Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Kandid krem 1% 20 g
Nomi | Narx | |||||
Кандид крем 1% 20г. (10240308##2 266) |
UZS 28 800
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Клотримазол
Страна производитель
Индия
Дозировка
20 г
Производитель
Glenmark Pharmaceuticals Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Крем
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Kandid
Ta'sir etuvchi modda (XPN) klotrimazol
Dori shakli
1% li krem
Tarkibi
100 g krem quyidagilarni saqlaydi
faol modda 1,0 g klotrimazol;
yordamchi moddalar propilenglikol, oq vazelin, suyuq parafin, emulgirlangan setomakrogol, benzil spirti, metilparaben, propilparaben, butilogidroksitoluol, suvsiz natriy fosfati, natriy digidrofosfati, tozalangan suv.
Ta'rifi oq, bir xil yarim qattiq krem.
Farmakoterapevtik guruhi
teri kasalliklarini davolash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar. Mahalliy qo‘llash uchun zamburug‘larga qarshi preparatlar. Imidazol hosilalari. Klotrimazol.
ATX kodi D01AC01
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Kandid mahalliy qo‘llash uchun ta'sir doirasi keng zamburug‘larga qarshi vosita hisoblanadi. Ta'sir etuvchi moddaning antimikotik samarasi zamburug‘ hujayrasining membranasini tarkibiga kiruvchi ergosterin sintezini buzishi bilan bog‘liq, bu membrananing o‘tkazuvchanligini o‘zgartiradi va keyinchalik hujayraning yemirilishini chaqiradi. Past kontsentratsiyalarda fungistatik, yuqori dozalarda esa - fungitsid ta'sir qiladi, nafaqat proliferatsiyaga uchragan hujayralarda. Fungitsid kontsentratsiyalarda mitoxondrial peroksid fermentlari bilan o‘zaro ta'sir qiladi, natijada toksik darajagacha vodorod peroksidining kontsentratsiyasi oshishi sodir bo‘ladi, hamda bu zamburug‘ hujayrasini buzilishiga olib keladi. Preparat dermatofitlar, achitqisimon va mog‘or zamburug‘lari, shuningdek rangbarang temiratki qo‘zg‘atuvchisi Pityriasis versicolor (Malassezia furfur) va eritrazma qo‘zg‘atuvchilariga nisbatan samaralidir. Kandid grammusbat (stafilakokklar, streptokokklar) va grammanfiy (Bacteroids, Haemophilus vaginalis) bakteriyalarga nisbatan, shuningdek Trichomonas vaginalis ga nisbatan antibakterial ta'sir ko‘rsatadi.
Farmakokinetikasi
Klotrimazol mahalliy qo‘llanganida teri yuzasidan yomon so‘riladi (epidemisni shox qavatida to‘planadi). Biokiraolishligi 0,5% dan kamroqni tashkil etadi. Ko‘pchilik patogen zamburug‘lar uchun minimal bostiruvchi kontsentratsiyaga (MBK) (50-100 mkg/ml) nisbatan yuqori kontsentratsiyalarda epidermisning shox qavatida to‘planadi. Epidermisning bazal qavatidagi kontsentratsiyasi 1,53-3 mkg/ml ni tashkil qiladi. Tirnoqlar keratiniga o‘tadi. Jigarda nofaol metabolitlarigacha biotransformatsiyaga uchraydi va ichak orqali chiqariladi. Buyrak orqali chiqarilish hajmi 0,05%-0,5% ni tashkil qiladi. Kirgan moddalarni yarim chiqarilish davri 3,5-5 soatni tashkil etadi.
