Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Ovumiks vag. supp. №6
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
метронидазол микронизированный 300.00 мг, миконазола нитрат микронизированный 100.00 мг, неомицина с
Страна производитель
Аргентина
Производитель
Laboratorio ELEA S.A.C.I.F. y A.
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Суппозитории вагинальные
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Ovumiks
Dori shakli
vaginal suppozitoriylar.
Tarkibi
Bir vaginal suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
Metronidazol - 300 mg
Mikonazol nitrati- 100 mg
Neomitsin sulfati- 48.8 mg
Polimiksin sulfati- 4.4 mg
Gotu Kola (Centella asiática) - 15 mg
yordamchi moddalar – vitepsol N15.
Farmakoterapevtik guruhi
Ginekologik kasalliklarni davolash uchun antiseptik va mikroblarga qarshi preparatlar; Boshqa antiseptiklar va mikroblarga qarshi preparatlar.
Kod ATX G01AX
Farmakologik xususiyatlar
Ovumiks – ginekologiya qo‘llanadigan majmuaviy preparat bo‘lib, tarkibidagi Gotu Kola va boshqa faol komponentlar mavjudligi tufayli, qin shilliq qavatiga keng infektsiyaga qarshi, shuningdek trofik va regenerativ ta'sir ko‘rsatadi. Metronidazol anaerob va sodda hayvonlarga nisbatan bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi (shu jumladan trixomonadalar, lyambliyalar, amebalar).
Mikonazol keng ta'sir doirasiga ega zamburug‘larga qarshi vosita hisoblanadi va kandida infektsiyasiga nisbatan samaralidir. Neomitsin va polimiksin grammusbat grammanfiy qo‘zg‘atuvchilarga nisbatan keng antibakterial ta'sir dorasiga ega, spetsifik bo‘lmagan vaginit fonida superinfektsiya paydo bo‘lishiga to‘sqinlik qiladi. Osiyo Sentella ekstrakti (Gotu Kola) granulyatsiya jarayonini rag‘batlantiradi va qin shilliq qavatining epitelizatsiyasiga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Intravaginal yuborilgan dozaning taxminan 20% qon tizimiga o‘tadi.
Qon plazmasida 6-14 soatda aniqlanadi.
Metronidazolni 20% kami oqsillar bilan bog‘lanadi.
Metronidazol va uning metabolitlari asosan buyrak orqali – 60-80% chiqariladi. Ahlat bilan 6-15% chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Qin shilliq qavatining shikastlanishi bilan birga kechuvchi spetsifik va spetsifik bo‘lmagan vulvovaginitlarni maxalliy davolash; vulvit, vaginit, bakterial vaginoz yoki irritativ servikovaginit, vulvovaginal kandidoz, vaginal trixomoniaz, turli etiologiyali oqchillarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Davolash jinsiy a'zolar tozalangandan keyin, kuniga 1-2 vaginal suppozitoriydan boshlanadi, suppozitoriy yotgan xolatda qinga chuqur kiritiladi. Belgilari kamaygandan keyin davolash belgilar to‘liq yo‘qolgunigacha, kunning ikkinchi yarmida bevosita uyqudan oldin kiritiladigan kuniga 1 suppozitoriydan davom ettiriladi. Suppozitoriylarni qinga chuqur kiritish kerak.
5-10 kun davomida ishlatilsin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya reaktsiyalar kam hollarda kuzatiladi achishish yoki ta'sirlanish xissi, qichishish.
Suppozitoriylarda saqlanuvchi dori vositalari (shu jumladan vaginal), tizimli qon oqimiga tushishi tufayli, ular qo‘llanganda buyurilgan dozalarga qat'iy rioya qilish kerak. Ayniqsa buni buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda xisobga olishi muhim.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan xolatlar
-preparatning xar qanday komponentlariga yoki imidazol hosilalariga yuqori sezuvchanlik;
-homiladorlikning birinchi uch oyligi;
-laktatsiya davri;
-gematologik kasalliklarni mavjudligi;
-markaziy nerv tizimining o‘tkir kasalliklarida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Ishqoriy eritmalar bilan purkalashda qo‘llanmasin. Protrombin vaqtini va qon ketishni oshiruvchi oral atikoagulyantlar (varfarin, dikumarin va boshqalar kabi) bilan bir vaqtda buyurish mumkin emas Preparat bilan davolash vaqtida alkogol iste'mol qilish mumkin emas, chunki bu qusish, ko‘p terlash va gipotoniyani chaqirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ovumiks o‘tkir jigar yetishmovchiligi bulgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Preparatni jinsiy aloqadan oldin qo‘llash mumkin emas.
Vaginal suppozitoriylarni qo‘llash urug‘lantirishda qiyinchiliklar chaqirishi mumkin. Preparat jinsiy yo‘l bilan o‘tadigan kasalliklardan himoya qilmaydi. Vaginal suppozitoriylar tarkibiga kiruvchi ingrediyentlar lateks prezervativlar va diafragmalarni lateksini shikastlashi mumkin.
Avtomobilni xaydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparat avtomobilni boshqarish va mexanizmlarni ishlatish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparat to‘g‘ri buyurilganida dozani oshirib yuborilish xavfi yo‘q.
Chiqarilish shakli
6 vaginal suppozitoriydan o‘ramda.
Saqlash sharoiti
30° S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha
Ishlab chiqaruvchi
mamlakat
Laboratorio Elea S.A.I.C.F. y A.,
Sanabria №2353 – C1417AZE
Ciudad Autonoma de Buenos Aires
Argentina
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
AVITA MEDICINE MCHJ
Toshkent sh., Olmazor tumani, Jomiy ko‘ch., 5 uy
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.