Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Nasmork Total tab. №10
Nomi | Narx | |||||
Насморк Тотал таб. №10 (NTT-29##2 278) |
UZS 10 300
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Парацетамол, хлорфенамин, кофеин
Страна производитель
Индия
Производитель
Combitic Global Caplet Pvt. Ltd
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Nasmork Total®
Ta'sir qiluvchi moddalar (XPN) paratsetamol, xlorfeniramin maleati, kofein.
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Har bir tabletka saqlaydi
faol moddalar paratsetamol 500 mg; kofein (suvsiz) 30 mg; xlorfeniramin maleati 2 mg;
yordamchi moddalar povidon K-30, metilparaben, propilparaben, mikrokristall sellyuloza, makkajo‘xori kraxmali, natriy kraxmal glikolyati, tozalangan tal'k, magniy stearati, suvsiz kolloid kremniy ikki oksidi, brilliant ko‘ki bo‘yovchisi, xinolin sarig‘i bo‘yovchisi.
Ta'rifi yashil-sariq rangli, dumaloq, yassi, qobiq bilan qoplanmagan, bir tomonida bo‘lish chizig‘i bo‘lgan tabletka.
Farmakoterapevtik guruhi
o‘tkir respirator kasalliklar (O‘RK) va shamollash belgilarini bartaraf qilish uchun vositalar.
ATX kodi N02BE51
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat bo‘lib, ta'siri uni tashkil qiluvchi komponentlarining xususiyatlariga bog‘liq.
Paratsetamol
Og‘riq qoldiruvchi va isitma tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, ta'sir mexanizmi asosan markaziy nerv tizimida prostaglandinlarni sintezini ingibitsiya qilish va kamroq darajada gipotalamusdagi termoregulyatsiyaga ta'siri bilan bog‘liq.
Xlorfeniramin maleati
N1-gistamin retseptorlarining blokatori. Allergiyaga qarshi ta'sir ko‘rsatadi, ekssudatsiya holatini kamaytiradi. Burun qon tomirlarini toraytiradi, burun bo‘shlig‘ini, burun-halqum va burun yon bo‘shliqlarini shilliq qavatini shishini va qizarishini bartaraf qiladi.
Kofein
Bosh miyaning psixomotor markazlarini rag‘batlantiradi, og‘riq qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, (shu jumladan migren), uyquchanlik va charchoqlikni bartaraf qiladi, jismoniy va aqliy ish qobiliyatini oshiradi.
Farmakokinetikasi
Paratsetamol
Me'da-ichak yo‘llaridan, asosan ingichka ichakdan asaosan passiv transport yo‘li bilan tez so‘riladi. Yarim chiqarilish davri (T1/2) 1-4 soatni tashkil qiladi. Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosan buyraklar orqali chiqariladi.
Xlorfeniramin maleati
Ichga qabul qilinganidan keyin qon plazmasida maksimal kontsentratsiyaga (Cmax) 1-2,5 soatda erishiladi.T1/2 oxirgi fazada 16-19 soatni tashkil qiladi. Siydik bilan (70-83%) o‘zgarmagan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
Kofein
Ichakda yaxshi so‘riladi, T1/2 plazmada 5-10 soatni tashkil qiladi. Buyraklar orqali asosan metabolitlar ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Yuqori harorat, isitma, bosh og‘rig‘i, burun bitishi, tumov, aksirish, mushaklarda og‘riqlar bilan kechuvchi infektsion-yallig‘lanish kasalliklari (O‘RVI, rinit, shamollash, gripp) simptomatik davolash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga buyuriladi.
Kattalarga 1-2 tabletkadan har 4-6 soatda, kuniga 6 tabletkadan oshmasligi kerak.
2 yoshdan 6 yoshgacha bolalarga 1/4 tabletkadan kuniga 3 marta;
6 yoshdan 12 yoshgacha bolalarga 1/2 tabletkadan kuniga 3 marta.
Davolash kursi 7 kundan oshmasligi kerak.
