Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Snup nazal sprey 0.05% 15ml
Snup nazal sprey 0.05% 15ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ксилометазолин
Страна производитель
Германия
Дозировка
0,05% 15 мл
Производитель
Stada Arzneimittel AG, Германия произведено: Ursafarm Arzneimittel GmbH
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Спрей назальный
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Dozalash tartibi
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Snup®
Xalqaro patentlanmagan nomi
ksilometazolin
Dori shakli
nazal spreyi
Tarkibi
1 ml nazal spreyi quyidagilarni saqlaydi faol ingrediyent - ksilometazolin gidroxloridi 0,5 mg yoki 1,0 mg va boshqa ingrediyentlar - dengiz suvi – 250,0 mg, kaliy digidrofosfati – 0,45 mg, tozalangan suv - 754,35 mg yoki 753,85 mg.
Nazariy umumiy massasi – 1005,3 mg.
Ta'rifi
Rangsiz, tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Antikongestant vosita.
ATX kodi R01AA07
Farmakologik hususiyatlari
Ksilometazolin alfa-adrenomimetik faollikka ega bo‘lgan mahalliy qon tomirlarni toraytiruvchi vositalar guruhiga kiradi, burunning shilliq qavatlaridagi qon tomirlarini toraytiradi, burun shilliq qavatining giperemiyasi va shishni bartaraf qilib, burun yo‘llarining o‘tkazuvchanligini tiklaydi, burun orqali nafas olishni yengillashtiradi.
Preparatning ta'siri qo‘llanganidan so‘ng bir necha minutdan keyin boshlanadi va bir necha soat davomida davom etadi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida preparat deyarli so‘rilmaydi, shuning uchun plazmada uning kontsentratsiyasi juda kam (zamonaviy analitik usullar bilan aniqlanmaydi).
Qo‘llanilishi
Rinitning ko‘rinishlari (tumov) bilan o‘tkir respirator kasalliklar, o‘tkir allergik rinit, pollinoz, sinusit, yevstaxiit, o‘rta otiti (burun xalqumning shilliq qavatini shishini kamaytirish uchun majmuaviy davolash tarkibida), burun yo‘llarida rinoskopiya va diagnostik muolajalarni o‘tkazishni yengillashtirish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, arterial gipertenziya, taxikardiya, yaqqol ateroskleroz, glaukoma, atrofik rinit, tireotoksikoz, bosh miya pardalaridagi (jarrohlik aralashuvlari (anamnezdagi), homiladorlik, 6 yoshgacha bo‘lgan bolalar (0,1% eritma uchun), 2 yoshgacha bo‘lgan bolalar (0,05% eritma uchun) qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Qandli diabet, og‘ir yurak-qon tomir kasaliklari (shu jumladan yurak ishemik kasalligi), prostata bezining giperplaziyasi, foyexromotsitoma, porfiriya, gipertireoz, emizish davri, arterial bosimni oshiruvchi monoaminooksidaza ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlari va boshqa dori preparatlar bilan bir vaqtda qabul qilish; uyqusizlik, bosh aylanishi, aritmiya, tremor, arterial bosimni oshishi bilan kechuvchi adrenergik preparatlarga yuqori sezuvchanlik.
Qo‘llash usuli va dozalari
Snup® nazal sprey 0,05%
2 yoshdan 6 yoshgacha bo‘lgan bolalarga har bir burun yo‘liga 1 purkashdan (zarurati bo‘lganida takrorlash mumkin), kuniga 3 martagacha buyuriladi.
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga har bir burun yo‘liga 2 purkashdan, kuniga uch martagacha buyuriladi.
Snup® nazal sprey 0,1%
Kattalar va 6 yoshdan oshgan bolalarga xar bir burun yo‘liga 2 purkashdan (zarurati bo‘lganda), kuniga uch martagacha buyuriladi.
Snup® nazal sprey 0,1% 6 yoshgacha bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Preparatni kuniga 3 martadan ko‘p qo‘llash mumkin emas, kursning davomiyligi ko‘pi bilan 7 kun tashkil qiladi.
Qo‘llashdan oldin burun yo‘llarini tozalash kerak.
