Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Adenurik tab. 120mg №28
Nomi | Narx | |||||
Аденурик таб. 120мг №28 (39019##2 067) |
UZS 385 200
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Фебуксостат
Страна производитель
Германия
Дозировка
120 мг
Производитель
Menarini International Operations Luxemburg S.A., Люксембург произведено: Menarini-Von Heyden GmbH
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
Adenurik plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 80 mg
Adenurik plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar 120 mg
Febuksostat
Ushbu dori preparatni qo‘llashni boshlashdan oldin ushbu ilova-varaqani diqqat bilan oxirigacha o‘qib chiqing, chunki u Siz uchun muhim ma'lumot saqlaydi.
-Ushbu ilova-varaqani saqlab qo‘ying. Ehtimol, Siz uni yana o‘qib chiqishingiz kerak bo‘lishi mumkin.
-Agar sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki dorixona xodimiga murojaat qiling.
-Bu dori preparati shaxsan Sizga buyurilgan. Uni boshqa shaxslarga berib yubormang. Agar ularning simptomlari Siznikiga o‘xshash bo‘lsa ham, bu ularga zarar yetkazishi mumkin.
-Agar Sizda nojo‘ya ta'sirlardan birontasi paydo bo‘lsa, iltimos, bu haqida o‘z shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering. Bu ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya ta'sirlarga taalluqli (4-bo‘limga qarang).
Ushbu ilova-varaqada quyidagi ma'lumotlar saqlanadi
1.Adenurik nima va u nima uchun mo‘ljallangan
2.Adenurik ni qabul qilishni boshlashdan oldin nimalarni bilish kerak
3.Adenurik ni qanday qabul qilish kerak
4.Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar
5.Adenurik ni qanday saqlash kerak
6.O‘ramning ichidagisi va qo‘shimcha ma'lumot
1.ADENURIK nima va u nima uchun mo‘ljallangan
Adenurik tabletkalar preparatining ta'sir etuvchi moddasi fubuksostat hisoblanadi va u podagra – organizmda siydik kislotasi (uratlar) ni ortiqcha to‘planishi bilan bog‘liq kasallikni davolash uchun qo‘llanadi. Ba'zi odamlar qonida siydik kislotasi haddan tashqari ko‘p miqdorda bo‘ladi, shu sababli u erimaydigan bo‘lib qoladi. Buning natijasida bo‘g‘imlar va buyraklarda to‘planadigan uratlarning kristallari hosil bo‘lishi mumkin. Ushbu jarayon to‘satdan bo‘g‘imda kuchli og‘riq, qizarish, shish va bo‘g‘im haroratini oshishi (podagra huruji) bilan kechishi mumkin. Davolash o‘tkazilmaganida ayrim kristallar bo‘g‘imda va ularning atrofida ko‘p miqdorda to‘planadi (tofuslar paydo bo‘ladi). Bu tofuslar bo‘g‘im va suyakni parchalashi mumkin.
Adenurik preparatining samarasi siydik kislotasining darajasini kamaytirishga asoslangan. Adenurik ni qabul qilish fonida siydik kislotasining kontsentratsiyasi past darajada qoladi, bu kristallarni hosil bo‘lishini oldini oladi va vaqt o‘tgan sari kasallik simptomlarining og‘irlik darajasini kamayishiga yordam beradi. Agar siydik kislotasining kontsentratsiyasi uzoq vaqt davomida past darajada qolsa, tofuslarning o‘lchami ham kamayishi mumkin.
Adenurik 120 mg tabletkalari, shuningdek qonning xavfli o‘sma kasalliklari yuzasidan o‘tkazilayotgan kimyoterapiyaning boshida yuz berishi mumkin bo‘lgan qonda siydik kislotasining yuqori kontsentratsiyalarida davolash va profilaktika uchun xam qo‘llaniladi.