Agar preparatni qabul qilishni boshlagandan keyin 3 kun davomida simtomlarni yengilashishi kuzatilmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparat odatda yaxshi o‘zlashtiriladi. Ammo quyidagilar bo‘lishi mumkin
Nerv tizimi tomonidan bosh aylanishi, uyquni buzilishi, yuqori qo‘zg‘aluvchanlik.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial bosimini oshishi, taxikardiya, aritmiya, bradikardiya.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, epigastriya sohasida og‘riq, qabziyat, og‘izni qurishi, gepatotoksik ta'sir.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi,
• glyukoza-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi,
• tireotoksikoz, arterial gipertenziya va qon diskraziyasi,
• beta-blokatorlarni, tritsiklik antidepressantlarni va MAO ingibitorlarini bir vaqtda qabul qilish,
• homiladorlik va laktatsiya davri,
• 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar,
• preparatni komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Paratsetamol bir vaqtda qo‘llanganida urikozurik vositalarining samaradorligini pasaytiradi, MAO ingibitorlarini, sedativ vositalari, etanolning samaralarini kuchaytiradi. Antidepressantlar, parkinsonizmga qarshi dori vositalari, antipsixotik, fenotiazin hosilalari siydikni tutilishi, og‘izni qurishi, qabziyat xavfini kuchaytiradi, GKS esa - glaukomani rivojlanish xavfini kuchaytiradi.
Jigar mikrosomal fermentlari induktorlari, gepatotoksik ta'sirga ega bo‘lgan vositalar bilan bir vaqtda qo‘llanganida paratsetamolning gepatotoksik ta'sirini kuchayishi, antikoagulyantlar bilan - protrombin vaqtini unchalik katta bo‘lmagan yoki o‘rtacha oshishi, diazepam bilan - diazepamni ekskretsiyasini kamayish, metoklopramid bilan - paratsetamolni va uni qon plazmasidagi kontsentratsiyasini oshish xavfi paydo bo‘ladi.
Kofein uyqu chaqiruvchi va narkoz uchun vositalarining samarasini pasaytiradi, nonarkotik analgetiklarning samarasini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq vaqt qo‘llanganida jigar, buyrak faoliyatini, qon yaratish tizimi holatini (preparatning tarkibida paratsetamol bo‘lganligi tufayli) kuzatish zarur.
Keksa yoshdagi shaxslarga ehtiyotkorlik bilan buyuriladi.
Davolash vaqtida arterial bosimni va EKG nazorat qilib boriladi.
Jigar mikrosomal rag‘batlantiruvchilari (fenitoin, etanol, barbituratlar, rifampitsin, fenilbutazon, tritsiklik antidepressantlar) paratsetamolning gidroksillangan faol metabolitlarini ishlab chiqarilishini oshiradi, bu unchalik katta bo‘lmagan dozani oshirib yuborilishlarida og‘ir intoksikatsiyani rivojlanish ehtimoli bilan bog‘liq.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qabul qilish vaqtida avtotransportni haydashdan va yuqori psixomotor reaktsiya tezligini va diqqatni jamlashni kontsentratsiyasini talab qiladigan potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarishdan saqlanish lozim.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari paratsetamolni haddan tashqari yuqori dozalarda qabul qilgan bemorlarda bemorning holati birinchi 3 kun davomida qoniqarli bo‘lishi mumkin va faqat undan keyin jigarning shikastlanish belgilari paydo bo‘lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
natijasida jigar hujayralarida rivojlanadigan o‘zgarishlar shikastlanish va metabolizmning oraliq toksik moddalarini to‘planishini chaqiradi.
Davolash me'dani yuvish, tuzli surgi vositalarini qo‘llash. Markaziy nerv tizimini shikastlanishida holatni nazorat qilish uchun o‘pkaning sun'iy ventilyatsiyasi (O‘SV) va kislorod bilan ta'minlash, shuningdek naloksonni yuborish kerak bo‘lishi mumkin, Atsetiltsistein yoki gepatoprotektor ta'sir namoyon qiladigan metionin paratsetamolning antidoti bo‘lib hisoblanadi.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan PVX va alyumin folgali kontur uyali o‘ramda, qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 250S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“Combitic Global Caplet Pvt. Ltd.”, Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.