Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Pulmoksol sirop 30mg/5ml 150ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Амброксол
Страна производитель
Турция
Дозировка
30 мг/5 мл 150 мл
Производитель
Drogsan Ilaclari San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Сироп
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pulmoksol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ambroksol (ambroxol)
Dori shakli
sirop
Tarkibi
Har 5 ml sirop quyidagilarni saqlaydi
faol modda 30 mg ambroksol gidroxloridi;
yordamchi moddalar benzoy kislotasi, sorbit (70%), qulupnay ekstrakti, ionsizlangan suv.
Ta'rifi rangsiz, tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
mukolitik vosita.
ATX kodi R05CB06
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ambroksol gidroxloridi mukolitik va balg‘am ko‘chiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Ambroksol bromgeksinning metaboliti bo‘lib, kuchli balg‘am ko‘chiruvchi ta'sirga ega. Ambroksol gidroxloridi surfaktant hosil bo‘lishini rag‘batlantiradi, kipriksimon epiteliyning faolligini oshiradi. Ambroksol gidroxloridi balg‘am ko‘chiruvchi ta'sir ko‘rsatib, nafas yo‘llarida to‘planib qolgan balg‘amni uni suyulishi va yopishqoqligini kamayishi hisobiga, yo‘tal vaqtida chiqarilishini yengillashtiradi. Bronxial sekretsiyani oshiradi va uning yopishqoqligini kamaytiradi. Mukolitik ta'siri natijasida shilimshiqni yopishqoqligini buzadi, balg‘amni sezilarli darajada yumshatadi, shu bilan birgi uning chiqarilishini yengillashtiradi.
Farmakokinetikasi
Ambroksol gidroxloridi peroral qo‘llanganida tez va to‘liq so‘riladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Yarim chiqarilish davri 7-12 soatni tashkil qiladi. Metabolitlari siydik bilan chiqariladi. Biotransformatsiyaning yakuniy mahsuloti – dibromoantranil kislotasi.
Qo‘llanilishi
Preparat respirator yo‘lning shillig‘ini patologik quyuqlashishi, uni chiqarilishini kamayishi va mukolitsiliar klirensni buzilishi bilan kechuvchi o‘tkir va surunkali kasalliklarni davolash uchun ishlatiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Agar shifokorning boshqa tavsiyalari bo‘lmasa, Pulmoksol quyidagi usul bilan buyuriladi davolashning birinchi 2-3 kunida 5 ml dan sutkada 3 marta, so‘ngra 5 ml dan sutkada 2 marta.
Nojo‘ya ta'sirlari
Juda kam hollarda ko‘ngil aynashi, qusish, diareya, holsizlik, bosh og‘rig‘i, teri toshmalari kuzatilishi mumkin.
Noxush samaralar paydo bo‘lganida shifokorga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Pulmoksolni bromgeksin, ambroksolga yoki preparatning biron bir komponentiga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Kodein va atropinsimon komponentlarni saqlovchi sekretsiyani kamaytiruvchi yo‘talga qarshi vositalar bilan birga ishlatilmasin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kodein va yo‘talga qarshi boshqa vositalar bilan majmuada qo‘llash tavsiya qilinmaydi, chunki bunda balg‘am va shilimshiqni ajralishi qiyinlashadi. Jigar, buyrak funktsiyasini buzilishlarida, shuningdek peptik yaralarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlikni V toifasi
Klinik tadqiqotlarni yetarli emasligi sababli, preparatni homiladorlikning I uch oyligida faqat juda muhim foyda/xavf nisbati baholanganidan keyin buyurish mumkin. Preparat ko‘krak sutiga ajralib chiqadi, biroq terapevtik dozalarda qabul qilingan preparat bolaga salbiy ta'sir ko‘rsatmaydi.
Transport vositalari va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalari va potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi hollari kuzatilmagan. Maxsus antidoti yo‘q. Dozani oshirib yuborilish siptomlari paydo bo‘lganida bemorlarda sun'iy qusishni chaqirish, me'dani yuvish, simptomatik va samarani bir maromda ushlab turuvchi davolashni buyurish kerak.
Chiqarilish shakli
150 ml sirop to‘q shisha flakonda. 1 flakon (150 ml) va o‘lchoq qopqoqchasi (15 ml 2,5 ml va 5 ml o‘lchov belgisi bilan) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga o‘ramlangan.
Saqlash sharoiti
250S dan yuqoribo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Drogsan Ilachlari San. ve Tidj. A.Sh.
06760, Chubuk, Anqara, Turkiya
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«ASFARMA SAVDO» MChJ
O‘zbekiston, 100097, Toshkent sh., Chilonzor tumani, S Mavze, 4 A uy.
Tel. (+998 71) 273 70 95;
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.