Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Polijinaks Virgo vag. kaps. №6
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Неомицин, полимиксин B, нистатин
Страна производитель
Франция
Производитель
Laboratoire Innotech International, manufactured by Innothera Chouzy
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Капсулы вагинальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- faol moddalar
Preparatning savdo nomi
Polijinaks® Virgo
Dori shakli
qin ichiga yuborish uchun emulsiya kapsulalarda.
Tarkibi
1 kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
neomitsin sulfati35000 XB,
polimiksin V sulfati35000 XB,
nistatin 100000 XB;
yordamchi moddalar gidrogenlangan soya moyi, dimetikon 1000, tefoz 63® palmitin kislotasi efirlari va stearin kislotasi efirlari;
kapsula qobig‘ining tarkibi jelatin, glitserol, dimetikon 1000, tozalangan suv.
Ta'rifi och-sariqdan och-jigarrang rangligacha bo‘lgan, oval shaklli o‘tkir uchli yumshoq kapsulalar.
Kapsula tarkibi och-sariqdan och-jigarrang rangligacha bo‘lgan moyli emulsiya.
Farmakoterapevtik guruhi
majmuaviy antibiotik (antibiotiklar aminoglikozid+ poliyen+tsiklik polipeptid).
ATX kodi G01AX
Farmakologik xususiyatlari
Grammusbat (Staphylococus aureus, korinebakteriyalar va boshqalar) va grammanfiy mikroorganizmlarga (Enterococus faecium, Enterobacter aerogenes, Escherichia coli, Hemophilus influenzae, Proteus vulgaris, Klebsiella pneumoniae, Mycobacterium tuberculosis, Pseudomonas aeruginosa, Ureaplasma urealyticum) bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi.
Patogen zamburug‘larga, ayniqsa achitqisimon - Candida albicans, Cryptococcus, Hystoplasma turi zamburug‘lariga fungitsid ta'sirga ega. Qin shilliq qavatining trofik jarayonlarini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
Qin shilliq qavatiga tekis taqsimlanib, mahalliy bakteritsid va fungitsid ta'sir ko‘rsatadi. Qin shilliq qavati yuzasidan deyarli so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Davolash uchun.
-nospetsifik, zamburug‘li, aralash vaginitlar, vulvovginitlar va servikovaginitlarda qo‘llanadi.
Oldini olish uchun.
-jinsiy a'zolar sohasidagi jarrohlik aralashuvi oldidan;
-bachadon ichki diagnostika muolajasi oldidan qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Qin ichiga yuborish uchun buyuriladi. Bir kapsuladan kechki hojatdan keyin, uyqu oldidan buyuriladi. Kapsulaning o‘tkir uchi kesiladi va uni sekin siqib kapusulaning ichidagisini qinga yuboriladi. Dori preparati qinga yuborilganidan keyin, kapsulani chiqindilarga qo‘shib tashlab yuboriladi. Davolash kursi 6 kunni tashkil qiladi. Oldini olish maqsadida preparat 6 kun davomida qo‘llaniladi. Preparatni qabul qilish o‘tkazib yuborilganida, davolashni odatdagi dozada qaytadan boshlash kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatning komponentlariga allergik reaktsiya. Uzoq vaqt qo‘llanilganida, buyrak yetishmovchiligida aminoglikozidlarning tizimli nojo‘ya ta'sirlarni namoyon bo‘lishi kuchayib boradi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning har qanday komponentiga allergik reaktsiyada qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Spermitsidlar bilan birga qo‘llash tavsiya etilmaydi, chunki preparatning faolligi pasayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat qiz bolalar va o‘smir qizlarda qo‘llash uchun maxsus ishlab chiqarilgan. Reinfektsiya xavfi va kasalliklarning ayrim qo‘zg‘atuvchilarini unga chidamliligini shakllanishini oldini olish maqsadida, preparatni qo‘llash muddati chegaralangan bo‘lishi kerak. Buyrak yetishmovchiligi hollarida maslahat olish uchun shifokorga murojaat qiling. Davolash vaqtida qin ichiga tamponlarni qo‘llashdan saqlanish kerak. Hayz ko‘rish vaqtida davolashni to‘xtatmaslik kerak.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik vaqtida shifokor maslahatisiz qo‘llash tavsiya etilmaydi. Agar davolanish vaqtida Siz homilador ekanligingizni sezsangiz, shifokorga murojaat qiling, chunki faqat u davolashni davom ettirish kerakligi haqida qaror qabul qilishi mumkin. Emizish davrida preparatni qo‘llashdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tavsiya etilgan dozalarda qo‘llanganda, dozani oshirib yuborishining ehtimoli kam.
Chiqarilish shakli
Qin ichiga yuborish uchun emulsiya, kapsulalarda. 3 kapsula PVX/alyumin blisterda. 1 yoki 2 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
15oS dan 25oS gacha bo‘lgan haroratda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Laboratoire Innotech International, manufactured by Innothera Chouzy”, France
(“Laboratoriya Innotek Internasional”, “Innotera Shuzi” da ishlab chiqarilgan, Fransiya),
Rue Rene Chantereau “L’Isle Vert”, 41150 CHOUZY-SUR-CISSE, France
(Ryu Rene Shantero L’Isl Ver», 41150, Shuzi-Syur Sis, Frantsiya).
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Laboratoriya Innotek Internasional» O‘zbekistondagi vakolatxonasi
Yuridik manzili Toshkent sh., Afrosiyob ko‘ch., 4A,
Tel. 140-43-40, 140-43-41, E-mail uz.innotech@sks.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.