Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Flyu Kuit nazal tomchilar 25ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Flyu Kuit
Dori shakli
nazal tomchilar
Tarkibi
1 ml quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 3 mg rux glyukonati; 0,5 ml atirgul suvi (Rosa damascena)
Yordamchi moddalar tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz o‘ziga xos hidli eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR-a'zolari kasalliklarini davolash uchun vosita.
ATX kodi A12SV02
Farmakologik xususiyatlari
Flyu Kuit yuqori nafas yo‘llarining infektsiyalarida qo‘llanadi, shuningdek ushbu kasalliklarda profilaktik vosita sifatida qo‘llanishi mumkin. Immunitetni rag‘batlantiruvchi xususiyatlarga ega. Rux glyukonati – shilliq qavatning barer funktsiyasini yaxshilovchi mineral tuzdir. Immunitetni rag‘batlantiruvchi, tinchlantiruvchi va yallig‘lanishga qarshi xususiyatlarga ega, burun bo‘shlig‘i shilliq qavati sekretsiyasini boshqaradi, mikroblarga qarshi xususiyatlarga ega, yarani bitkazishga yordam beradi, xujayralarning hayot energiyasini qayta tuzadi va tiklaydi.
Atirgul suvi yallig‘lanishga qarshi, tinchlantiruvchi va kuchsiz antiseptik va oshlovchi xususiyatlarga ega.
Qo‘llanilishi
-Shamollash kasalliklari va grippda yuqori nafas yo‘llarining yallig‘lanishli kasalliklari (rinit, sinusit, tonzillit, faringit)
-Mahalliy immunitetni oshirish uchun profilaktik vosita sifatida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Davolash uchun har bir burun yo‘liga va/yoki tomoqning har bir tomoniga har to‘rt soatda 7-8 tomchidan buyuriladi.
Profilaktika uchun har bir burun yo‘liga va/yoki tomoqning har bir tomoniga kuniga uch marta 7-8 tomchidan buyuriladi.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda davolash uchun har bir burun yo‘liga va/yoki tomoqning har bir tomoniga har to‘rt soatda 3-4 tomchidan buyuriladi.
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda profilaktika uchun har bir burun yo‘liga va/yoki tomoqning har bir tomoniga kuniga uch marta 3-4 tomchidan buyuriladi.
Yoki shifokor ko‘rsatmasiga muvofiq buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kuchsiz surgi samaraga ega bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik kuzatilishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Tetratsiklin hosilalari rux tetratsiklinlarning samaradorligini kamaytirishi mumkin, bir vaqtda qo‘llanilganda tetratsiklin va Flyu Kuitni qabul qilish orasida kamida 3 soatlik intervalga rioya qilish kerak.
Xinolon hosilalari rux xinolonlarning siprofloksatsin, levofloksatsin, moksifloksatsin, norfloksatsin va ofloksatsinning so‘rilishini kamaytirishi mumkin.
Kaltsiy tuzlari kaltsiy tuzlari Flyu Kuitni o‘zlashtirilishini kamaytiradi.
Temir preparatlari peroral temirni iste'mol qilganda ruxni o‘zlashtirilishi kamayishi mumkin.
Penitsillamin penitsillaminni iste'mol qilganda ruxni o‘zlashtirilishi kamayishi mumkin va rux qo‘llanilganda penitsillaminni o‘zlashtirilishi kamayishi mumkin.
Maxsus kщrsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va laktatsiya davrida preparatning xavfsizligi aniqlanmagan.
Mexanizmlar va avtotransport vositalarini boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir ko‘rsatmaydi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Kuzatilmagan.
Chiqarilish shakli
25 ml eritma tomchilagichli PET flakonda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Qarshi Industries (Pvt.) Ltd.», Xattar, Pokiston
Tel. +92 42 111 200 300
E-mail imd@qarshi.com
Sayt www.qarshi.com
O‘zbekiston Respublikasi xududida dori vositasining sifati bo‘yicha e'tiroz (takliflar) ni qabul qiluvchi korxona nomi va manzili
"VANTAGE FOCUS" MChJ QK
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Chilonzor tumani, Kichik Halqa Yo‘li 7/1 uy
tel +99871 271 65 17
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.