Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Vipratoks liniment 40 g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Яд гюрзы
Страна производитель
Украина
Производитель
ДКП Фармацевтическая фабрика
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Мазь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Vipratoks
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) gyurza zahari 16 XTB, salitsil kislotasi, ratsemik kamfora, oq qarag‘ay moyi;
Dori shakli
liniment
Tarkibi
1 g liniment quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar gyurza zahari 16 XTB 0,0176 mg, salitsil kislotasi 10 mg, ratsemik kamfora 30 mg, oq qarag‘ay moyi 30 mg;
yordamchi moddalar natriy xloridi, kungaboqar moyi, oq yumshoq parafin, glitserin, emulgator T-2, tozalangan suv.
Ta'rifi oq rangli, o‘ziga xos kamfora va oq qarag‘ay moyi hidli liniment.
Farmakoterapevtik guruhi
mahalliy qitiqlovchi vosita (bo‘g‘im va mushak og‘riqlarida qo‘llash uchun).
ATX kodi M02AX10.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Vipratoksni asosiy ta'sir etuvchi moddasi fosfolipaza, fosfodiesteraza, gialuronidaza saqlovchi va boshqa faol moddalar saqlovchi gyurza zahari (Venenum Macroviperae lebetina) hisoblanadi;
Preparatning ta'siri gyurza zahari saqlovchi toksinlar bilan bog‘liq.
Postsinaptik neyrotoksinlar skelet mushaklari va markaziy nerv tizimining ayrim bo‘limlari subsinaptik membranasining N-xolinoretseptorlarini spetsifik bloklaydi. Presinaptik neyrotoksinlar presinaptik nerv oxirlariga ta'sir qiladi va mediatorlarning ajralib chiqishini kuchayishiga yordam beradi.
Membranofaol neyrotoksinlar (polipeptidlar-kardio va sitotoksinlar) hujayralarning membranalariga faol ta'sir qiladi, shu jumladan ularning depolyarizatsiyasini chaqiradi.
Zaharning tarkibiga bevosita bog‘liq bo‘lgan spetsifik ta'siri bilan birga, preparatning davolovchi samarasi reflektor reaktsiyalar bilan ham bog‘liq bo‘lib, ular retseptorlarni ta'sirlanishi, preparatning to‘qimalarga mahalliy ta'sirida hosil bo‘ladigan biogen moddalarni so‘rilishi bilan, organizmning immunologik reaktsiyalarga ta'siri va shuningdek «gipofiz-buyrak usti bezlari» tizimining rag‘batlanishi bilan bog‘liq. Mahalliy qo‘llanganda gyurza zahari ta'sirlovchi va og‘riqsizlantiruvchi ta'sirga ega.
Salitsil kislotasi sirtga qo‘llanganda antiseptik, ta'sirlovchi, chalg‘ituvchi va keratolitik ta'sir ko‘rsatib, ta'sir qiluvchi komponentlarni to‘qimalarga yaxshi kirishiga yordam beradi.
Oq qarag‘ay moyi yuqori lipofilligi tufayli, epidermis orqali oson o‘tadi, ham yuza joylashgan tomirlarning, ham chuqurroq joylashgan to‘qimalarning tomirlarini sezuvchi nerv oxirlariga qitiqlovchi ta'sir ko‘rsatadi.
Kamfora borligi tufayli preparat mahalliy ta'sirlovchi, og‘riqni qoldiruvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi va terining sezuvchi nerv oxirlarini qitiqlab, to‘qimalar trofikasini yaxshilaydi.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Revmatizm, nevralgiya, ishias, lyumbago, radikulit, mialgiya, artralgiyadagi og‘riqni simptomatik davolashda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Nojo‘ya samaralarning paydo bo‘lishidan saqlanish maqsadida, preparatga nisbatan individual sezuvchanlikni aniqlash uchun teriga linimentning ko‘p bo‘lmagan miqdorini oldindan surtish kerak.
