Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Prokof sirop 100ml (Salbutamol+Bromgeksin)
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Сальбутамол, бромгексин, гвайфенезин
Страна производитель
Индия
Дозировка
100 мл
Производитель
Protech Biosystems Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Prokof
Dori shakli
sirop
Tarkibi
10 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar salbutamol sulfati – 2,0 mg; bromgeksin gidroxloridi – 4,0 mg; gvayfenezin - 100 mg; mentol – 1,0 mg;
yordamchi moddalar limon kislotasi, natriy benzoati, natriy metilparaben, natriy propilparaben, saxaroza, glitserin, aspartam, 70% sorbitol eritmasi, propilenglikol, natriy saxarinati, dinatriy EDTA, suyuq ananas essentsiyasi, Ponceau-4R supra bo‘yovchisi, natriy sitrati, tozalangan suv.
Ta'rifi qizil rangli sirop.
Farmakoterapevticheskaya gruppa bronxolitik vosita.
ATX kodi R05CB10
Farmakologik xususiyatlari
Salbutamol (Prokof siropida) – nisbatan selektiv beta-2-adrenergik bronxodilatatordir. Beta-adrenergik preparatlar, shu jumladan salbutamolning birlamchi ta'siri, beta-adrenergik xujayralarda adenozin trifosfati (ATF) dan siklik 3´,5´-adenozin monofosfati (tsiklik AMF) ni hosil bo‘lishini katalizatsiya qiluvchi ferment - adeniltsiklazazani rag‘batlantirishdan iboratdir. Siklik AMF ning darajasini oshishi bronxial silliq mushaklarni bo‘shashishi va xujayralardan, ayniqsa o‘zak xujayralardan o‘rtacha sezuvchanlikka ega mediatorlarni ajralib chiqishini ingibitsiya qilinishiga olib keladi.
Bromgeksin – mukolitik, balg‘am qovushqoqligini kamaytiradi. Bromgeksin nafas yo‘llarida shilliq ishlab chiqaruvchi xujayralarga ta'sir qiladi va bronxial sekretning qovushqoqligiga mas'ul bo‘lgan yuqori molekulyar mukopolisaxarid protein tolalarni depolimerizatsiya jarayoniga uchratadi. Bronxial shilliq suyulganidan keyin, bromgeksin nafas yo‘llarining chidamliligini tiklaydi va yo‘talishni kuchaytirib, nafas yo‘llarini tozalaydi. Turli kasalliklarda bromgeksin o‘pkaning ventilyatsion xususiyatlarni yaxshilaydi va shuning uchun bunday holatlarni, ayniqsa bronxospastik o‘pka-bronx kasalligini optimal davolash uchun juda foydali modda hisoblanadi.
Gvayfenezin (Prokof siropida) – oddiy balg‘am ko‘chiruvchi vositadir. Garchi uning aniq ta'sir mexanizmi aniqlanmagan bo‘lsada, taxmin qilinishicha, u me'da shilliq qavatidagi retseptorlarga rag‘batlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, bu nafas yo‘llarida suyuqlikni refleks-sekretsiyasini boshlaydi. Ushbu ta'sir bronxlardagi balg‘am hajmini oshiradi va ayni paytda qovushqoqligini kamaytiradi. Bu gvayfenezinning balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirining asosiy mexanizmidir.
Mentol (Prokof siropida) nafas yo‘llarining, ayniqsa yuqori nafas yo‘llarining tiqilib berkilib qolishida sezilarli tozalovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Prokof siropi balg‘amli yo‘tal (shu jumladan astmatik yo‘talni) simptomatik davolash uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ishlatishdan oldin yaxshilab chayqatish kerak.
2-6 yoshli bolalar 1 choy qoshiqdan sutkada 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.
6-12 yoshli bolalar 1-2 choy qoshiqdan sutkada 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha.
12 yoshdan oshgan bolalar 2 choy qoshiqdan sutkada 3 marta yoki shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ko‘ngil aynishi, qusish, terida toshma, bosh og‘rig‘i, kam hollarda bosh aylanishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Prokof preparatining komponentlariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan yurak kasalliklari, qandli diabet, gipertireoidizm, me'da yarasi, homiladorlik, laktatsiya davri, arterial gipertenziya, jigar va buyrak funktsiyasini buzilishi, aritmiya.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Salbutamol (Prokof preparatida) simpatomimetiklar bilan birga qo‘llanganda yurak-qon tomir tizimida nojo‘ya samarani chaqirishi mumkin. Beta-blokatorlarni Prokof preparati birga ishlatish mumkin emas, chunki ular salbutamolning ta'sirini bloklashi mumkin. Salbutamol monoaminoksidaza (MAO) ingibitorlarining samarasini oshirishi mumkin, kaliyni tejovchi diuretiklar, digoksin, tritsiklik antidepressantlar bilan birga qo‘llanganda, noxush reaktsiyalarga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
PROKOFNI yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya, yurak aritmiyasi, gipertireoidizm, qandli diabet kabi yurak-qon tomir buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar, simpatomimetiklarga nostandart reaktsiyasi bo‘lgan patsiyentlar, tirishish buzilishlari bo‘lgan patsiyentlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Bromgeksinni (Prokof siropi tarkibida) peptik yarasi, jigar va buyrakning og‘ir disfunktsiyasi bo‘lgan patsiyentlar ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak. Mentol saqlovchi preparatlarni qizilo‘ngach churrasi, o‘t pufagida toshlari bo‘lgan patsiyentlar, homiladorlikning oxirgi uch oyligida ehtiyotkorlik bilan qabul qilishlari kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Prokof homiladorlik va laktatsiya davrida faqat qat'iy ko‘rsatmalar bo‘yicha buyurilishi kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza oshirib yuborilgan hollarda kuchli terlash, ko‘ngil aynishi va qusish namoyon bo‘lishi mumkin. Simptomatik davolash va quvvatlab turuvchi choralardan tashqari, me'dani yuvish va faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish talab etiladi.
Chiqarilish shakli
100 ml sirop qahrabo rangli flakonda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Protech Biosystems Pvt. Ltd 145-146, Pace City-1, Sector-37, Gurgaon-122001,
Haryana, Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.