Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Duskonal Retard kapsuly 200 mg №30
Nomi | Narx | |||||
Дусконал Ретард капсулы 200мг №30 (303000980##2 218) |
UZS 102 400
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Мебеверин
Страна производитель
Турция
Дозировка
200 мг
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Duskonal Retard
Ta'sir etuvchi modda (XPN) mebeverin
Dori shakli
ta'siri uzaytirilgan kapsulalar.
Tarkibi
Har bir ta'siri uzaytirilgan kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol modda 200 mg mebeverin gidroxloridi;
yordamchi moddalar mikrokristall sellyuloza, mannit, qand sharchalari, povidon K30, natriya laurilsulfati, etiltsellyuloza, gipromelloza, setil spirti;
kapsulaning qobig‘i titana dioksidi, temir (III) oksidi, jelatin.
Ta'rifi korpusi xira oq rangli, qopqoqchasi xira qizil-jigarrang rangli, ichida oq yoki deyarli oq rangli sferik pelletlarni saqlagan, №0 o‘lchamli, qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
spazmolitik vosita.
ATX kodi A03AA04
Farmakologik hususiyatlari
Duskonal Retard – miotrop ta'sir qiluvchi spazmolitik vosita. Mebeverin, asosan me'da-ichak yo‘llari (MIY) dagi silliq mushaklarni bevosita bo‘shashtiradi. Preparat spazmni bartaraf qiladi, bunda ichakning normal harakatiga ahamiyatli ta'sir ko‘rsatmaydi.
Mebeverin hujayra membranalaridagi natriy kanallarini bloklaydi va Na+ ionlarini hujayralarga kirishini izdan chiqaradi, shuningdek Ca2+ ionlarini sekin kanallar orqali kirishini bloklaydi, K+ ionlarini hujayralardan chiqishini cheklaydi, hujayra membranalaridagi jarayonlarni tormozlaydi va mushak tolalarini qisqarishiga to‘sqinlik qiladi. Antixolinergik ta'sir ko‘rsatmaydi.
Farmakokinetikasi
So‘rilishi
Mebeverin ichga qabul qilinganidan so‘ng tez va to‘liq so‘riladi. Ajralib chiqishi uzaytirilgan dori shakli sutkada 2 marta qabul qilish dozalash sxemasini qo‘llash imkonini beradi.
Taqsimlanishi
Takroriy dozalarda qabul qilinganida ahamiyatli akkumulyatsiya kuzatilmaydi.
Metabolizmi
Mebeverin gidroxloridi esterazalar yordamida metabolizmga uchraydi, ular birinchi bosqichda efirni verat kislotasiga va mebeverin spirtiga parchalaydi. Plazmada aylanib yuradigan asosiy metaboliti – metil guruhini yo‘qotgan karbon kislotasi (DMKK) hisoblanadi. Muvozanat holatida DMKK ni yarim chiqarilish davri 5,77 soatni tashkil etadi. Duskonal Retard preparati uchun uzoq vaqt ajralib chiqish hususiyatini maksimal kontsentratsiyasi (Smax) ni nisbatan pastligi va qonda maksimal kontsentratsiyasiga erishish vaqtini (tmax) davomliligi bilan tasdiqlanadi. Takroriy dozalarda (200 mg kuniga 2 marta) qabul qilinganida DMKK Smax 804 ng/ml ni tashkil etadi, tmax taxminan 3 soatni tashkil etadi. Nisbiy biokiraolishligini o‘rtacha qiymati 97% ni tashkil etadi.
Chiqarilishi
Mebeverin organizmdan o‘zgarmagan holatda chiqarilmaydi, butunlay metabolizmga uchraydi, uning metabolitlari organizmdan deyarli butunlay chiqariladi. Verat kislotasi buyraklar orqali chiqariladi, mebeverin spirti ham buyraklar orqali, qisman karbon kislotasi va qisman DMKK ko‘rinishida chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Kattalarda
• yo‘g‘on ichakni ta'sirlanish sindromi;
• MIY a'zolari spazmlari, shu jumladan organik kasaliklar bilan bog‘liq bo‘lgan spazmlar;
• ichak sanchiqlari;
• o‘t qopi sanchiqlarida qo‘llanadi.