Og‘riqli sohaning yuzasini o‘lchamiga qarab, liniment ko‘p bo‘lmagan miqdorda 5-10 mg qo‘yiladi va sutkada 1-2 marta teriga, og‘riqli sindrom yo‘qolgunicha yaxshilab ishqalab singdiriladi.
Davolash kursini kasallikning og‘irligi va davolashning samaradorligiga qarab shifokor belgilaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Mahalliy allergik reaktsiyalar (shu jumladan qichishish, achishish, toshmalar, quruqlik, kepaklanish, ta'sirlanish, kontakt dermatit, eshakemi) tana haroratini oshishi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik. Bronxial astma, ko‘k yo‘tal, bronxospazmga moyillik, tirishishlarga moyillik, o‘pkaning o‘tkir tuberkulyozi, bosh miya va koronar qon aylanishini buzilishi, angiospazmlar paydo bo‘lishiga moyillik, buyrak va jigar funktsiyasini og‘ir buzilishlari, preparat qo‘yiladigan joyda teri butunligini buzilishi, isitma, umumiy toliqishda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
O‘rganilmagan. O‘zaro ta'sir bo‘yicha yetarlicha nazorat tadqiqotlari o‘tkazilmagan bo‘lsa xam, mahalliy qo‘llash uchun salitsilatlarni juda ko‘p miqdorda qo‘llaganda kumarin antikoagulyantlar va antitrombotsitar preparatlarning samarasini oshirishi mumkinligini istisno qilib bo‘lmaydi. Kumarin antikoagulyantlar va antitrombotsitlar preparatlarni, jumladan atsetilsalitsil kislotasini qabul qiluvchi patsiyentlar ehtiyotkorlikka rioya qilishi zarur.
Maxsus ko‘rsatmalar
Allergik reaktsiyaning ko‘rinishlari bo‘lgan teriga surtilmasin.
Preparatni ko‘zga, ochiq jarohatlar va shilliq qavatlarga tushishiga yo‘l qo‘yilmasin. Tasodifan ko‘zga va shilliq qavatlarga tushganida, ularni ko‘p miqdordagi oqar suvda yaxshilab yuvish kerak.
Keksa patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Bolalar.
Bolalarda qo‘llash tajribasi yo‘q, shuning uchun ushbu toifa patsiyentlariga qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati.
Preparat avtotransportni boshqarishda yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Tasodifan shilliq qavatlarga tushganida liniment kuchli ta'sirlanish chaqiradi. Allergik reaktsiyalar (qichishish, dermatit, terining qipiqlanishi) kuzatilishi mumkin.
Linimentni qo‘llashni to‘xtatish va uning qoldiqlarini teridan yuvib tashlash tavsiya etiladi. Zarurati bo‘lganida simptomatik davolash ko‘rsatilgan.
Noto‘g‘ri qo‘llanishi
Surtmani tasodifan yutib yuborganda qusish va diareya kabi gastrointestinal simptomlarini chaqirishi mumkin. Davolash simptomatik.
Surtmani ko‘p miqdorda tasodifan yutib yuborganda ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, issiqlik hissi/qizarish, tirishishlar, respirator depressiya va koma kabi o‘tkir zaharlanish simptomlari kuzatilishi mumkin.
Og‘ir gastrointestinal yoki nevrologik o‘tkir zaharlanish simptomlari bo‘lgan patsiyentlarni simptomatik davolash. Qusish chaqirish mumkin emas.
Chiqarilish shakli
40 g dan tubada qutida.
Saqlash sharoiti
8-200S haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
«DKP «Farmatsevticheskaya fabrika» MChJ.
Ishlab chiqaruvchi
ning joyi va uning faoliyat ko‘rsatuvchi manzili
Ukraina, 12430, Jitomirskaya vil., Jitomir tumani, Stanishovka s., Koroleva ko‘ch., 4 uy.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositalarining sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«Farm Lyuks» MChJ, O‘zbekiston Respublikasi, 140100, Samarkand sh., Spitamen shox ko‘ch.,100 B.
Tel + 998662397263
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.