1-rasm.
Himoya qiluvchi qopqoqchani yeching. Birinchi marta purgagichni qo‘llashdan oldin purgagichliuchlikni halqasini bir necha marta bir hil bulutcha “tuman” paydo bo‘lishigacha bosish kerak (1-rasm). Preparat bilan flakon bundan keyin qo‘llash uchun tayyor.
2-rasm.
Qo‘llash uchun uchlikni burun bo‘shlig‘iga qiritib va bir marta (2-rasm) halqani bosing. Flakonni vertikal ushlash kerak. Gorizontal va pasqa purkash mumkin emas. Bevosita purkashdan keyin burun bilan yengil nafas olish kerak. Qo‘llashdan keyin flakonni himoya qiluvchi qopqoqcha bilan yoping.
Har bir flakon individual ravishda ishlatilishi kerak.
Nojo‘ya ta'siri
Tez-tez va/yoki uzoq vaqt qo‘llanganida – ta'sirlanish va/yoki burun halqumining shilliq qavatini qurishi, achishish, paresteziyalar, aksirish, gipersekretsiya.
Kam hollarda – burun bo‘shlig‘ining shilliq qavatini shishi, yurakni urishi, taxikardiya, aritmiyalar, arterial bosimni oshishi, bosh og‘rig‘i, qusish, ko‘rishni buzilishi, depressiya (yuqori dozalarda uzoq muddat qo‘llanganida).
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari nojo‘ya samaralarni kuchayishi.
Davolash simptomatik, shifokor nazorati ostida.
Boshqa dori vositalar bilan o‘zaro ta'siri
MAO ingibitorlari va tritsiklik antidepressantlar bilan nomutanosib.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq vaqt davomida qo‘llash mumkin emas, masalan surunkali rinitda.
Preparatni tarkibiga qiruvchi dengiz suvi shilliq qavatini bokal simon xujayralarda shilliq ishlab chiqarilishi mi'yorlashtirish va kiprichkali epiteliyni faoliyatini yaxshilash hisobiga burun bo‘shlig‘ini shilliq qavatini normal fiziologik holatini ushlab turushiga yordam beradi.
Transport vositalarni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Dozalash tartibi
ga rioya qilinsa ksilometazolin diqqatni jamlash va psixomotor reaktsiyalar tezligiga ta'sir qilmaydi.
Chiqarilish shakli
Nazal sprey 0,05% va 0,1%.
15 ml nazal sprey (150 doza) sepuvchi klapanli polietilen flakonda.
1 flakon preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutida.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Flakonning ichidagisi steril, konservantlarsiz.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach ishlatilmasin.
Agar dori vositani yaroqliq muddati o‘tgach, uning oqar suvlarga yoki ko‘chaga tashlamang!
Dori vositani chiqindilar konteyneriga qo‘ying. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
Saqlash sharoiti
25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Flakon ochilganidan keyin preparat 12 oy davomida ishlatilishi kerak.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
“STADA Artsnaymittel AG”, Germaniya
Ishlab chiqarilgan
Ursafarm Artsnaymittel GmbX, Germaniya
Stadashtrasse 2-18
D-61118 Bad Filbel, Germaniya
tel+49-6101-603-0
faks+49-6101-603-259
Internet http//www.stada.de
yoki
«STADA Artsnaymittel AG», Germaniya
Ishlab chiqarilgan
Famar Xelf Keyr Servisez Madrid S.A.U., Ispaniya
pr. Leganes, 62, g. Alkorkon, 28923 (provintsiya Madrid), Ispaniya
Qayd qilish guvohnomasini olgan tashkilotning nomi va yuridik shaxsning manzili
«STADA Artsnaymittel AG», Germaniya
Stadashtrasse 2-18, D-61118 Bad Filbel, Germaniya
Tel+49-6101-603-0
faks+49-6101-603-259
Iste'molchilarning e'tirozlari qabul qiluvchi tashkilot
“Nijfarm” AJ, Rossiya
603950, Nijniy Novgorod sh.
GSP-459, Salganskaya ko‘ch., 7
tel (831) 278-80-88
faks (831) 430-72-28
e-mail med@stada.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.