Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Farmazolin N nazal sprey 1mg/ml 15 ml
Farmazolin N nazal sprey 1mg/ml 15 ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ксилометазолин
Страна производитель
Украина
Дозировка
15 мл
Производитель
ПАО «Фармак»
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Спрей назальный
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Farmazolin N
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ksilometazolin gidroxlorid (xylometazoline hydrochlorid)
Dori shakli
nazal sprey
Tarkibi
1 ml preparat quyidagilarni saqlaydi
faol modda 100% moddaga qayta hisoblaganda 1 mg ksilometazolin gidroxlorid;
yordamchi moddalar benzalkoniy xloridi; natriy xloridi; natriy digidrofosfati, digidrat; natriy gidrofosfati, dodekagidrat; in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR-a'zolari kasalliklarini davolash uchun vosita. Burun bo‘shlig‘i kasalliklarida mahalliy qo‘llash uchun shishga qarshi va boshqa preparatlar. Simpatomimetiklar, oddiy preparatlar.
ATX kodi R01AA07.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Ksilometazolin simptomamimetik agent hisoblanib, α- adrenergik retseptorlarga ta'sir ko‘rsatadi.
Farmazolin N burun qon tomirlarini toraytirib, burun shilliq qavati, uning qo‘shimcha bo‘shlig‘ining shishishi va giperemiyasini kamaytiradi va shu yo‘l bilan burun va qo‘shimcha bo‘shliqlar bitib qolganda burun orqali nafas olishni yaxshilaydi.
Preparatning ta'siri qo‘llanilgandan bir necha daqiqadan so‘ng boshlanadi va 12 soatgacha saqlanib qoladi (masalan, butun tun davomida).
Preparat, jumladan sezuvchan shilliq qavati bo‘lgan bemorlar tomonidan yaxshi o‘zlashtira olinadi. Preparat mukotsiliar faoliyatni pasaytirmaydi. Farmazolin N burun bo‘shlig‘i uchun xos bo‘lgan oraliqdagi me'yorlashtirilgan rN qiymatiga ega.
in vitro tadqiqotlarida ko‘rsatib berilganki, ksilometazolin oddiy shamollash bilan assotsiirlanuvchi odam rinovirusining infektsion faolligini pasaytiradi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganda ksilometazolinning qon plazmasidagi kontsentratsiyalari shunchalik kichikki, ularni zamonaviy analitik usullar bilan aniqlashning iloji yo‘q.
Qo‘llanilishi
Burun bitishi shamollash, toshmali isitmali titroq, allergik rinit, sinusitlarda simptomatik davolash;
Burunning qo‘shimcha bo‘shlig‘i kasalliklarida sekret chiqib ketishini yengillashtirish uchun;
O‘rta otitda yordamchi muolaja sifatida (shilliq qavat shishini bartaraf etish uchun);
Rinoskopiyani o‘tkazishni osonlashtirish uchun.
Dlya oblegcheniya provedeniya rinoskopii.
Qo‘llash usuli va dozalar
Kattalar va 12 yoshdan katta bolalar
Har bir burun teshigiga 1 marta purkashdan sutkada 3 mahal buyuriladi.
Maksimal sutkalik doza – 3 marta purkash.
Davolash davomiyligi kasallikning kechishiga bog‘liq va ketma-ket 10 kundan ortmasligi kerak.
Dozalangan sprey dozalash aniqligini va eritmaning burun shilliq qavati sathi bo‘ylab yaxshi taqsimlanishini ta'minlaydi.
Qo‘llashdan avval dozalovchi moslamani sprey havoga purkab chiqqunga qadar bir nechta purkash harakatlarini amalga oshirish yo‘li bilan tayyor holga keltirish lozim. Keyingi qo‘llashda dozalovchi moslama darhol qo‘llanilish uchun tayyor bo‘ladi.
Spreyni quyidagi usulda qo‘llash lozim
Preparatni qo‘llashdan avval burun yaxshilab tozalansin;
Flakonni vertikal tarzda ushlab, tubini katta barmoq bilan tutib turgan holda va kallakni ikki barmoq orasiga joylashtirilsin;
Purkash amalga oshirilsin va bir vaqtda burun orqali yengil nafas olinsin;
Qo‘llangandan so‘ng uchlikni qopqoq bilan yopishdan avval uchlik tozalansin va quritilsin;
Infektsiya tushishining oldini olish maqsadida, preparat saqlagan har bir flakon faqat bir inson tomonidan ishlatilsin;
So‘nggi marta qo‘llash bevosita uyqudan oldin amalga oshirilishi tavsiya qilinadi.
Bolalar. Preparat 12 yoshdan katta bolalarga qo‘llansin.
Nojo‘ya ta'sirlari
Immun tizimi tomonidan yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari, jumladan angionevrotik shish, toshma, qichishish.
Nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i.
Ko‘rish a'zosi tomonidan ko‘rishning vaqtinchalik buzilishi
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan nomuntazam yoki tezlashgan yurak urishi.
Nafas olish, ko‘krak qafasi va to‘sh suyagi oralig‘i a'zolari tomonidan burun shilliq qavati tomonidan quruqlik yoki noqulaylik.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi.
