Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rinoksil Kids 0.025% sprey 10ml
Rinoksil Kids 0.025% sprey 10ml
Nomi | Narx | |||||
Риноксил Кидс 0,025% 10 мл спрей (050124##2 082) |
UZS 38 100
Stokda yetarli (8)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ксилометазолин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
0,025%
Производитель
Nika Pharm,ДХО (упаков) Флумед-Фарм,ООО,КП, Молдова (произ),Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли назальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rinoksil®Kids NPH
Ta'sir etuvchi modda (XPN) oksimetazolin
Dori shakli
nazal 0,025% sprey.
Tarkibi
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda oksimetazolin gidroxloridi – 0,025 g;
yordamchi moddalar evkalipt moyi, natriy digidrofosfat digidrati, dinatriy edetati (trilon B), benzalkoniy xloridi (50% lieritma ko‘rinishida), propilenglikol, 0.1M xlorid kislotasi eritmasi yoki 0.1M gidroksid natriy eritmasi, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq, o‘ziga xosevkalipt moyi hidli, rangsiz yoki och sariqroq tusli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR-a'zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.
ATX kodi R01AA05
Farmakologik hususiyatlari
Oksimetazolin qon tomirlarni toraytiruvchi va antikongestiv ta'sir ko‘rsatadi. Alfa 1–adrenoretseptorlarni rag‘batlantiradi va aplikatsiya joyida qon tomirlarni toraytiradi, yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavatini shishini kamaytiradi, burundan nafas olishni yengillashtiradi, venoz sinuslariga qonning oqib kelishini kamaytiradi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida oksimetazolin ahamiyatsiz darajada tizimli so‘rilishga uchraydi, shuning uchun uni qon plazmasidagi kontsentratsiyasi kam. Ta'siri 15 minutdan keyin namoyon bo‘ladi. Ta'sirining davomiyligi 10-12 soat. Asosan o‘zgarmagan holda buyraklar va ichak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri 5-8 sutka.
Qo‘llanilishi
Burun shilliq qavatini, burun-xalqum va gaymor bo‘shliqlaridagi shishni kamaytirish uchun
- shamollash kasalliklarida (o‘tkir rinit);
- burun bo‘shliqlarining yallig‘lanishida (o‘tkir sinusit);
- yevstaxiitda;
- allergik rinitda; (shu jumladan, pichan isitmasida);
- o‘tkir otitda (yordamchi davolash vositasi sifatida, chunki yevstaxiyev nayining teshigini atrofidagi shilliq qavatining shishini kamaytiradi) qo‘llanadi.
Shuningdek burun bo‘shlig‘ining qo‘rishni yengillashtirishi uchun yoki jarrohlik muolajalarida ham qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
1 dan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda – har bir burun yo‘liga bir martadan sepiladi, zarurati bo‘lganida muolajani qaytarish mumkin.
Sepish vaqtida boshni tashlash tavsiya etilmaydi.
Davolanishning maksimal mumkin bo‘lgan davomiyligi – 5 kun.
Sepishni to‘g‘ri bajarish uchun sepgichni vertikal, uchlik yuqoriga yunaltirilgan holda ushlash kerak. So‘ngra tinik himoyalovchi qopqoqchani yechish, uchlik burun yo‘liga kiritish, tez keskin bir marta sepgichni bosish va sepgichni bo‘shatmasdan burundan chiqarib olish kerak. Sepish vaktida burundan biroz havo olish lozim, bu eritmani optimal yuborilishiga yordam beradi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Rinoksil®Kids NPH odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Preparatni tez-tez yoki uzoq muddat qo‘llanganida burun yo‘llarining shilliq qavatining ta'sirlanishi, achishishi va torayishi, gipersekretsiya, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, uyquni buzilishi, havotirlik, qo‘zg‘alish, yurak urishi, taxifilaksiya, ko‘ngil aynishi, arterial bosimni (AB) ni oshishi, burun va tomoqda sanchilish yoki qurishi, aksirish, burun shilliq qavatining giperemiyasi va atrofiyasi kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatga, shu jumladan boshqa intranazal qo‘llash uchun shishga qarshi vositalariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, atrofik rinit, gipertireoz, burun yo‘llarining sekret ajratib chiqarishisiz bo‘lgan yallig‘lanishi, 1 yoshgacha bo‘lgan yosh bolalar, homiladorlik, laktatsiya.
Ehtiyotkorlik bilan surunkali buyrak yetishmovchiligi, aritmiyalar, prostata bezining giperplaziyasi klinik belgilari bilan, yopiqburchakli glaukoma, yaqqol ateroskleroz, surunkali yurak yetishmovchiligi, qandli diabet, arterial gipertenziya.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Preparat boshqa qon tomirlarni toraytiruvchi vositalari bilan buyurilganda (yuborish usulidan qat'iy nazar) nojo‘ya samaralarining o‘zaro kuchayishi mumkin. Oksimetazolin mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalarining so‘rilishini sekinlashtiradi va ularning samarasini uzaytiradi. MAO ingibitorlari (ular bekor qilingandan keyingi 14 kunlik davri davomida) va tritsiklik antidepressantlar bilan bir vaqtda buyurilganda – AB ni oshishi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Buyurilgan dozalarni oshirmaslik kerak. Yurak-qon tomir tizimining kasalliklari, gipertireoz, arterial gipertoniyasi bo‘lgan patsiyentlarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi. Odatda Rinoksil®Kids NPH tavsiya qilingan dozalarda qo‘llanganida rinit belgilarini yo‘q qilish uchun 3 kun yetarli. Agarda bu davrda belgilari yo‘qolmasa davolovchi shifokor bilan maslahatlashish kerak. Bir flakonni bir nechta shaxslarda ishlatish infektsiyaning tarqalishiga olib kelishi mumkin. Preparat bilan davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi. Intranazal yuborish uchun mo‘ljallangan preparatni ko‘zga tushishidan saqlanish kerak. Preparat ko‘rishga ta'sir qiladi, reaktsiya tezligini pasayishi mumkin. Preparat tavsiya qilinganidan ortiq dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida yurak-tomir tizimiga va markaziy nerv tizimiga (MNT) umumiy ta'sirini istisno qilib bo‘lmaydi. Bunday hollarda transport vositalari yoki qurilmalarni boshqarish qobiliyati pasayishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugagandan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari taxikardiya, arterial gipertenziya, MNT susayishi.
Davolash simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
Nazal 0,025% li sprey 10, 15, 20 ml dan, purkagichli dozalovchi moslamali flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Dori vositalarini sifati bo‘yicha e'tirozlar (takliflar) ni qabul qiluvchi tashkilot nomi va manzili
«NIKA PHARM» ShXJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Sayram 7-tor ko‘chasi, 48-A uy.
www.nikapharm.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.