Kimyoterapiyani o‘tkazishda o‘sma xujayralarini parchalanishi yuz beradi, va agar siydik kislotasini hosil bo‘lishini profilaktikasi o‘tkazilmagan bo‘lsa, qonda siydik kislotasining kontsentratsiyasini oshishini chaqiradi.
Adenurik preparati kattalar uchun mo‘ljallangan.

Adenurik ni quyidagilarda qabul qilish mumkin emas
• Febuksostatga yoki preparatning boshqa komponentlariga (6-bo‘limda sanab o‘tilgan) allergiya bo‘lganida.
Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari
Adenurik ni qabul qilishni boshlashdan oldin, shifokorga xabar bering, agar
• Agar Siz yurak yetishmovchiligi yoki yurakning boshqa kasalliklaridan aziyat cheksangiz (xastalangan bo‘lsangiz).
• Agar Sizda buyrak kasalligi bo‘lsa (yoki bo‘lgan bo‘lsa) va/yoki Sizda allopurinolga (podagrani davolash uchun dori vositasi) og‘ir allergik reaktsiya bo‘lgan bo‘lsa.
• Agar Sizda jigar kasalligi bo‘lsa (yoki bo‘lgan bo‘lsa) yoki Sizda jigar ko‘rsatkichlarini siljishi o‘rin tutsa.
• Agar Siz Lesh-Nixan sindromi (qonda siydik kislotasining yuqori darajasi xarakterli bo‘lgan kam uchraydigan nasliy kasallik) sababli siydik kislotasining darajasini oshishi yuzasidan davolangan bo‘lsangiz.
• Agar Siz qalqonsimon bezi kasalliklari bilan xastalangan bo‘lsangiz.
Adenurik ga og‘ir allergik reaktsiyalar paydo bo‘lgan hollarda preparatni qabul qilishni to‘xtating (shuningdek, 4-bo‘limga qarang). Allergik reaktsiyalarning bo‘lishi mumkin bo‘lgan simptomlari quyidagilar
-toshma, shu jumladan og‘ir shakllari (pufaklar, tugunlar, qichishuvchi va eksfoliativ toshma kabi), terini qichishishi,
-qo‘l-oyoqni yoki yuzni shishi,
-nafas olishni qiyinlashishi,
-isitma va limfa tugunlarini kattalashishi,
-shuningdek, yurak va qon aylanishini to‘xtashi bilan kechuvchi hayotga xavf soluvchi og‘ir allergik holatlar.
Davolovchi shifokor Adenurik preparati bilan davolashni muddatsiz bekor qilish haqida qaror qabul qilishi mumkin.
Adenurik preparatini qabul qilgandan keyin hayot uchun potentsial xavfli (Stivens-Djonson sindromi) teri toshmasi paydo bo‘lganligi haqida kamdan-kam xabarlar berilgan, bunda tanada dastlab qizg‘ish nishonsimon dog‘lar yoki ko‘pincha markazida pufakli sirkulyar o‘choqlar paydo bo‘ladi. Shuningdek bunda og‘iz bo‘shlig‘ida, halqumda, burunda, jinsiy a'zolarda yaralar va kon'yunktivit (ko‘zlarni qizarishi va shishi) ham rivojlanishi mumkin. Toshmani avj olishi pufaklarni tarqalishi yoki terini ko‘chishi bilan kechishi mumkin.
Febuksostatni qabul qilinganidan keyin Stivens-Djonson sindromi rivojlangan hollarda Adenurik ni qabul qilishni qayta boshlash mumkin emas. Toshma yoki yuqorida sanab o‘tilgan teri simptomlari rivojlangan hollarda darhol shifokorga murojaat etish va unga Siz ushbu preparatni qabul qilayotganligingiz haqida xabar berishingiz kerak.
