Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ginosporin krem vag. 2% 35 g
Nomi | Narx | |||||
Гиноспорин крем ваг. 2% 35г (GYG025##2 232) |
UZS 34 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Клотримазол
Страна производитель
Пакистан
Дозировка
2% 35 г
Производитель
Nabiqasim Industries (Pvt) Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Крем вагинальный
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Ginosporin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) klotrimazol
Dori shakli
vaginal krem
Tarkibi
Har bir gramm krem quyidagilarni saqlaydi
faol modda 20 mg klotrimazol;
yordamchi moddalar benzoy kislotasi, setil spirti, tozalangan suv, emulsiya mumi, tozalangan glitserin, glitserin monostearati, suvsiz lanolin, suyuq parafin, metilparaben, propilparaben, stearin kislotasi, oq rangli neft jelesi.
Ta'rifi oq rangli, yarim qattiq krem.
Farmakoterapevtik guruhi
Mahalliy qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi vositalar, imidazol va triazol hosilalari.
ATX kodi D01AC01.
Farmakologik xususiyatlari
Ta'sir mexanizmi
Klotrimazol ergosterol sintezini ingibitsiya qilish yo‘li orqali zamburug‘larga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Ergosterol sintezini ingibitsiya qilish sitoplazmatik membrananing struktur va funktsional yetishmovchiligiga olib keladi.
Farmakodinamika
si
Klotrimazol in vitro va in vivo sharoitlarda keng antimikotik ta'sir doirasiga ega, ular dermatofitlar, achitqisimon, mog‘or zamburug‘larini o‘z ichiga oladi va hokazo.
Klotrimazolning ta'sir mexanizmi infektsiya o‘chog‘ida klotrimazolning kontsentratsiyasiga qarab fungistatik va fungitsid ta'sir ko‘rsatadi. In vitro sharoitida zamburug‘ elementlarini ko‘payishini bloklaydi, lekin zamburug‘larning sporalari uning ta'siriga sezuvchanligi past bo‘ladi.
Zamburug‘larning sezgir turlarini birlamchi rezistentligi juda kam hollarda uchraydi, sezgir zamburug‘larning ikkilamchi rezistentligini rivojlanishi faqat davolash ta'siri ostida rivojlanishi mumkin.
Farmakokinetikasi
Farmakokinetik tadqiqotlar vaginal qo‘llangandan keyin klotrimazolning faqat oz miqdori (dozaning 3-10%) so‘rilishini ko‘rsatdi.
Jigarda tez metabolizmi tufayli klotrimazolning plazmadagi cho‘qqi kontsentratsiyasi 500 mg doza vaginal qo‘llangandan keyin 10 ng/ml dan kamroqni tashkil etadi, bu klotrimazolni intravaginal qo‘llash sezilarli tizimli va tizimli bo‘lmagan buzilishlarga olib kelmasligini ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
Klotrimazol vaginal kandidoz va trixomonada mavjudligiga gumon bilan kechuvchi aralash vaginal infektsiyalarni davolash uchun tavsiya etiladi. Preparat trixomonadalarni tizimli davolash mumkin bo‘lmagan holatlardan tashqari yagona davolash vositasi sifatida qo‘llanilmaydi.
Klotrimazol kandidoz vaginitni davolash uchun tavsiya etiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Krem to‘plamda mavjud bo‘lgan applikator yordamida intravaginal yuboriladi.
Kattalar
Krem kechqurun (uyqudan oldin) applikator yordamida (5 g) qinga kuniga ikki marta 3 kun davomida, yoki kuniga bir marta olti kun davomida chuqur yuboriladi.
Umumiy
Davolashni hayz ko‘rish vaqtida qo‘llash mumkin emas, chunki hayz qoni yuborilgan kremni chiqarib yuborishi mumkin. Davolash hayz sikli boshlanguncha tugatilishi kerak. Preparatni qo‘llash vaqtida tamponlar, intravaginal dushlar, spermitsidlar yoki boshqa vaginal preparatlardan foydalanish tavsiya etilmaydi.
Bolalar
16 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Nojo‘ya ta'sirlari
Keltirilgan noxush samaralar spontan ravishda olingan ma'lumotlarga asoslangan, to‘g‘ri buyurilganda uchrash tez-tezligi ehtimol kamayishi mumkin.
Immun tizimi tomonidan allergik reaktsiyalar (xushdan ketish, arterial bosimni pasayishi, dispnoe, eshakemi, qichishish).
Reproduktiv tizim tomonidan mahalliy reaktsiyalar terini kepaklanishi va ta'sirlanishi, qichishish, toshma, shish, diskomfort, achishish, chanoq sohasida og‘riq.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan abdominal og‘riq.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Klotrimazol, setostearil spirti yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Laborator tekshiruvlar preparatni lateks kontratseptivlar bilan bir vaqtda ishlatilganida kontratseptiv preparatning strukturasini buzilishi kuzatilishini ko‘rsatdi. Shuning uchun bunday kontratseptiv preparatlarning samaradorligi pasayishi mumkin.
Patsiyentlarga bu mahsulot ishtilgandan keyin kamida besh kun muqobil ehtiyotkorlik choralarini ko‘rish tavsiya etiladi.
Vaginal krem ko‘rinishida klotrimazol va peroral qo‘llash uchun takrolimus bilan bir vaqtda davolash plazmada takrolimusning darajasini oshishiga olib kelishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik Klotrimazolni homiladorlikda qo‘llash mumkin, faqat shifokor yoki akusher kuzatuvi ostida.
Laktatsiya Klotrimazolni ko‘krak sutiga o‘tishi haqida ma'lumotlar yo‘q. Lekin, preparat mahalliy va intravaginal qo‘llanganidan keyin tizimli so‘rilishi minimal darajada bo‘ladi.
Ishlab chiqaruvchi
lar emizikli onalar tomonidan mahalliy qo‘llanilganida ehtiyotkorlik bilan qo‘llash tavsiya etiladi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
To‘satdan ichga qabul qilinganda agar dozani oshirib yuborilishining klinik simptomlari yaqqol bo‘lsa (bosh aylanishi, ko‘ngil aynishi yoki qusish) me'dani yuvish, kabi tegishli choralar o‘tkaziladi. Simptomatik davolash faqat nafas yo‘llarining adekvat himoyasi imkoniyati bo‘lganida o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
35 g krem alyumin tubada. Polietilen paketchaga qadoqlangan plastik applikator joylangan. Tuba, applikator va qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi ikkilamchi karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Salqin va quruq joyda, 30°S dan past bo‘lgan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
Nabiqasim Industries (Pvt.) Ltd., Pokiston
O‘zbekistan Respublikasi xududida dori vositalarining sifati buyicha e'tirozlar (takliflar) ni kabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«PHARM ACTIV FZCO», BAA, kompaniyasining vakolatxonasi O‘zbekiston, Toshkent sh., Bobur ko‘chasi, Shoxjaxon ko‘chasi bilan kesishib o‘tgan joy, 1a uy.
Tel.+998971 2551170
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.