Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dermazol vaginal suppozitoriylari 400 mg № 10
Nomi | Narx | |||||
Дермазол вагинальные супп. 400 мг № 10 (1002804##2 353) |
UZS 66 600
UZS 69 400
-4%
Экономия UZS 2 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Кетоконазол
Kelib chiqqan mamlakat
Hindiston
Дозировка
400 мг
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Kusum Healthcare Pvt. Ltd, Индия произведено: Amanta Healthcare Ltd
Chiqarish shakli
Суппозитории вагинальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dermazol
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ketokonazol
Dori shakli
vaginal suppozitoriylar
Tarkibi
Har bir vaginal suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol modda ketokonazol - 400 mg;
yordamchi moddalar butillangan gidroksianizol, qattiq yog‘.
Ta'rifi oq rangdan och-sariq ranggacha bo‘lgan torpeda shaklidagi suppozitoriylar.
Farmakoterapevtik guruhi
Ginekologiyada qo‘llaniladigan antibakterial va antiseptik preparatlar. Nitrimidazol hosilalari.
ATX kodi G01AF11
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Ketokonazol, imidazoldioksolan hosilasi – mahalliy qo‘llanish uchun keng ta'sir doirali sintetik zamburuqqa qarshi preparat. Dermatofitlarga (Trichophyton spp., Epidermophyton floccosum, Microsporum spp.), drojji va drojjisimon zamburug‘larga (Candida spp., Pityrosporum spp., Torulopsis, Cryptococcus spp., dimorf zamburug‘lar va eumitsetlar) nisbatan fungitsid va fungistatik ta'sir etadi.
Preparat stafilokokklar va streptokokklarga nisbatan faoldir.
Ta'sir mexanizmi ergosterol biosintezini susaytirishdan va zamburug‘ qavatining lipid tarkibini o‘zgartirishdan iborat.
Farmakokinetikasi
Intravaginal qo‘llanilganida tizimli absorbtsiyasi uncha ko‘p emas.
Qo‘llanilishi
O‘tkir darajali va surunkali qaytalanuvchi vaginal kandidozni davolash uchun mo‘ljallangan.
Antibakterial preparatlar va haznaning me'yoriy mikroflorasini buzadigan boshqa preparatlar bilan davolash sharoitida organizm rezistentligi kamayganida hazna mikozlari paydo bo‘lishi oldini olish uchun qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Suppozitoriy tizzalar bukilib va oyoqlar ko‘krakka tortilib chalqancha yotgan yoki cho‘kkalab o‘tirgan holatda haznaga chuqur yuboriladi. Suppozitoriylarni qismlarga kesish kerak emas, chunki bunday preparatni saqlash sharoitining o‘zgarishi faol moddaning taqsimlanishi buzilishiga olib kelishi mumkin. 3-5 kun davomida uxlashdan oldin bir sutkada 1 tadan suppozitoriy buyuriladi. Zarur hollarda, davolash kursi klinik va laboratoriya jihatdan sog‘ayishgacha takrorlanadi. Surunkali kandidozda 10 kun davomida 1 tadan suppozitoriy qo‘llaniladi.
Yuborish usuli intravaginal usulda yuboriladi.
Nojo‘ya ta'sirlar
Giperemiya va hazna shilliq qavati yallig‘lanishi, haznada qichishish.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, eshakemi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Ketokonazolga yoki preparatning boshqa tarkibiy moddalariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, ko‘krak suti bilan ovqatlantirish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Quyi intravaginal absorbtsiyasi tufayli boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri ehtimoli kam.
Maxsus ko‘rsatmalar
Kasallik qaytalanishi xavfini kamaytirish uchun jinsiy sherikni ham bir vaqtda davolash tavsiya etiladi.
Kam hollarda jinsiy sherikda allergik reaktsiyalar (jinsiy a'zo giperemiyasi) paydo bo‘lishi mumkin.
Agar infektsiyaning klinik belgilari davolash yakunlanganidan so‘ng saqlanib qolsa, tashxisni tasdiqlash uchun takroriy mikrobiologik tekshiruv o‘tkazilishi kerak.
Suppozitoriylar qo‘llanilishi mexanik kontratseptsiyalar (lateks prezervativlar va vaginal diafragmalarni o‘z ichiga oladigan) ishonchliligini kamaytirishi mumkin. Davolash vaqtida ishonchli kontratseptsiya usullarini tanlash tavsiya etiladi.
Takroriy kasallik yuqtirish xavfini qanday kamaytirish kerak?
• “Erkin nafas oladigan” kiyimga va paxtadan tayyorlangan ich kiyimga afzallik bering.
• Cho‘milganda kiyiladigan kiyimlar ho‘l holatda ko‘p yurmang. Iliq nam muhit zamburug‘lar rivojlanishiga olib keladi.
• Faqat shaxsiy sochiqdan foydalaning. Nam sochiqlar infektsiyalar tarqalishiga sabab bo‘lishi mumkin.
• Orqa teshikdan haznaga bakteriyalar tushishidan saqlanish uchun old tomondan orqa tomonga artining.
• Vannalar uchun moylardan, ayollar gigiyenasi uchun spreylardan va vulьva atrofidagi teri yallig‘lanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan kukunlardan foydalanishdan saqlaning.
• Haddan tashqari ko‘p shirinlik iste'mol qilmang, chunki bu hazna rN ko‘rsatkichini o‘zgartirishi va zamburug‘ faollashishi uchun sharoit yaratishi mumkin.
• Har kuni tarkibida laktobatsillarni saqlaydigan sut-qatiq mahsulotlarini iste'mol qiling.
• Siz boshqa kasallik tufayli antibiotiklarni qabul qilishingiz zarur bo‘lgan holat uchun har doim yoningizda zamburuqqa qarshi preparatni olib yuring.
• Zamburug‘li infektsiyani davolash vaqtida jinsiy aloqalardan saqlaning.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Ketokonazol preparatlarining homiladorlik va ko‘krakdan emizish vaqtida qo‘llanilishi to‘g‘risida klinik ma'lumotlar cheklangan.
Preparat homiladorlik vaqtida qo‘llanilishi mumkin emas.
Laktatsiya davrida preparat qo‘llanilishi zarur hollarda, ko‘krak suti bilan ovqatlantirishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatning qo‘llanilishi avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir etmaydi.
Dozaning oshirib yuborilishi
Preparatning quyi absorbtsiyasi tufayli tavsiya etilgan (terapevtik) dozalarda intravaginal qo‘llanilganida dozaning oshirib yuborilish ehtimoli kam.
Preparat tasodifan ichga qabul qilingan holatda zaharlanish simptomlari paydo bo‘lishi mumkin.
Spetsifik antidoti yo‘q. Zarur hollarda, faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish va simptomatik davolashni o‘tkazish kerak.
Ishlab chiqarilish shakli
5 ta vaginal suppozitoriylar PVX/PE stripda. 2 ta strip tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Ishlab chiqarish manzili
SP-289(A), RIICO Industrial Area, Chopanki, Bhiwadi, Dist. Alwar (Rajasthan), Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.