Agar hozirda Sizda podagrani zo‘rayishi (bo‘g‘imlarda to‘satdan kuchli og‘riq, qizarish, og‘riq, shish va haroratini oshishi) kuzatilayotgan bo‘lsa, Adenurik preparati bilan davolashni boshlashdan oldin uni so‘nishini kutish kerak.
Ayrim hollarda podagrani zo‘rayishi siydik kislotasining darajasini kamaytiruvchi preparatlar bilan davolashni boshida kuzatilishi mumkin. Bunday zo‘rayish barcha patsiyentlarda ham kuzatilavermaydi, lekin Adenurik preparati bilan davolashning birinchi haftasi yoki oyida Sizda podagra huruji paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hurujlar paydo bo‘lganida davolashni to‘xtatmaslik muhim, chunki ushbu holatda ham Adenurik siydik kislotasining kontsentratsiyasini kamaytirishga yordam beradi. Agar Siz shifokor ko‘rsatmasi bo‘yicha har kuni Adenurik® ni qabul qilayotgan bo‘lsangiz, vaqt o‘tishi bilan podagra hurujlari kamayadi va kamroq og‘riqli bo‘ladi.
Zarurati bo‘lganida davolovchi shifokoringiz podagra simptomlarini (bo‘g‘imlardagi og‘riq va shish) oldini oluvchi yoki yengillashtiruvchi preparatlarni buyurishi mumkin.
Uratlar darajasi juda yuqori bo‘lgan patsiyentlarda (masalan, xavfli o‘sma kasalliklari yuzasidan kimyoterapiya qabul qilayotganlarda) siydik kislotasining darajasini pasaytiruvchi preparatlar bilan davolash, garchi bu o‘smani parchalanishi sindromi tufayli Adenurik® ni qabul qilgan barcha patsiyentlarda kuzatilmasada, toshlarni hosil bo‘lish ehtimoli bilan siydik chiqarish yo‘llarida ksantinlarni to‘planishiga olib kelishi mumkin.
Davolovchi shifokoringiz jigar faoliyatini baholash uchun qon tahlilini o‘tkazishni buyurishi mumkin.
Bolalar va o‘smirlar
18 yoshdan kichik bolalarda preparatning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmaganligi sababli, ushbu guruh patsiyentlariga preparatni qabul qilish mumkin emas.
Boshqa dori vositalari bilan bir vaqtda qabul qilish
Agar Siz biron-bir boshqa dori vositalari, shu jumladan shifokor retseptisiz beriladigan preparatlarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqida davolovchi shifokorga yoki dorixona hodimiga xabar bering.
Ayniqsa Adenurik preparati bilan o‘zaro ta'sirlashishi mumkin bo‘lgan quyida keltirilgan moddalarni saqlovchi preparatlar haqida xabar berish muhim. Bunday hollarda shifokor zarur choralarni ko‘rishi mumkin
• Merkaptopurin (xavfli o‘smalarni davolash uchun qo‘llanadi).
• Azatioprin (immun javobni kamaytirish uchun qo‘llanadi).
• Teofillin (bronxial astmani davolash uchun qo‘llanadi).
Homiladorlik va emizish
Adenurik preparati bilan davolanganda homilaga noxush ta'sirining xavfi aniqlanmagan. Homiladorlik vaqtida Adenurik ni qabul qilish tavsiya etilmaydi. Shuningdek, Adenurik ko‘krak sutiga o‘tishi ham noma'lum. Preparatni emizish vatida va unga tayyorgarlik vaqtida qabul qilish mumkin emas.
Agar Siz homilador bo‘lsangiz yoki emizsangiz yoki homiladorman deb o‘ylasngiz yoki homilador bo‘lishni rejalashtirayotgan bo‘lsangiz, ushbu preparatni qabul qilishdan oldin davolovchi shifokor yoki dorixona hodimi bilan maslahatlashing.