12 yoshdan katta bolalarda
• MIY ni og‘riq bilan kechuvchi funktsional buzilishlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Duskonal Retard preparati ichga, butun holida, ovqatdan 20 minut oldin, yetarli miqdorda suyuqlik bilan qabul qilinadi.
Kattalarga (shu jumladan keksa yoshdagi odamlarga) 200 mg dan sutkada 2 marta (ertalab va kechqurun) buyuriladi.
Qo‘llash davomiyligi cheklanmagan. Agar dozani qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, patsiyent preparatni qabul qilishni buyurilgandek davom ettirishi kerak. O‘tkazib yuborilgan dozani muntazam dozaga qo‘shimcha ravishda qabul qilishi mumkin emas.
Keksa yoshdagi patsiyentlarda, buyrak va/yoki jigar yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish zarurati yo‘q.
Nojo‘ya ta'sirlari
Bosh aylanishi (ayrim hollarda), diareya yoki qabziyat.
Allergik reaktsiyalar Kvinke shishi, eshakemi, ekzantema va yuzni shishi bo‘lishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik;
• 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Mebeverinni boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Homilador ayollarga mebeverinni qo‘llash yuzasidan adekvat ma'lumotlar yo‘q. Hayvonlarda o‘tkazilgan eksperimentlarda teratogenligi kuzatilmagan. Homiladorlikda preparatni ona uchun kutilgan foyda homila uchun kuzatilishi mumkin bo‘lgan havfdan ustun bo‘lgan holatdagina qo‘llash mumkin.
Mebeverin va uning metabolitlarini ko‘krak sutiga ajralib chiqishi noma'lum. Shu sababli, preparat bilan davolanish vaqtida emizish mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
12 yoshgacha bo‘lgan bolalarda preparatni qo‘llash samaradorligi va havfsizligi bo‘yicha ma'lumotlar yetarli emasligi tufayli, ularga preparatni qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini boshqarish yoki mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga Dukonal Retard preparatini biror-bir ta'siri yuzasidan ma'lumotlar yo‘q.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari dozasi oshirib yuborilganida markaziy nerv tizimi (MNT) qo‘zg‘alishi mumkin. Mebeverinning dozasi oshirib yuborilganida, yo simptomlari kuzatilmagan, yoki yengil bo‘lgan va tez yo‘qolib ketgan. Kuzatilgan dozani oshirib yuborilish simptomlari nevrologik yoki kardiovaskulyar simptomlar bo‘lgan.
Davolash simptomatik. Spetsifik antidoti ma'lum emas. Me'dani yuvish ko‘p sonli preparatlar bilan zaharlangan holatdagina, dori vositalari qabul qilingan vaqtdan boshlab 1 soat davomida tashxis qo‘yilganda tavsiya etiladi. So‘rilishini pasaytirish choralari zarur hisoblanmaydi.
Chiqarilish shakli
Ta'siri uzaytirilgan kapsulalar. 10 kapsula blisterda. 3 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Sovutgichda saqlansin. Muzlatilmasin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
«Uorld Meditsin Ilach San. ve Tidj. A.Sh.», Turkiya
(Bagdjilar Ilchesi, Gyuneshli, Evren Maxallesi,
Djami Yolu Djad. №50 K. 1V Zemin 4-5-6, Istambul)
“World Medicine Ilaç San. ve Tic. A.Ş.”, Turkey
(Bağcılar İlçesi, Güneşli, Evren Mahallesi,
Cami Yolu Cad. No50 K. 1B Zemin 4-5-6, İstanbul).
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.