Parodontoz: bu nima va uni qanday davolash mumkin?
Parodontozda qo’llaniladigan dori vositalari milklarning yallig‘lanishsiz tizimli kasalliklarini davolash uchun eng samarali vositalardan biridir.
Bu kasallik tishlarning suyak to‘qimasi bilan bog‘lanishi buzilishi bilan ifodalanadi. Bunday patologiyaning kelib chiqish sabablari juda ko‘p: noto‘g‘ri gigiyena, yurak-qon tomir yoki endokrin tizimi kasalliklari va boshqalar. Kasallik milk va og‘iz bo‘shlig‘ida qon aylanishining yetishmasligida namoyon bo‘ladi, bu esa tishlarning siljib qolishiga olib keladi. Parodontozni o‘z vaqtida davolashni boshlash muhim, aks holda tishlarning tushishi xavfi mavjud.
Ko‘pchilik kasallikni jiddiy deb hisoblamaydi va xalq tabobati bilan davolanishda davom etadi, zero u kasallikning faqat dastlabki bosqichlarida samarali bo‘lishi mumkin. Parodontozni dorilar bilan davolash mutaxassis nazorati ostida amalga oshirilishi kerak. Milk parodontoziga qarshi hamma preparatlar ham xavfsiz va samarador bo‘lavermaydi. Milklar parodontoziga qarshi eng samarali dori vositasini tanlashni shifokorga ishonib topshirish kerak. Stomatolog ko‘rik natijalariga, patologiyaning asosiy sababiga, bemorning individual xususiyatlariga va boshqa bir qator omillarga asoslanib, parodontozni davolash uchun eng yaxshi vositani tayinlaydi.
Parodontozga qarshi qanday tibbiy dori vositalari qo’llaniladi?
Kasallikni dori-darmonlar bilan davolash quyidagi preparatlar bilan amalga oshiriladi:
- og‘izni chayish uchun eritmalar;
- milklarda qon aylanishini yaxshilash uchun mazlar va gellar;
- parodontit va parodontozga qarshi tabletkalar;
- vitaminlar.
Kasallikni davolash kompleks o‘tkazilishi kerak. Dori-darmonlardan foydalanish bilan bir qatorda og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasiga rioya qilish, milklarni uqalab turish kerak.
Toshkentda parodontoz va parodontitga qarshi samarali dori-darmonlarni xarid qilish
"PharmaClick.uz" saytida parodontitni davolash uchun zamonaviy dori vositalari va tish parodontoziga qarshi preparatlarni unumli narxlarda xarid qilishingiz mumkin. Bizda tish parodontoziga qarshi tabletkalar va parodontitga qarshi preparatlarning keng tanlovi taqdim etilgan. Sayt bo‘ylab navigatsiya qidiruvidan foydalanib, kerakli mahsulotni topishingiz mumkin. Agar buyurtmani darhol ololmasangiz, uni o‘zingiz uchun qulay vaqtda olish uchun bandlang. Biz Toshkentda yoki O‘zbekistonning istalgan boshqa shahridagi hamkor dorixonalarga yetkazib berishni amalga oshiramiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.