Transport vositalarini boshqarish va mexanizmlarga xizmat ko‘rsatish qobiliyatiga ta'siri
Davolash vaqtida bosh aylanishi, uyquchanlik, ko‘rishni xiralashishi, uvishish va sanchish hissi paydo bo‘lishini yodda saqlash kerak, ular rivojlanganda transport vositalarini boshqarish va mexanizmlar bilan ishlashdan saqlanish tavsiya etiladi.
Adenurik laktoza saqlaydi
Adenurik tabletkalari laktoza (qandning bir turi) saqlaydi. Agar Sizda biron-bir qandni o‘zlashtiraolmaslik aniqlangan bo‘lsa, ushbu preparatni qo‘llashdan oldin davolovchi shifokor bilan maslahatlashing.
3.Adenurik ni qanday qabul qilish kerak
Adenurik ni har doim davolovchi shifokor tavsiyasiga muvofiq qabul qiling. Savollar paydo bo‘lganida shifokor yoki dorixona hodimi bilan maslahatlashing.
• Preparatning standart dozasi sutkada 1 marta 1 tabletkani tashkil etadi. Siz preparatni qabul qilishning muntazamligini nazorat qilishingiz uchun blister o‘ramning orqa tomonida haftaning kunlari belgilangan.
• Adenurik ovqatdan oldin, ovqatlanish vaqtida yoki ovqatdan keyin ichga qabul qilinadi.
Podagra
Adenurik 80 mg yoki 120 mg li tabletkalar shaklida chiqariladi. Davolovchi shifokor preparatni Sizga to‘g‘ri keladigan dozada buyuradi.
Adenurikni har kuni, hatto podagraning huruji yo‘qligida ham qabul qilish muhimdir.
Xavfli o‘sma kasalligi yuzasidan kimyoterapiya qabul qilayotgan patsiyentlarda siydik kislotasining yuqori darajasini oldini olish va davolash
Adenurik 120 mg li tabletkalar shaklida chiqariladi.
Adenurik ni qabul qilishni kimyoterapiya boshlanishidan ikki sutka oldin boshlash va davolovchi shifokorning ko‘rsatmasiga muvofiq davom ettirish kerak. Odatda davolash qisqa muddatlidir.
Agar Siz Adenurik ning tavsiya etilgan dozasini oshirib yuborgan bo‘lsangiz
Agar Siz bexosdan preparatning yuqori dozasini qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol davolovchi shifokorga xabar berish yoki yaqindagi shoshilinch yordam bo‘lmiga murojaat etish kerak.
Agar Siz Adenurik ni qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz Adenurik ni vaqtida qabul qilishni unutgan bo‘lsangiz, keyingi dozani yodingizga tushishi bilanoq qabul qiling. Agar Siz buni preparatni keyingi qabul qilishdan biroz oldin eslagan bo‘lsangiz, unutilgan dozani o‘tkazib yuboring va keyingi dozani odatdagi vaqtda qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang.
Agar Siz Adenurik ni qabul qilishni to‘xtatgan bo‘lsangiz
Shifokor maslahatisiz, hatto Siz o‘zingizni sezilarli darajada yaxshi his qilayotgan bo‘lsangiz ham Adenurik ni qabul qilishni to‘xtatmang. Davolashni to‘xtatish siydik kislotasining kontsentratsiyasini oshishi va bo‘g‘imlar va ularning atrofida, buyrakda yangi urat kristallarini paydo bo‘lishi hisobiga, kasallik simptomlarini chuqurlashishi bilan kechishi mumkin.
Agar ushbu preparat yuzasidan Sizda qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokorga yoki dorixona hodimiga murojaat eting.

Barcha dori preparatlari kabi, ushbu preparat ham, garchi ular hamma patsiyentlarda namoyon bo‘lmasada, nojo‘ya ta'sirlarga ega bo‘lishi mumkin.
