Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Кантакари, дарухалдар, джавакусум, баллачанг, бел, батиджата
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Hindiston
Производитель
Shrey Nutraceuticals & Herbals Pvt. Ltd.
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Kapsulalar
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Leukeyr
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) o‘simliklardan olinadigan vosita.
Dori shakli
sirop
Tarkibi
Har 5ml sirop quyidagi ekstraktlarni saqlaydi
Ashoka (Saraca asoca) 50mg;
Kumari (Aloe vera) 50mg;
Nagkesar (Mesua ferrea) 50mg;
Xing(Ferulafoetida) 50 mg;
Ajvain (Carum copticum) 50 mg;
Jaifal(Myristicafragrans) 50 mg;
Lodxra (Symplocos racemosa) 50 mg;
Satavari (Asparagus racemosus) 50 mg;
Ashvaganda(Withania somnifera) 50 mg;
Javanti (Leptadenia reticulata) 50 mg;
To‘ldiruvchilar yetarli miqdorda
Ta'rifi shirin ta'mli va o‘ziga xos hidli to‘q jigarrang rangli sirop.
Farmakoterapevtik guruhi
akusherstva va ginekologiyada qo‘llanadigan vosita.
Kod ATX G01
Farmakologik hususiyatlari
Leukeyr siropi – o‘simliklardan olingan tabiiy ekstraktlarning muvozanatlangan majmuasi bo‘lib, ayollarda uchraydigan barcha qin ajralmalarini davolashda qo‘llaniladi, homiladorlik vaqtida va ginekologik operatsiyalardan keyin qo‘llash havfsizdir. Ma'lumotlarga ko‘ra, Leukeyr simpatik nerv orqali bevosita bachadon mushagiga ta'sir qiladi. Siydik jinsiy tizimning shilliq membranasiga nisbatan burishtiruvchi va antiseptik samaraga ega. Tuxumdonlar va bachadon qobig‘iga rag‘batlantiruvchi samara namoyon qiladi va bachadon mushagining tonusini oshiruvchi hususiyatga ega bo‘lib, shu bilan butun tizimning tonusini oshiradi va qon aylanishini yaxshilaydi. Tinchlantiruvchi vosita sifatida ta'sir ko‘rsatadi va uning yallig‘lanishga qarshi ta'siri ham kuzatilgan, bu ayollarda kuzatiladigan qin ajralmalarida va menorragiyada, hamda chanoq a'zolaridagi yallig‘lanish va giperemiya bilan bog‘liq bo‘lgan boshqa kasalliklarda yordam beradi. Sovutuvchi, siydik haydovchi va shishga qarshi ta'sirga ega, siyishni qiyinchiliklarida yordam beradi. U tonusni oshiruvchi va tinchlantiruvchi vosita bo‘lib, ayollarda kuzatiladigan qin ajralmasida va menorragiyaning buzilishini nazorat qiladi.
Ashoka (Saraca asoca) bachadonning bevosita mushak tolalariga ta'sir etadi va bachadon qobig‘i va tuxumdon to‘qimasiga nisbatan rag‘batlantiruvchi samaraga ega, bachadon infektsiyalarida foydalidir. Burishtiruvchi hususiyatga ega bo‘lib, ayollarda kuzatiladigan qin ajralmalari va menorragiya kasalliklarida qo‘llanadi.
Kumari (Aloe vera) bachadon mushagi tonusini oshiradi va har qanday ajralmalarning ekssudatsiyasini oldini oladi. Aloe ovulyatsiyani rag‘batlanishiga yordam beradi. Tadqiqodlar, aloe ovulyatsiyani buzilishi oqibatida bepushtlik bilan xastalangan ayollarga yordam beradi deb taxmin qilinadi. Ovulyatsiya jarayonini boshqarib, hayz ko‘rish siklini normallashtiradi.
Nagkesar (Mesua ferrea) o‘simlik qon to‘xtatuvchi va burishtiruvchi hususiyatlarga ega. Ayniqsa qon ketishida foydali. Estrogen va progestin Mesua ferrea o‘simligining tarkibiy qismi hisoblanadi, hayz ko‘rish siklining asosiy sababi bo‘lgan gormonal disbalansni to‘g‘rilashga yordam beradi.
