Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Rinomaks Akva 0,9% 10ml sprey
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Страна производитель
Узбекистан
Дозировка
0,9% 10 мл
Производитель
Nika Pharm (Узбекистан)
Форма выпуска
Спрей
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
RINOMAKS AKVA
Ta'sir etuvchi modda (XPN) Natriy xloridi
Dori shakli
Nazal sprey.
Tarqibi
1000 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda natriy xloridi – 6,5 g yoki 9.0 g;
yordamchi moddalar benzalkoniy xloridi (50%li eritma ko‘rinishida), natriy gidrofosfati dodekagidrati, natriy digidrofosfat digidrati, tozalangan suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz, xidsiz, suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
burun kasalliklarida maxalliy qo‘llash uchun turli preparatlar. Boshqa nazal preparatlar.
ATX kodi R01AX10.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Burun shilliq qavatini samarali namlaydi, quyuq shilliqni yumshatadi, quruq qatlamlarni yumshatadi va ularni oson olib tashlashga yordam beradi. Nazal sekretsiyasining buzilishida o‘rinbosar ta'sir ko‘rsatadi. Shilliq qavatni yumshatishi va namlantirish orqali burundan nafas olishni yengillashtiradi, burun bo‘shliklarini o‘tkazuvchanligini qayta tiklaydi.
RINOMAKS AKVA 0,65% preparat eritmasinig rN qiymati burun shillik qavatini tabiiy sekretsiyasi suyuqligining rNga mos keladi.
RINOMAKS AKVA 0,9% preparati eritmasi mikroblarga qarshi xususiyatga ega, bakteriyalarga zararli ta'sir ko‘rsatadi, yalig‘lanishni yengillashtiradi va shishishni kamaytirishga yordam beradi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganda so‘rilishi past.
Qo‘llanilishi
- burun bo‘shlig‘ini gigiyenik parvarish qilish uchun
- atrofik, infektsion, turli xil etiologiyali allergik rinit, sinusitlarda burun bo‘shlig‘ini shilliq va qatqaloqlardan tozalash uchun.
- maxalliy qon-tomirlarni toraytiruvchi preparatlarni qo‘shimcha vositalar sifatida qo‘llaganda, asosiy preparatga qaramlilikni kamaytirish uchun.
- xonaning mikroiqlimini (avtomobil va xonadonlarda konditsioner, markaziy radiatorlar va maxalliy isitish moslamalari) va avia uchishlar va shong‘ish paytida barometrik bosim o‘zgarishiga ta'sir qiladigan texnogen omillar ta'sirida yuzaga keluchi burun shilliq qavati quruqligida qo‘llash uchun.
- burun bo‘shlig‘i va sinus bo‘shlig‘iga tegishli yuz-jag‘ jarrohligi operatsiyalaridan so‘ng reabilitatsiya davrida qo‘llaniladi.
To‘g‘ri qo‘llash xaqida ma'lumot
Qo‘llash usuli va dozalari
RINOMAKS AKVA dan doimo shifokor tavsiyasiga amal qilgan xolda qo‘llang.
Agar Siz nimadadir ikkilansangiz,o‘z shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rang.
Intranazal qo‘llanilsin.
Flakonni elastik tanasiga tez bosish orqali burun bo‘shlig‘i ichiga sepiladi. Sepish paytida boshni egmaslik va flakonni o‘girmaslik kerak.
Kattalarga 0,65% yoki 0,9% nazal sprey- 2 sepishdan xar bir burun yuliga sutkada 3-4 marta buyuriladi. Sepilgandan 2-3 minut o‘tgandan so‘ng burun bo‘shlig‘ini tozalash zarur.
2 yoshdan katta bo‘lgan bolalarga 0,65% yoki 0,9% nazal sprey- sutkada 1 sepishdan xar bir burun yo‘liga, sutkada 3-4 marta buyuriladi. Sepilgandan keyin yumshatilgan qatlamlar yumshoq paxtali tamponlar yoki burun ro‘molchasi bilan tozalanadi.
Go‘daklar va 2 yoshdan kichik bo‘lgan bolalarga 0,65% nazal sprey - 1 sepishdan xar bir burun yo‘liga, sutkada 3-4 marta sepilgandan keyin burunni tozalash lozim. Xayotning birinchi yilidagi go‘daklar va bolalarda yumshatilgan qatlamlar paxtali tamponlar bilan tozalanadi; 1 yoshdan katta bo‘lgan bolalarda burun ro‘molchasi bilan tozalanadi.
Davolashning davomiyligi va tez-tezligi zaruriyatga qarab shifokor tavsiyasiga ko‘ra individual ravishda belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori preparatlari kabi RINOMAKS AKVA ham nojo‘ya reaktsiyalarga chaqirishi mumkin, biroq ular hammada ham yuzaga kelmaydi.
Xozirgi vaqtgacha aniqlanmagan. Allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Agar Siz quyida keltirilmagan nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilsa sezsangiz, bu haqda o‘z shifokoringizga, farmatsevtga yoki ishlab chiqaruvchiga xabar bering
Dori vositasini qo‘llashdan oldin kerak bo‘ladigan ma'lumot
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
0,9% nazal sprey uchun 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Siz boshqa dori preparatlarini qabul qilayotgan yoki biroz oldin qabul qilgan bo‘lsangiz, ular retseptsiz beriladigan bo‘lsa ham, iltimos, o‘zingizning shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Preparat organizmga tizimli ta'sir ko‘rsatmaydi. Boshqa dori preparatlar bilan o‘zaro ta'sirlar aniqlanmagan. RINOMAKS AKVA preparatini boshqa dori vositalari bilan majmuaviy davolash tarkibida qullash mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat ta'sirlanish xususiyatiga ega modda hisoblangan va lokal nojo‘ya samaralar chaqirishi mumkin bo‘lgan benzalkoniy xloridini saqlaydi. Ko‘zga tushishi hollarida ko‘zni suv bilan yaxshilab yuvish kerak.
Bir flakondan bir nechta shaxslar foydalanishi infektsiyaning tarqalishiga olib kelishi mumkin.
Preparat kompleks davolashda qo‘llanilganda, boshqa dori vositalari RINOMAKS AKVA burun bo‘shlig‘ini tozalashdan so‘ng purkashdan 10-15 minut o‘tgach intranazal ravishda yuboriladi.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida preparatni qo‘llash mumkin.
Bolalarda qo‘llanishi
0,65% eritma uchun- preparatda yoshga bo‘lgan cheklovlar yo‘q.
0,9% eritma uchun- 2 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Bolalar uchun tavsiya etilgan dozani oshirish mumkin emas.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Preparatni qo‘llash transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Dozani oshirib yuborilishi hollari haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
Nazal 0,65% yoki 0,9% sprey. 10, 15, 20 ml dan purkagichli dozalovchi moslamali flakonlarda. Flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton kutiga joylashtiriladi.
Saqlash sharoitlari
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin. Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.