Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rinazolin tomchilar 0,25mg/ml. 10ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Оксиметазолин
Страна производитель
Украина
Дозировка
0,25 мг/мл 10 мл
Производитель
ПАО «Фармак»
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капли назальные
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Rinazolin
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Oksimetazolin
Dori shakli
Nazal tomchilar
Tarkibi
1 ml eritma saqlaydi
faol modda 100% moddaga qayta hisoblaganda 0,25 mg yoki 0,5 mg oksimetazolin gidroxloridi;
yordamchi moddalar benzalkoniy xloridi, natriy xloridi, natriy digidrofosfat digidrati, natriy gidrofosfat dodekagidrati, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR a'zolari kasalliklarini davolash uchun vosita. (Burun bo‘shlig‘i kasalliklarida mahalliy qo‘llash uchun shishga qarshi va boshqa preparatlar. Simpatomimetiklar).
ATX kodi R01AA05.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Rinazolin mahalliy tomirlarni toraytiruvchi vositalar guruhiga kiradi. Oksimetazolin simpatomimetik va qon tomirlarni toraytiruvchi ta'sir ko‘rsatib, burun shilliq qavati shishini bartaraf etadi. Sepilgan joydagi tomirlarni toraytiradi, burun bo‘shlig‘i va yuqori nafas yo‘llarining shilliq qavati shishini kamaytiradi. Burun orqali nafas olishni tiklaydi. Burun shilliq qavati shishining bartaraf etilishi burunning yondosh bo‘shliqlari, o‘rta quloq bo‘shlig‘i aeratsiyasining tiklanishiga yordam beradi, bu bakterial asoratlar rivojlanishining oldini oladi.
Oksimetazolin viruslarga qarshi, yallig‘lanishga qarshi, immunomodullovchi va antioksidant ta'sir ko‘rsatadi. Aynan shu majmuaviy ta'sir mexanizmi tufayli, klinik tadqiqotlar o‘tkazish vaqtida o‘tkir rinitning simptomlarini (burun bitishi, rinoreya, aksirish, o‘zini yomon xis qilish) tezroq va samaraliroq bartaraf qilishi isbotlangan.
Farmakokinetikasi
Terapevtik kontsentratsiyalarda mahalliy nazal qo‘llanganda, burun bo‘shlig‘iga mahalliy qo‘llanganida, burun shilliq qavatini ta'sirlamaydi, giperemiyani chaqirmaydi. Yarim chiqarilish davri preparat qo‘llangandan so‘ng tahminan 35 soatni tashkil qiladi. Preparatning 2,1% buyraklar orqali, tahminan 1,1% - axlat bilan chiqariladi. Preparat ta'sirining davomiyligi – 12 soatgacha.
Qo‘llanilishi
Burun bitishi bilan kechuvchi o‘tkir respirator kasalliklar;
Allergik rinit;
Vazomator rinit;
Burun bo‘shlig‘ining yondosh bo‘shliqlari kasalliklarida, yevstaxiitda drenaj va burun orqali nafas olishini tiklash uchun.
Burun yo‘llarida diagnostik manipulyatsiyalarni o‘tkazishdan oldin shishni barataraf qilish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Bevosita qo‘llashdan oldin preparatli flakonni tana xaroratigacha isitish uchun uni kaftda ushlab turish kerak. Preparatni yuborishdan oldin burunni yaxshilab tozalash kerak. Qalpoqcha ochiladi, yechiladi va sekinlik bilan flakon korpusini bosgan holda, 1-2 tomchi eritma burunga tomiziladi.
Rinazolin 0,025%, 0,05% tomchilari burunga qo‘llash uchun buyuriladi.
Kattalar va 6 yoshdan katta bolalar.
Har bir burun yo‘liga Rinazolin 0,05% sutkada 2-3 mahal 1-2 tomchidan qo‘llanadi.
1 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Har bir burun yo‘liga Rinazolin 0,025% sutkada 2-3 mahal 1-2 tomchidan qo‘llanadi.
Rinazolin 0,025%, 0,05% 5-7 kundan ortiq qo‘llanishi mumkin emas. Preparatni faqat bir necha kundan keyin takroran qo‘llash mumkin.
Bolalar.
Rinazolin 0,025% ni 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas;
Rinazolin 0,05% - 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llanilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Nojo‘ya samaralar paydo bo‘lish tez-tezligi bo‘yicha quyidagi toifa bo‘yicha tasniflanadi juda tez-tez (≥10%), tez-tez (≥1% va <10%), tez-tez emas (≥ 0,1% va <1%), kam hollarda (≥ 0,01% va < 0,1 %), juda kam hollarda (< 0,01%).
Nerv tizimi tomonidan
Juda kam hollarda xavotirlik, uyqusizlik, yuqori toliqish (uyquchanlik, sedatsiya), bosh og‘rig‘i,gallyutsinatsiyalar (ayniqsa bolalarda).
Yurak qon-tomir tizimi tomonidan
Kam hollarda palpitatsiya, taxikardiya, arterial gipertenziya.
Juda kam hollarda aritmiyalar.
