Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Xondroksid tabletkalar 250mg №60 Nijfarm
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Хондроитин сульфат
Страна производитель
Россия
Дозировка
250 мг
Производитель
Нижфарм
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Xondroksid
Xalqaro patentlanmagan Nomi xondroitin sulfati
Dori shakli
Tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka saqlaydi
ta'sir etuvchi modda xondroitin sulfat natriy – 250,0 mg.
yordamchi moddalar kaltsiy stearati - 4,8 mg, krospovidon – 12,39 mg, povidon K-30 – 9,312 mg, mikrokristall sellyuloza – 96,0 mg, magniy gidroksikarbonati pentagidrati –107,498 mg.
Ta'rifi oqdan sarg‘ish yoki och sarg‘ish tusli oq rangligacha bo‘lgan, riskali va faskali tabletkalar, kiritmalar bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
to‘qimalar reparatsiyasining tabiiy stimulyatori.
ATX kodi [M01AX25]
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Tog‘ay to‘qimasini shakllanishini rag‘batlantiruvchi, regeneratsiya qiluvchi va yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi.
Xondroksid tog‘ay va suyak to‘qimasining asosiy moddasini hosil qilishda ishtirok etadi gialin va tolasimon tog‘aylardagi almashinuv jarayonlariga ta'sir ko‘rsatadi. Preparat tog‘ay to‘qimasining parchalanish jarayonlarini tormozlaydi va bo‘g‘im tog‘ayida tiklanish jarayonlarini rag‘batlantiradi.
Xondoksid proteoglikanlarning biosintezini rag‘batlantiradi, bo‘g‘im xaltachasining va bo‘g‘imlarning tog‘ayli yuzalarining regeneratsiyasiga yordam beradi, yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatadi. Suyak to‘qimasining rezorbtsiyasini sekinlashtiradi va kaltsiyni yo‘qotilishini kuchaytiradi, suyak to‘qimasining tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi.
Xondroksid osteoartroz va osteoxondrozning rivojlanib borishini sekinlashtiradi. Xondroksid preparati qo‘llanganida shikastlangan bo‘g‘imlarda og‘riqlar kamayadi va harakat yaxshilanadi, bunda terapevtik samara davolash kursi tugatilganidan keyin ham uzoq vaqt saqlanadi.
Geparin bilan struktur o‘xshashlikka ega bo‘lib, sinovial va subxondral mikrotsirkulyator havzada fibrinli tromblarni hosil bo‘lishiga to‘sqinlik qilishi mumkin.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Ichga bir marta o‘rtacha terapevtik doza qabul qilinganida plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga 3-4 soat o‘tgach, sinovial suyuqligida 4-5 soat o‘tgach erishiladi. Preparatning biokiraolishligi 13% ni tashkil qiladi.
Taqsimlanishi
Asosan tog‘ay to‘qimasida yig‘iladi (bo‘g‘im tog‘ayida maksimal kontsentratsiyasiga 48 soatdan so‘ng erishiladi); sinovial xaltachasi bo‘g‘im ichiga kirishi uchun to‘sqinlik qilaolmaydi.
Chiqarilishi
Buyraklar orqali 24 soat davomida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklari osteoartroz va umurtqa pog‘onasining osteoxondrozini davolash va oldini olishda qo‘llanadi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga o‘ta yuqori sezuvchanlik, bolalar (bolalarda qo‘llashning samaradorligi va xavfsizligi aniqlanmagan), homiladorlik, emizish davrida qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Qon ketishlari yoki qon ketishiga moyillik.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga, 0,5 g dan (2 tabletka) sutkada 2 marta.
Tabletkalar suv bilan birga qabul qilinadi.
Tavsiya etiladigan boshlang‘ich davolash kursi 6 oyni tashkil qiladi.
Preparatning terapevtik samarasi qo‘llash to‘xtatilganidan keyin ham kasallikning joylashishi va bosqichiga qarab 3-5 oy davom etadi. Zarurati bo‘lganida takroriy davolash kurslarini o‘tkazish mumkin, kurslarning davomiyligi shaxsiy belgilanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Tez-tezligini baholash kam hollarda - >= 0,01% dan <0,1% gacha.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar kam hollarda – allergik reaktsiyalar.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qusish, diareya, haddan ziyod yuqori dozalarda (sutkada 3 g dan ko‘proq) uzoq muddat qabul qilinganida gemorragik toshmalar bo‘lishi mumkin.
Davolash simptomatik davolashni o‘tkazish.
Boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri
Bilvosita antikoagulyantlar, antiagregantlar, fibrinolitiklarning ta'siri kuchayishi mumkin.
Maxsus ko‘rsatmalar
Preparat bilvosita antikoagulyantlar, antiagregantlar, fibrinolitiklar bilan birga qo‘llanganida qon ivishining ko‘rsatkichlarini ko‘proq nazorat qilish talab qilinadi.
Avtomobilni va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Avtomobilni va boshqa mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sir qilmaydi.
.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 250 mg dan. 10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. 3, 5, 6, 9 yoki 10 kontur uyali o‘ram preparatni tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Yaroqlilik muddati
tugagandan keyin ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
/ Qayd etish guvohnomasi berilgan yuridik shaxsning nomi va manzili/E'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot
«NIJFARM» OAJ, Rossiya
Nijniy Novgorod sh., Salganskaya ko‘ch., 7
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.