Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Pimafutsin vag. supp. 100mg №6
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Натамицин
Страна производитель
Италия
Дозировка
100 мг
Производитель
Leo Pharma A/S, Дания произведено: Temmler Italia S.r.L.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Суппозитории
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Pimafutsin®
Ta'sir etuvchi modda (XPN) natamitsin
Dori shakli
vaginal suppozitoriylar
Tarkibi
1 suppozitoriy quyidagilarni saqlaydi
Faol modda natamitsin 100 mg
Yordamchi moddalar 690 mg setil spirti, 700 mg qattiq yog‘, 460 mg sorbitol, 460 mg polisorbat 80-460 mg, 69 mg natriy karbonat gidrati, 64 mg adipin kislotasi.
Ta'rifi sarg‘ish tusli oqdan to jigarrang tusli och-sariq rangligacha bo‘lgan, torpedosimon shaklli suppozitoriy.
Farmakoterapevtik guruhi
Zamburug‘larga qarshi vositalar.
ATX kodi G01AA02
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Zamburug‘larga qarshi keng ta'sir doirasiga ega makrolidlar guruhidan bo‘lgan, poliyen antibiotik. Fungitsid ta'sir ko‘rsatadi. Natamitsin xujayra membranalarining sterollarini bog‘lab, ularning butunligi va faoliyatini buzadi, bu mikroorganizmlarning nobud bo‘lishiga olib keladi. Natamitsinga ko‘pchilik patogen achitqi zamburug‘lari, ayniqsa Candida albicans sezgir. Natamitsinga dermatofitlar kamroq sezgirdirlar. Klinika amaliyotida natamitsinga rezistentlik uchramaydi.
Farmakokinetikasi
Natamitsin tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi, chunki teri va shilliq qavatlarining yuzasidan amalda so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
- asosan Candida zamburug‘lari chaqirgan vaginitlar, vulvitlar, vulvovaginitlar, balanopostitlarda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Vaginitlar, vulvitlar, vulvovaginitlarda 1 vaginal suppozitoriydan 3-6 kun davomida buyuriladi. Suppozitoriy yotgan holatda sutkada 1 marta, kechasiga qinga iloji boricha chuqurroq kiritiladi. Candida albicans chaqirgan vaginitlarni keskin kechishida, ichakdagi kandidoz infektsiyasining o‘chog‘ini sanatsiyasi uchun, qo‘shimcha ravishda Pimafutsin ichga qabul qilish uchun tabletka ko‘rinishida (10-20 kun davomida 1 tabletkadan sutkada 4 marta) buyuriladi. Jinsiy sherikning jinsiy a'zolarining kandidozli zararlanishini davolash uchun krem shaklidagi Pimafutsin ishlatiladi. Davolash kursining davomiyligi shaxsiy belgilanadi. Kasallikning simptomlari yo‘qolganidan keyin davolashni yana bir necha kun davom ettirish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'siri
Mahalliy reaktsiyalar yengil ta'sirlanish, achishish hissi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Pimafutsin preparatining dorilar bilan o‘zaro ta'siri ta'riflanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Vaginal suppozitoriy tana haroratining ta'siri ostida tez erib, ko‘piksimon massa hosil qiladi, bu faol substantsiyani bir tekis taqsimlanishiga yordam beradi.
Surunkali va qaytalanuvchi infektsiyalarda mahalliy davolash Pimafutsinning tabletkalari va kremini buyurish bilan to‘ldirilishi mumkin.
Vaginal suppozitoriylar tarkibiga kiruvchi setil spirti, ushbu komponentga yuqori sezuvchanlikda, genital sohada yengil achishish hissini chaqirishi mumkin. Hayz ko‘rish davrida suppozitoriylar bilan davolash to‘xtatiladi. Suppozitoriylar bilan davolash davrida jinsiy aloqalardan saqlanishning zarurati yo‘q. Biroq jinsiy sheriklarni tekshirishni o‘tkazish, kandidozli zararlanish aniqlangan holda esa, Pimafutsin bilan davolash kursini o‘tkazish tavsiya qilinadi. Davolanish davrida shuningdek to‘siqli kontratseptivlarni ishlatishni ham ko‘zda tutish kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Pimafutsinni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Pimafutsin preparatining dozasini oshirib yuborilish hollari to‘g‘risida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
3 vaginal suppozitoriylaridan alyumin folga stripda, 1 yoki 2 strip tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlanadi.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Temmler Italia S.r.L.», Italiya
Via dele Industrii 2,
20061 Karugate, Milan, Italiya
«Astellas Farma Yurop B.V.», Gollandiya uchun.
Sifati bo‘yicha e'tirozlar Moskvadagi vakolatxonasi tomonidan qabul qilinadi.
«Astellas Farma Yurop B.V.», Gollandiya Moskvadagi vakolatxonasi manzili
109147 Moskva, Marksistkaya ko‘ch. 16
“Mosalarko Plaza-1” biznes-markaz
Telefon (495) 737-07-55
Faks (495) 737-07-57
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.