Xing(Ferulafoetida) organizmning umumiy va reproduktiv sog‘lig‘ini tutib turishda yaxshi o‘simliklardan biri hisoblanadi. Bu hususiyati nafaqat hayz ko‘rish siklining buzilishini davolaydi, balki qin ajralmalarini ham bartaraf qiladi. Ovqat hazm bo‘lishini tutib turishda yordam beradi.
Ajvain (Carum copticum) organizmning umumiy tonusini oshiruvchi va yel haydovchi hususiyatlarga ega. O‘ismlikning og‘riq qoldiruvchi samarasi hayz ko‘rish sikli vaqtida kuzatiladigan og‘riqni kamaytirishga yordam beradi.
Jaifal(Myristicafragrans) og‘riqli hayz ko‘rish va qovuq va siydik yo‘llarini yallig‘lanishini davolash uchun tavsiya etiladi.
Lodxra (Symplocos racemosa) Lodxra ekstrakti bachadonning tonusini oshiruvchi sifatida ishlatiladi. O‘simlik ginekologik kasalliklarni nazorat qilish uchun tavsiya etiladi. Lodxra ekstraktini qabul qilish follikulalarni stimullovchi gormon (FRG) va lyuteinlovchi gormon (LG) ning sekretsiyasini oshiradi. Shuningdek qon ketishi va jarohatlarni bitishida samaralidir.
Satavari (Asparagus racemosus) tinchlantiruvchi va ishtahani oshiruvchi vosita sifatida ta'sir qiladi. Gonoreya, qin ajralmalari, umumiy holsizlik va ayollarning barcha reproduktiv muammolarida yordam beradi. Ayollarning gormonal tizimini muvozanatlashtiradi va ta'sirchanlikni bartaraf qiladi.
Ashvaganda(Withania somnifera) Ashvaganda ekstrakti umumiy tonusni oshiruvchi, to‘qimalarning bitishini yaxshilovchi va yoshartiruvchi o‘simlik hisoblanadi. Jinsiy ojizlik, umumiy holsizlikni yaxshilaydi, mushaklarni mustahkamlaydi va qon-tomirlarni yaxshilaydi. Hayz ko‘rish siklini normallashishiga yordam beradi. Tinchlantiruvchi vosita sifatida immunitetni tutib turish uchun ishlatiladi.
Javanti (Leptadenia reticulata) bu o‘simlik jinsiy maylning tonusini oshiruvchi sifatida ishlatiladi. Shuningdek abortdan keyin bachadonga qon quyilishida yordam beradi.
Bu o‘simliklarning majmuasi
• hayz ko‘rish siklini normallashishiga yordam beradi;
• ortiqcha qon ketishini kamaytirishga yordam beradi;
• hayz ko‘rish sikli vaqtida og‘riqni kamaytirishga yordam beradi;
• ovulyatsiyani rag‘batlantiradi, serpushtlikni oshishiga yordam beradi.
Qo‘llanilishi
Mahalliy komponentlardan tarkib topgan ayurverdik preparat bo‘lib, qadimgi ayurverdik tibbiyotda, qin ajralmalarida, hayz ko‘rish siklini buzilishida va ayollarda kuzatiladigan boshqa jinsiy ojizliklarda yordam beradi deb hisoblaydilar.
Preparat quyidagi o‘zgarishlarda
• hayz ko‘rish siklini nomuntazam bo‘lishida;
• bachadondan disfunktsional qon ketishida;
• birlamchi amenoreyada;
• ikkilamchi amenoreyada ishlatiladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bir choy qoshiqdan kuniga 3 marta ovqatdan so‘ng, suv bilan yoki shifokorning tavsiyasi bo‘yicha qabul qilinadi.
Tavsiyalar alkogol, achchiq va yarim tayyor mahsulotlar bilan iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Ayurverdik vosita – hech qanday nojo‘ya samaralari aniqlanmagan. Tavsiya etilgan dozalarda hech qanday salbiy ta'sirlar kuzatilmaydi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Mavjud emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Mavjud emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Maxsus ehtiyotkorliklar mavjud emas.
Alkogol, achchiq va yarim tayyor mahsulotlar bilan iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash kerak va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
100 ml dan o‘lchov chashkachasi bo‘lgan plastik butilkalar, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Salqin, quruq va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Shrey Nutrasyutikalz end Xerbalz Pvt.Ltd”,
25 Kompleksi Yash, Sarkedj Gandinagara shossesi,
Sanand Chovkdi, Axmadobod (Hindiston).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.