Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аndipal tab. №10 Dalximfarm OАO
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метамизол натрия, фенобарбитал, бендазол
Страна производитель
Россия
Производитель
Дальхимфарм,ОАО,Россия
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Andipal
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
1 tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar metamizol natriy – 250 mg, fenobarbital – 20 mg, dibazol – 20 mg, papaverin gidroxloridi – 20 mg;
yordamchi moddalar kartoshka kraxmali, talk, stearin kislotasi.
Ta'rifi oq yoki biroz sarg‘ish tusli oq rangli, yassitsilindrik shaklli, faskali va riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
spazmolitik va og‘riq qoldiruvchi vosita
ATX kodi N02BB72
Farmakologik xususiyatlari
Majmuaviy preparat. Preparatning komponentlari birga ularning farmakologik ta'sirini o‘zaro kuchayishiga olib keladi.
Metamizol natriy – pirazolon hosilasi, og‘riq qoldiruvchi va isitmani tushiruvchi ta'sir ko‘rsatadi.
Bendazol (dibazol) – qon tomirlarni kengaytiruvchi vosita; qon tomirlarni kengaytiruvchi ta'sirga ega, orqa miya faoliyatini rag‘batlantiradi. Qon tomirlar va ichki a'zolarning silliq mushaklariga bevosita spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi. Orqa miyada sinaptik o‘tkazuvchanlikni yengillashtiradi.
Papaverin gidroxloridi – spazmolitik vosita, gipotenziv ta'sir ko‘rsatadi, ichki a'zolar va qon tomirlarning silliq mushaklarini bo‘shashtiradi.
Fenobarbital past dozalarda sedativ samara ko‘rsatadi va boshqa komponentlarning ta'sirini kuchaytiradi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganda me'da-ichak yo‘llari orqali so‘riladi. Biokiraolishligi yuqori (taxminan 60-80%). Ta'siri 15-45 minutdan keyin rivojlanadi va 3-6 soat davomida davom etadi. Avval barbiturat kislotasi preparatlarini qabul qilgan shaxslarda barbituratlar fermentlar induktsiyasini chaqiradigan jigarda fenobarbitalning tezlashgan metabolizmi hisobiga ta'sir davomiyligi qisqaradi. Keksa yoshdagi odamlarda va jigar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda preparatning metabolizmi kamayadi, shuning uchun ularda T1/2 uzayadi, bu dozani kamaytirish va preparatni qabul qilish orasidagi intervallarni uzaytirishni talab etadi.
Qo‘llanilishi
Ichki a'zolarning silliq mushaklarining spazmlaridagi oqriq sindromi (kuchsiz yoki o‘rtacha yaqqollikdagi) jigar sanchig‘i, o‘t qopi sanchig‘i, ichak sanchig‘i; o‘t chiqarish yo‘llarining diskineziyasi, postxoletsistektomik sindrom; siydik chiqarish yo‘llarining va qovuq spazmi; algodismenoreya.
Bosh miya qon tomirlarining spazmlari, migren.
Yordamchi dori vositasi sifatida jarrohlik aralashuvlari va diagnostik muolajalardan keyingi og‘riq sindromida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
1 tabletkadan sutkada 2-3 marta ichga buyuriladi.
Shifokor maslahatisiz davolash kursining davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Allergik reaktsiyalar.
Markaziy nerv tizimi tomonidan uyquchanlik, psixomotor reaktsiyalar tezligini pasayishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, qabziyat.
Yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipotenziya.
Uzoq vaqt qo‘llaganda leykopeniya, agranulotsitoz, jigar va buyrak faoliyatini buzilishi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik (shu jumladan pirazolon hosilalariga); suyak ko‘migida qon yaratilishini susayishi; yaqqol jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi; glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; taxiaritmiyalar, og‘ir stenokardiya, kollaps, dekompensatsiyalangan surunkali yurak yetishmovchiligi; yopiq burchakli glaukoma; prostata bezi giperplaziyasi; ichak tutilishi, megakolon; homiladorlik, laktatsiya davrida qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Nitratlar (nitroglitserin, nitrosorbit, sustak va boshqalar), kaltsiy kanallari blokatorlari (nifedipin, korinfar va boshqalar), beta-adrenoblokatorlar (anaprilin, metoprolol, talinolol va boshqalar), ganglioblokatorlar (pentamin va boshqalar), diuretiklar (furosemid, gipotiazid va boshqalar), miotrop spazmolitiklar (dipiridamol, eufillin va boshqalar) bilan majmuasi ko‘rsatilgan preparatlarning gipotenziv ta'sirini kuchaytiradi.
Boshqa nonarkotik og‘riq qoldiruvchi va o‘rab oluvchi vositalar bilan birga qo‘llash preparatni me'da-ichak yo‘llarida so‘rilishini kamaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Uzoq vaqt (7 kundan ko‘proq) qo‘llaganda periferik qon manzarasi va jigarning funktsional holatini nazorat qilish kerak.
3 kun davomida samara kuzatilmaganida preparatni qabul qilishni to‘xtatish va shifokorga murojaat etish kerak.
Davolash vaqtida diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Preparatning dozasini oshirib yuborilishining simptomlari uning tarkibiga kiruvchi komponentlarning xususiyatlari bilan bog‘liq. Dozani oshirib yuborganda yaqqol uyquchanlik, bosh aylanishi, kollaptoid holat kuzatiladi.
Davolash birinchi yordam ko‘rsatish – me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mir qabul qilish. Hayot uchun muhim faoliyatlarni tutib turishga qaratilgan simptomatik davolash ko‘rsatilgan.
Intoksikatsiyani davolash, jiddiy asoratlarni oldini olish ham jadal tibbiy kuzatuv va davolashni talab etadi.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan kontur uyasiz o‘ramda yoki kontur uyali o‘ramda.
Kontur uyasiz yoki kontur uyali o‘ramlar teng miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan guruh o‘ramiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yilu 6 oy.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retsepti bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi, manzili va dori preparatini ishlab chiqarish maydonchasi manzili/e'tirozlarni qabul qiluvchi korxona
“DALXIMFARM” OAJ,
680001, Rossiya Federatsiyasi, Xabarovsk o‘lkasi,
Xabarovsk sh., Tashkentskaya ko‘ch., 22,
t/f (4212) 53-91-86
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.