Quyidagi kam uchraydigan nojo‘ya ta'sirlar (1000 patsiyentdan 1 nafaridan kamrog‘ida aniqlanadi) paydo bo‘lganida ushbu preparatni qabul qilishni to‘xtatish va darhol davolovchi shifokorga yoki yaqindagi shoshilinch yordam bo‘limiga murojaat etish kerak, chunki og‘ir allergik reaktsiyalar rivojlanishi mumkin
• Anafilaktik reaktsiyalar, preparatga o‘ta yuqori sezuvchanlik (shuningdek, 2-bo‘lim “Ogohlantirishlar va ehtiyotkorlik choralari” ga qarang)
• Pufaklarni paydo bo‘lishi va terini va tana bo‘shliqlarining ichki yuzalarini ko‘chishi, masalan, og‘iz bo‘shlig‘i va jinsiy a'zolarning, isitma, tomoqda og‘riq va holsizlik bilan (Stivens-Djonson sindromi/toksikodermal nekroliz) yoki limfa tugunlarini kattalashishi, jigarni kattalashishi, gepatit (jigar yetishmovchiligiga qadar), qon leykotsitlari sonini oshishi (eozinofiliya va tizimli simptomlar bilan kechuvchi dori reaktsiyasi - DRESS) bilan kechuvchi og‘iz bo‘shlig‘i va/yoki jinsiy a'zolarning og‘riqli yaralarini paydo bo‘lishi bilan xarakterlanuvchi hayot uchun potentsial xavfli teri toshmasi (2-bo‘limga qarang).
• Tarqalgan teri toshmasi
Tez-tez uchraydigan nojo‘ya ta'sirlari (10 patsiyentdan 1 nafaridan kamrog‘ida paydo bo‘lishi mumkin)
• jigar ko‘rsatkichlarini siljishi
• diareya
• bosh og‘rig‘i
• toshma (shu jumladan, toshmalarning turli turi, quyida “ba'zida” va “kam” bo‘limlariga qarang)
• ko‘ngil aynishi
• podagra simptomlarini og‘irlashishi
• to‘qimalarda suyuqlikni tutib qolinishi bilan bog‘liq mahalliy shishlar (shish)
Yuqorida ko‘rsatilmagan boshqa nojo‘ya ta'sirlar quyida keltirilgan.
Ba'zida uchraydigan nojo‘ya ta'sirlari (100 patsiyentdan 1 nafaridan kamrog‘ida paydo bo‘lishi mumkin)
• ishtahani pasayishi, kuchli chanqoqlik, qonda yog‘lar darajasini oshishi, tana vaznini oshishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin bo‘lgan qonda qand darajasini o‘zgarishi (qandli diabet);
• jinsiy moyillikni yo‘qolishi;
• uyquni buzilishi, uyquchanlik;
• bosh aylanishi, uvishish yoki sanchish hissi, uyquchanlik, sezuvchanlikni pasayishi yoki o‘zgarishi (gipesteziya, gemiparez yoki paresteziya), ta'm bilishni pasayishi yoki o‘zgarishi (giposmiya);
• elektrokardiogrammada o‘zgarishlar, aritmiya, yurak urib ketishini his qilish;
• qizib ketish hissi (masalan, yuz yoki bo‘yinni qizarishi), arterial bosimni oshishi, qon ketishi (qon kasalliklari tufayli kimyoterapiya olayotgan bemorlardagina kuzatiluvchi qon quyilishlari);
• yo‘tal, hansirash, ko‘krak qafasida og‘riq yoki diskomfort, burun yo‘llari va/yoki halqumni yallig‘lanishi (yuqori nafas yo‘llari infektsiyalari), bronxit;
• og‘izni qurishi, qorinda og‘riq/diskomfort yoki meteorizm, jig‘ildon qaynashi/ovqat
hazm bo‘lmasligi, qabziyat, tez-tez ich kelishi, qusish, qorinda diskomfort hissi;