Umumiy buzilishlar va kiritish joyidagi reaktsiyalar qo‘llangan joyda achishish xissi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik; o‘tkir koronar kasalliklar, koronar astma, gipertireoz, glaukomaning yopiq burchakli shakli, quruq rinit (rhinitis sicca) yoki atrofik rinit, qattiq miya qobig‘ini ochish yoki transfenoidal gipofizektomiya bilan olib boriluvchi jarrohlik aralashuvi. MAO ingibitorlari biln yordamchi davolash va ularni to‘xtatilgandan so‘ng 2 hafta davomida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Monoaminoksidaza ingibitorlari (MAO ingibitorlari) ksilometazolin monoaminooksidaza ingibitorlari ta'sirini kuchaytirishi mumkin, bu esa gipertonik krizni chaqirishi mumkin. Ksilometazolin MAO ingibitorlarini qabul qilayotgan yoki so‘nggi ikki hafta ichida qabul qilgan patsiyentlarga tavsiya qilinmaydi.
Tri- va tetratsiklik antidepressantlar tri- va tetratsiklik antidepressantlar va simptomamimetik preparatlar bir vaqtda qo‘llanganda, ksilometazolinning simptamomimetik samarasi kuchayishi mumkin, shuning uchun bunday vositalarni bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
β-blokatorlar bilan birgalikda qo‘llanilganda bronxial astma yoki arterialbosimning pasayishini chaqirishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni ketma-ket 10 kundan ortiq qo‘llash mumkin emas. Juda uzoq yoki haddan ziyod ko‘p qo‘llash burun bitishining qaytalanishi va/yoki burun shilliq qavatining atrofiyasiga olib kelishi mumkin.
Preparatning tavsiya qilingan dozasini, ayniqsa bolalar va keksa yoshdagi shaxslarni davolashda, oshirib yuborish mumkin emas.
Preparatni yurak-qon tomir kasalliklari, yuqori arterial bosim, qandli diabet, prostata bezining gipertrofiyasi, feoxromotsitomasi bo‘lgan patsiyentlarga tizimli simptomamimetik samara tufayli, ehtiyotkorlik bilan buyurish lozim. Boshqa simptomamimetiklar kabi, preparatni adrenergik vositalarga nisbatan uyquning buzilishi, bosh aylanishi, qaltirash, yurak aritmiyasi, arterial bosimning ortishi ko‘rinishlarida namoyon bo‘luvchi kuchli reaktsiyalarga ega patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyurish zarur. Preparat ter iva shilliq qavatning ta'sirlanishini chaqirishi mumkin bo‘lgan benzalkoniy xlorid saqlaydi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Qon-tomirlarni potentsial toraytiruvchi ta'siri tufayli, preparatni homiladorlik davrida qo‘llash mumkin emas.
Yangi tug‘ilgan chaqaloqqa nisbatan istalgan nojo‘ya ta'siri bo‘yicha dalillar mavjud emas. Ksilometazolin ko‘krak sutiga chiqarilishi noma'lum, shuning uchun ehtiyotkorlik zarur, preparatni esa emizish vaqtida faqat shifokor ko‘rsatmasiga binoan qo‘llash lozim.
Fertillik
Preparatning fertillikka ta'siri bo‘yicha aniq ma'lumotlar mavjud emas. ksilometazolinning tizimli ekspozitsiyasi juda past bo‘lganligi tufayli, fertillikka ta'sir ko‘rsatish ehtimoli juda past.
Avtotransport yoki boshqa mexanizmlarni boshqarishda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish qobiliyati
Odatda preparat transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi yoki ahamiyatsiz ta'sir ko‘rsatadi.
Dozaning oshirib yuborilishi
Ksilometazolin gidroxloridni haddan ziyod mahalliy qo‘llash yoki uning bexosdan ichga tushishi yaqqol bosh aylanishi, ko‘p terlash, tana haroratining ahamiyatli pasayishi, bosh og‘rig‘i, bradikardiya, arterial gipertenziya, nafas olishning susayishi, koma va tirishishlarning paydo bo‘lishiga olib kelishi mumkin. Yuqori arterial bosim pasayish tomon o‘zgarishi mumkin. Kichik yoshdagi bolalar kattalarga nisbatan toksiklikka ko‘proq sezuvchan.
Doza oshirib yuborilganligiga gumoni bo‘lgan barcha patsiyentlarga mos keluvchi tutib turuvchi tadbirlar, shuningdek zarur holatda, tibbiy nazorat ostida tezkor simptomatik davolashni buyurish lozim. Tibbiy yordam bir necha soat davomida patsiyent kuzatuvchini o‘z ichiga olishi shart. Yurak to‘xtab qolishi bilan kechuvchi og‘ir doza oshirib yuborilish holatida reanimatsion tadbirlar kamida 1 soat davom etishi shart.
Chiqarilish shakli
15 ml yoki 20 ml dan flakonda. 1 flakondan qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Preparat o‘ramda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
JAJ «Farmak».
Ishlab chiqaruvchi
ning joylashgan joyi va uning faoliyatni amalga oshirish manzili
Ukraina, 04080, g. Kiyev, ul. Frunze, 74.
O‘zbekiston Respublikasi hududida dori vositasining sifati bo‘yicha shikoyatlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
JAJ “Farmak” O‘zbekistondagi vakolatxonasi
100000, Toshkent sh., A.Qodiriy ko‘chasi, 39.
Tel./faks +99871 235-77-13, 235-67-05.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.