Qo‘llanilishi
- tananing turli qismlaridagi dermatomikozlari;
- teri ajinlari, tovon mikozlari;
- kepaklangan temiratki;
- eritrazma;
- klotrimazolga sezgir dermatofitlar, achitqisimon (shu jumladan Candida oilasi), mog‘or va boshqa zamburug‘lar chaqirgan yuzaki kandidozlar;
- ikkilamchi piodermiya bilan asoratlangan mikozlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga buyuriladi. Krem oldindan tozalangan (o‘rtacha rN ahamiyatli sovunni qo‘llash bilan) va quritilgan teri yuzasiga yupqa qatlam qilib kuniga 2-3 marta ishqalab surtiladi. Davolash davomiyligi kasallikni og‘irligi, patologik o‘zgarishlarni joylashgan joyi va davolashni samaradorligiga bog‘liq. Dermatomikozlarni davolash kamida 4 hafta, kepaklanuvchi temiratkani – 1-3 hafta o‘tkaziladi.
Oyoq terisining zamburug‘li kasalliklarida davolashni kasallik simptomlari bartaraf etilganidan keyin yana kamida 2 hafta davom ettirish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kandid kremi odatda yaxshi o‘zlashtiriladi.
Kam hollarda
- preparat surtilgan joyda terini qizarishi, achishish va sanchish hissi, shish, ta'sirlanish, og‘riq, toshma, po‘rsildoqlar kuzatilishi mumkin.
Ta'sirlanish paydo bo‘lganida preparatni bekor qilish lozim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- klotrimazol va preparatni boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
- homiladorlikni I uch oyligida qo‘llash mumkin emas.
Laktatsiya davrida – ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Klotrimazol amfoteritsin V va boshqa poiyen antibiotiklarining faolligini pasaytiradi. Natamitsin va nistatin bilan bir vaqtda qo‘llanganda klotrimazolning faolligini pasaytiradi. Deksametazonning yuqori kontsentratsiyalari klotrimazolning zamburug‘larga qarshi samaradorligini pasaytiradi. Parabenzoy kislotasining propil efiri yuqori kontsentratsiyalarda klotrimazolning zamburug‘larga qarshi samarasini kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat faqat dermatologiya amaliyotda ishlatish uchun mo‘ljallagan. Ko‘zga tushishidan saqlaning.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Klinik va eksperimental tadqiqotlarda homiladorlik yoki emizish davrida preparatni qo‘llash sog‘lom ayollar yoki homila (bola) ga salbiy ta'sir ko‘rsatishi aniqlanmagan. Biroq preparatni homiladorlikning II yoki III uch oyligida buyurish maqsadga muvofiqligi haqidagi savol shifokor bilan maslahatlashgandan keyin hal qilinishi kerak. Preparatni homiladorlikning II yoki III uch oyligida buyurishda ona uchun preparatdan kutilayotgan foyda va homila uchun yuz berishi mumkin bo‘lgan xavf nisbatini hisobga olish kerak.
Klotrimazolni ko‘krak sutiga o‘tishi noma'lum. Emizikli ayollarga klotrimazolni buyurilganida ehtiyotkorlikka amal qilish kerak. Preparatni bevosita emizayotgan ko‘krakka surtish mumkin emas. Davolanish vaqtida emizish tavsiya etilmaydi.
Pediatriyada qo‘llanishi
Kandid kremini bolalarga faqatgina pediatr bilan maslahatlashgandan keyin buyurish kerak.
Dori vositalarini transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir etish xususiyati
Kandid kremi avtomobilni boshqarish yoki murakkab texnika qurilmalari bilan ishlashga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kandid kremi bilan dozani oshirib yuborish hollari kuzatilmagan.
Simptomlari nojo‘ya samaralarini kuchayishi.
Davolash shikastlangan joyni yuvish, simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
20 g dan preparat alyumin tyubalarda joylanadi.
1 tyuba davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
.
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Glenmark Farmasyutikalz Ltd,
Hindiston, PLOT № Ye 37, 39, MIDS Area, Saptur, Nasik-422007, Maxarashtra.
Qayd qilish guvohnomasining egasi
Glenmark Farmasyutikalz Ltd, Hindiston
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
O‘zbekiston Respublikasi, 100031, Toshkent sh., Afrosiyob ko‘chasi, 4A,
Tel/faks +99871 140 52 12
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.