Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rinoksil sprey 0.1% 10ml
Nomi | Narx | |||||
Риноксил спрей 0,1 % 10мл (551023##2 254) |
UZS 30 500
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Риноксил спрей 0,1 % 10мл (551023##2 266) |
UZS 30 500
Stokda yetarli (17)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
Риноксил спрей 0,1 % 10мл (551023##2 274) |
UZS 30 500
Stokda yetarli (8)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ксилометазолин
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
0,1% 10 мл
Производитель
Nika Pharm,ДХО (упаков) Флумед-Фарм,ООО,КП, Молдова (произ),Узбекистан
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Спрей назальный
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Rinoksil
Ta'sir etuvchi modda (XPN) ksilometazolin gidroxloridi
Dori shakli
burun uchun sprey.
Tarkibi
100 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda ksilometazolin gidroxloridi – 0,10 g.
yordamchi moddalar evkalipt moyi, benzalkoniy xlorid eritmasi, natriy gidrofosfat dodekagidrati, natriya digidrofosfat digidrati, sorbitol (70% suv eritmasi), natriy xlorid, etil spirti, tozalangan suv.
Ta'rifi rangsiz yoki och sariq rangli suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
LOR-a'zolari kasalliklarini davolash uchun vositalar.
ATX kodi R01AA07
Farmakologik xususiyatlari
Ksilometazolin alfa-adrenomimetik ta'sir ko‘rsatadi, periferiq tomirlarni toraytiradi. Tomirlarni toraytiruvchi samarasi oqibatida burun shilliq qavatinining shishi va giperemiyasini kamaytiradi. Ajralib chiqadigan sekret miqdorini kamaytiradi, burun yo‘llarini o‘tkazuvchanligini tiklaydi, burundan nafas olishni yengillashtiradi. Tumovni va burunni bitishini samarali bartaraf qiladi. Ta'siri bir necha minutdan qeyin boshlanadi va bir necha soat davom etadi.
Evkalipt moyi bakteritsid, viruslarga qarshi va fungitsid ta'sirga ega.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganda ksilometazolin deyarli so‘rilmaydi, shuning uchun uning qon plazmasidagi kontsentratsiyasi juda kam (zamonaviy analitik usullar bilan aniqlanmaydi).
Qo‘llanilishi
O‘tkir allergik rinit, pollinoz, sinusit, o‘rta otit (burun-halqum shilliq qavatining shishini kamaytirish uchun); patsiyentni burun yo‘llaridagi tashxisiy muolajalarga tayyorlash.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kattalarga va 6 yoshdan oshgan bolalarga har bir burun yo‘liga bir marta sepiladi, zarurati bo‘lganida muolajani qaytarish mumkin.
Ksilometazolinni sutkada 4 martadan ko‘p qo‘llash mumkin emas.
Sepishda boshni orqaga tashlash tavsiya qilinmaydi.
Davolashning maksimal davomiyligi – 2 hafta.
Sepishni to‘g‘ri bajarish uchun sepgichni vertikal, uchlik yuqoriga yo‘naltirilgan holda ushlash kerak. So‘ngra tiniq himoyalovchi qopqoqchani yechish, uchlikni burun yo‘liga kiritish, tez keskin bir marta sepgichni bosish va sepgichni bo‘shatmasdan burundan chiqarib olish kerak. Sepish vaqtida burundan biroz havo olish lozim, bu ksilometazolinni optimal yuborishiga yordam beradi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Preparatni tez-tez yoki uzoq qo‘llanganida shilliq qavatni achishishi, ta'sirlanishi, burunda sanchilish yoki quruqlik, aqsirish, gipersekretsiya kuzatilishi mumkin.
Kam – burun shilliq qavatini shishi, yurak urishi, yurak ritmining buzilishi, arterial bosimni oshishi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, ko‘ngil aynishi, kusish, uyqusizlik, ko‘rishni buzilishi, taxikardiya, aritmiya.
Juda kam – teri toshmasi (ksilometazolinni qabul qilinishi bilan bog‘liq, hansirash, angionevrotik shish bilan namoyon bo‘luvchi tizimli allergik reaktsiyalar). Uzoq muddat yuqori dozalarda qo‘llanganida depressiya holati, burun shilliq qavatini atrofiyasi.
Qo‘llash mo‘mkin bo‘lmagan holatlar
Miya qobiqlaridagi jarroxlik aralashuvlari (anamnezdagi), surunkali tumov, arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, atrofik rinit, yopiq burchakli glaukoma, homiladorlik, laktatsiya, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar, ksilometazolinga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlik.
Ehtiyotqorlik bilan qandli diabetda, YuIQ (stenokardiya), gipertireoz, prostata bezining giperplaziyasi, MAO ingibitorlari, tritsiqlik antidepressantlar bilan davolash vaqtida va ularni qo‘llash tugagandan keyin 14 kunlik davrda.
Dorilar bilan o‘zaro ta'siri
Tritsiklik antidepressantlar, MAO ingibitorlari, maprotilin va adrenomimetiklarning nojo‘ya samaralarini kuchaytiradi. Adrenoblokatorlar va kaltsiy antagonistlari ksilometazolinning ta'sirini susaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ksilometazolinni arterial gipertoniyasi, yurak-qon tomir kasalliklari, gipertireozi bo‘lgan bemorlarga, hamda adrenergiq dori vositalariga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan patsiyentlarga buyurishda (uyquchanliq, bosh aylanishi bilan namoyon bo‘luvchi), ehtiyotqorlikka rioya qilish lozim.
Preparatni 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarda faqat qat'iy ko‘rsatmalar bo‘yicha, shifokorning doimiy nazorati ostida qo‘llash mumkin.
Preparatni uzoq qo‘llash uning ta'sirini susayishiga burun shilliq qavatining atrofiyasini va dorilardan bo‘lgan rinitli reaktiv gipermiyaning rivojlanishiga olib keladi.
Emizish vaqtida emizishni to‘xtatish tavsiya qilinadi.
Preparat uzoq vaqt tavsiya etilgan dozadan yuqori dozalarda qo‘llanganida, transport vositalarini yoki qurilmalarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatadi.
Preparatni bolalar ololmaydigan joyda saqlash va uni yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatish mumkin emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari nojo‘ya samaralari kuchayishi mumkin. Preparat tasodifan yutib yuborilganda (ko‘pincha bolalarda) aritmiya, taxikardiya, arterial bosimni oshishi, ongni chalkashishi kuzatilishi mumkin.
Davolash simptomatik, shifokorning kuzatuvi ostida.
Chiqarilish shakli
0,1% burun uchun sprey 10 ml dan to‘q shisha flakonda. Sepgich-uchlikka tiniq qopqoqcha o‘rnatiladi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25ºS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonallardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Flumed-Farm» MChJ, Moldova Respublikasi.
Qadoqlovchi
«NIKA PHARM» ShXJ
O‘zbekiston Respublikasi, Toshkent sh., Sayram 7-tor ko‘chasi, 48-A uy.
www.nikapharm.uz
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.