• qichishish, eshakemi, terini yallig‘lanishi yoki rangini o‘zgarishi, terida mayda qizil yoki qirmizi dog‘lar, terida mayda qizil yassi dog‘lar, bir-biriga qo‘shilib ketadigan mayda bo‘rtmalar bilan qoplangan terida qizarish sohalari, toshma, terida qizarish va dog‘ sohalari, shuningdek teri tomonidan buzilishlar;
• mushak tirishishlari, mushak kuchsizligi, mushak va bo‘g‘imlarda og‘riq, bursit yoki artrit (og‘riq, shish va/yoki kam harakatchanlik bilan kechuvchi bo‘g‘imlarni yallig‘lanishi), qo‘l-oyoqda og‘riq, belda og‘riq, mushak spazmlari;
• siydikda qon paydo bo‘lishi, tez-tez siyish, siydik tahlilini o‘zgarishi (oqsil miqdorini oshishi), buyrak faoliyatini buzilishi;
• kuchli toliqish, ko‘krak qafasida og‘riq va diskomfort hissi;
• o‘t pufagida va jigar yo‘llarida tosh (xolelitiaz);
• tireotrop gormonining (TTG) darajasini oshishi
• qonning biokimyoviy tahlili yoki qon hujayralari yoki trombotsitlar sonini o‘zgarishi (qon tahlili natijalarida buzilishlar);
• buyrakda toshlar;
• erektsiyani buzilishi.
Kam uchraydigan nojo‘ya ta'sirlar (1000 patsiyentdan 1 ta dan kamrog‘ida paydo bo‘lishi mumkin)
• mushaklarni shikastlanishi, bu bir qator hollarda og‘ir bo‘lishi mumkin. Bu mushakni ishida, ayniqsa agar siz o‘zingizni yomon his qilsangiz yoki tana harorati yuqori bo‘lsa, bu anomal miopatiya oqibatida yuz bergan bo‘lishi mumkin. Agar sizda mushakda og‘riq yoki xolsizlik paydo bo‘lsa, darhol shifokorga murojaat eting;
• terining chuqur qavatlarini shishi, ayniqsa lab, ko‘z, jinsiy a'zolar atrofida, qo‘lda, panja yoki nafas olishni qiyinlashishi bilan birga tilda shish paydo bo‘lsa;
• qizamiqsimon toshma, limfa tugunlarni kattalashishi, jigarni kattalashishi, gepatit (jigar yetishmovchiligiga qadar), qonda leykotsitlar miqdorini oshishi (eozinofiliya bilan yoki eozinofiliyasiz leykotsitoz) bilan kechuvchi isitma,
• terini qizarishi (eritema), toshmaning turli shakllari (masalan, qichishuvchi, oq dog‘lar bilan, pufakli, yiring saqlovchi pufakli, terini ko‘chishi bilan kechuvchi, qizamiqsimon toshma); tarqalgan eritema, nekroz, teri qipiqlanishi va sepsisga olib kelishi mumkin bo‘lgan epidermis va shilliq qavatlarni bullyoz ko‘chishi (Stivens-Djonson sindromi/toksikodermal nekroliz);
• yuqori qo‘zg‘aluvchanlik;
• chanqoqlik;
• quloqni shang‘illashi;
• ko‘rishning noaniqligi, ko‘rishni o‘zgarishi;
• sochlarni to‘kilishi;
• og‘iz shilliq qavatining yaralari;
• me'da osti bezini yallig‘lanishi tez-tez uchraydigan simptomlari bo‘lib qorinda og‘riq, ko‘ngil aynishi va qusish hisoblanadi;
• ko‘p terlash;
• tana vaznini kamayishi, ishtahani oshishi, ishtahani nazorat qilib bo‘lmaydigan yo‘qolishi (anoreksiya);
• mushak va/yoki bo‘g‘im karaxtligi;
• darhol siyishga qistovlar;
• buyrakni yallig‘lanishi bilan bog‘liq siydik xajmini o‘zgarishi yoki kamayishi (tubulointerstitsial nefrit);
• jigarni yallig‘lanishi (gepatit);
• teri qoplamalarini sarg‘ayishi (sariqlik);
• jigarni shikastlanishi.
