi va undagi mavjud bo‘lgan glikozidlar (saponinlar) tufayli yo‘talga qarshi, balg‘am ko‘chiruvchi, spazmolitik, yallig‘lanishga qarshi, mikrobga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Balg‘amning qovushqoqligini kamaytiradi, uning ko‘chishini yengillashtiradi.
Qo‘llanilishi
Nafas yo‘llarining yo‘tal bilan birga kechadigan o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari; bronxlarning surunkali yallig‘lanish kasalliklarini simptomatik davolashda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga qo‘shib beriladigan dozalovchi qoshiq yordamida qabul qilinadi.
Chaqaloqlar va 1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga Pektolvan plyush sutkasiga 2 marta 2,5 ml dan ichga qabul qilinadi, 6 dan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga – sutkasiga 2 marta 5 ml dan, kattalarga va 12 yoshdan katta bolalarga – sutkasiga 3 marta 5 ml dan qo‘llaniladi.
Siropni ertalab, kunduzi va kechqurun qabul qilish lozim.
Davolashning davomiyligini vrach individual tartibda belgilaydi.
Murakkab bo‘lmagan holatlarda davolash davomiyligi 1 haftani tashkil etadi. Barqaror terapiya samarasiga erishish uchun bemorning holati yaxshilanganidan keyin terapiyani yana 2-3 kun davom ettirish tavsiya etiladi.
Har bir qo‘llashdan oldin flakonni yaxshilab chayqatish zarur!
Bemorning holati yaxshilanmasa, bundan keyingi davolash yuzasidan vrachga murojaat qilish lozim.
Bolalar
Preparat pediatriya amaliyotida qo‘llaniladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Juda kam holatda (10000 taga 1 holatdan kam to‘g‘ri keladi) ichni suradigan samara namoyon bo‘lishi mumkin (tarkibida sorbit saqlaganligi tufayli). Juda kam holatda (10000 taga 1 holatdan kam to‘g‘ri keladi) allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin nafas siqilishi, shilliq qavatlarning shishib ketishi, teridagi toshmalar, eshakemi, qichishish.
Yuqori sezuvchanlikka ega bemorlarda oshqozon-ichak tomonidan buzilishlar, shu jumladan ko‘ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qorin og‘riqlari kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Araliyalar oilasiga mansub bo‘lgan o‘simliklar faol moddasiga yoki preparatning har qanday komponentiga nisbatan yuqori individual sezuvchanlik.
Fruktozani o‘zlashtira olmaslikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Pektolvan plyush bilan boshqa dori vositalari birgalikda qo‘llanilganida nojo‘ya ta'sirlar kuzatilmagan. Shuning uchun preparatni boshqa dori vositalari, masalan antibiotiklar bilan birgalikda qo‘llash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
2 yoshgacha bo‘lgan bolalar faqatgina vrachning puxta nazorati ostida shifoxona sharoitida Pektolvan plyush siropni qabul qilishlari lozim. 4 yoshgacha bo‘lgan bolalardagi uzoq davom etadigan va qaytalanadigan yo‘talni davolashdan oldin tibbiy diagnostika talab etiladi. Agar kasallikning simptomlari yo‘qolmasa yoki nafas siqilishi, isitma yuzaga kelsa, shuningdek yo‘talganida yiringli yoki qonli balg‘am ko‘chsa, darhol vrach bilan maslahatlashish zarur. Tibbiy maslahatlarsiz kodein yoki dekstrometorfan kabi vositalarni yo‘ldosh qo‘llash tavsiya etilmaydi. Gastrit yoki me'daning yara kasalligigidan aziyat chekuvchi bemorlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash lozim.
Agar Sizda ayrim qandlarni o‘zlashtira olmaslik aniqlangan bo‘lsa, bu preparatni qabul qilishdan oldin vrach bilan maslahatlashing.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanilishi
Tadqiqotlar ma'lumotlari mavjud bo‘lmaganligi tufayli bu preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qabul qilish tavsiya etilmaydi.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilishi qobiliyati
Preparat avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlash vaqtida reaktsiya tezligiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etiladigan dozalarni oshirib yuborish ko‘ngil aynishi, qusish, diareya yoki vahimali qo‘zg‘alishni keltirib chiqarishi mumkin. Simptomatik davolanadi.
Chiqarilish shakli
100 ml dan flakonda.
1 flakondan dozalovchi qoshiq bilan va tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma bilan birga qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida, 25ºC dan oshmaydigan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Flakon ochilgandan keyin yaroqlilik muddati 90 sutka.
O‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugagach preparat qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.