Nafas tizimi tomonidan
Tez-tez burunda noqulaylik hissi (masalan, achishish) yoki burun shilliq qavatining qurishi, aksirish.
Tez-tez emas Rinazolin®ni qo‘llash samarasi tugaganidan so‘ng burunning kuchli bitishi hissi, burundan qon ketishi kuzatilishi mumkin.
Juda kam hollarda Yangi tug‘ilgan chaqaloqlarda va go‘daklarda apnoe.
Suyak-mushak tizimi tomonidan.
Juda kam hollarda tirishishlar (ayniqsa bolalarda).
Immun tizimi tomonidan
Tez-tez emas gipersezuvchanlik reaktsiyalari (angionevrotik shish, toshma, qichishish) kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
Atrofik rinitda
Transfenodial gipofizektomiya yoki miya qobig‘ini ochish bilan bog‘liq boshqa jarrohlikaralashuvlardan so‘ng qo‘llanilmasin.
Monoaminoksidaza ingibitorlari qo‘llanganida va MAO ingibitorlari, shuningdek arterial bosimni oshishiga olib keluvchi boshqa preparatlar bilan davolash to‘xtatilganidan so‘ng ikki hafta davomida;
Ko‘z ichki bosimi yuqori bo‘lganida, ayniqsa yopiq burchakli glaukomada;
Yurak-qon tomir kasalliklarining og‘ir shakllarida (masalan, yurak ishemik kasalligi, arterial gipertenziya);
Feoxromatsitomada;
Metabolik buzilishlarda (masalan, gipertireoz, qandli diabet);
Prostata bezining giperplaziyasida;
Porfiriyada qo‘llash mumkin emas
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Arterial bosimni oshish xavfi tufayli, MAO ingibitorlari va arterial bosimni oshishiga olib keladigan boshqa preparatlar qo‘llanilmasin. Tomirlarni toraytiruvchi boshqa dori vositalarni birga buyurish nojo‘ya samaralarni rivojlanish xavfini oshiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparatni uzoq muddat qo‘llash va dozani oshirib yuborilishidan saqlanish kerak. Burun uchun shishga qarshi dori vositasini uzoq muddat qo‘llanishi, preparatning ta'sirini susayishiga olib kelishi mumkin. Bu dori vositasini haddan ortiq ko‘p qo‘llash burun shilliq qavati atrofiyasini va medikamentoz rinitli reaktiv giperemiyani chaqirishi mumkin. Tavsiya qilinganidan yuqori dozalarni faqat shifokor kuzatuvi ostida qo‘llash kerak.
Preparat tarkibida bitta dozada 10 mkg miqdorda benzalkoniy xlorid mavjudligi bronxospazmni chaqirishi mumkin.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi.
Homiladorlik va emizish davrida preparat aloxida ehtiyotkorlik bilan qo‘llanadi. Tavsiya qilingan dozasini oshirishga yo‘l qo‘yilmaydi.
Emizish
Oksimetazolin ko‘krak sutiga kirishi haqidagi ma'lumotlar noma'lum. Preparat emizish davrida foyda-xavf nisbati qat'iy baholangan holatdagi qo‘llanishi kerak. Emizish davrida tavsiya qilingan dozani oshirish mumkin emas, chunki dozani oshirib yuborish ayolda ko‘krak suti miqdorini kamaytirishi mumkin.
Avtotransportni boshqarish yoki boshqa mexanizmlar bilan ishlashda reaktsiya tezligiga ta'sir qilish xususiyati.
Preparat tavsiya qilingan dozalardan yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganidan so‘ng, yurak-qon tomir tizimiga umumiy ta'sirini inkor etish mumkin emas. Bunday hollarda transport vositalarini boshqarish xususiyati pasayishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Doza ahamiyatli darajada oshirib yuborilganida yoki bexosdan ichga qabul qilingandan so‘ng quyidagi simptomlar rivojlanishi mumkin; midriaz, ko‘ngil aynishi, qusish, sianoz, tana haroratini oshishi, spazmlar, taxikardiya, palpitatsiya, aritmiya, yurak qon-tomir yetishmovchiligi, yurak urishini to‘xtashi, ko‘p ter ajralishi, ajitatsiya, konvulsiyalar, arterial gipertenziya, o‘pka shishi, nafas buzilishlari, rangparlik, mioz, giposmiya, ruxiy buzilishlar.
Bundan tashqari, markaziy nerv tizimi faoliyatini uyquchanlik, tana haroratini pasayishi, bradikardiya, arterial gipotenziya, apnoe va koma rivojlanishi mumkin.
Doza oshirib yuborilganida terapevtik choralar me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish, o‘pka ventilyatsiyasi. Arterial bosim pasayganida fentolamin qo‘llanadi. Vazopressor vositalarni qo‘llash mumkin emas. Zarurat bo‘lganida tirishishga qarshi davolash ko‘rsatilgan.
Chiqarilish shakli
10 mldan polietilen flakonda. 1 flakondan tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Preparat o‘ramida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati o‘tgach, qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Farmak» AJ. Ukraina
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.