• qonda kreatinfosfokinazaning oshishi (mushaklarni shikastlanishini ko‘rsatuvchi indikator)
Agar Sizda nojo‘ya ta'sirlardan birontasi paydo bo‘lsa, iltimos, bu haqida o‘z shifokoringizga yoki dorixona xodimiga xabar bering. Bu ushbu yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya ta'sirlarga taalluqli.
Bo‘lishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar to‘g‘risida xabarlar
Har qanday nojo‘ya ta'sirlar yuzaga kelganida, bu haqida shifokor yoki dorixona hodimiga xabar qiling. Bu, ushbu ilova-varaqada ko‘rsatilmagan har qanday nojo‘ya +ta'sirlarga taalluqlidir. Siz shuningdek nojo‘ya ta'sirlar xaqida “Berlin-Xemi AG” kompaniyasining O‘zbekistondagi vakolatxonasiga, toshkent shaxar, 100015, Afrosiyob ko‘chasi, 12-uy (biznes-markaz) manzili bo‘yicha bevosita xabar qilishingiz mumkin. Nojo‘ya ta'sirlar xaqida xabar bergan xolda, Siz mazkur dori preparatining xavfsizligi xaqida ko‘proq axborot to‘plashga yordam berishingiz mumkin.
5.Adenurik ni qanday saqlash kerak
• Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
• Karton quti va blisterda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati (“EXP”) o‘tganidan so‘ng dori vositasini ishlatish mumkin emas.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning so‘ngi kuniga taalluqli.
• 30ºC dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Har qanday preparatlarni kanalizatsiya yoki maishiy chiqindilarga tashlamang. Siz endi ishlatmaydigan preparatlarni utilizatsiyasi masalasi bo‘yicha dorixona hodimiga murojaat eting. Bu choralar atrof-muhitni himoya qilishga yordam beradi.
Yaroqlilik muddati
3 yil
Berish tartibi
Dori vositasi retsept bo‘yicha beriladi

Adenurik preparatining tarkibiga nimalar kiradi
Preparatning ta'sir etuvchi moddasi febuksostat hisoblanadi.
Bir tabletka 80 mg yoki 120 mg febuksostat saqlaydi.
Boshqa komponentlar
Tabletkaning yadrosi laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza, magniy stearati, gidroksipropiltsellyuloza, kroskarmelloza natriyli tuzi, gidratatsiyalangan kolloid kremniy dioksidi.
Plyonka qobig‘i
Polivinil spirti, titan dioksidi, makrogol 3350, talk, temir (II) oksidi saqlovchi Opadry II sarig‘i, 85F42129.
Adenurik preparatining tashqi ko‘rinishi va o‘ramning ichidagisi
Adenurik – plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar, kapsulasimon, och-sariqdan sariq rangligacha bo‘lgan tabletkalardir. 80 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalarning bir tomonida “80” bosib yozilgan. 120 mg li qobiq bilan qoplangan tabletkalarning bir tomonida “120” bosib yozilgan.
Adenurik 80 mg va 120 mg 14 tabletkadan tiniq blisterlarga (Aklar/PVX/alyuminiy) qadoqlangan.
Adenurik 80 mg va 120 mg 14, 28, 42, 56, 84 va 98 qobiq bilan qoplangan tabletkalar saqlovchi o‘ramlarda beriladi.
Sotuvda barcha o‘lchamdagi o‘ramlar bo‘lmasligi mumkin.
Qayd etish guvohnomasining egasi va ishlab chiqaruvchi
Qayd etish guvohnomasining egasi
Menarini Interneshnl Opereyshnz Lyuksemburg S.A.
Avenyu de la Gar, 1611 Lyuksemburg