Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Piralgin tab. №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
метамизол натрий,кодеин,кофеин,напроксен,фенобарбитал
Kelib chiqqan mamlakat
Belarusiya
Дозировка/Dozalash
300 мг
Производитель/Ishlab chiqaruvchi
Белмедпрепараты
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakodinamikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Piralgin.
Dori shakli
tabletkalar.
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
Faol moddalar metamizol natriy (analgin) – 300 mg, naproksen – 100 mg, kofein –
50 mg, fenobarbital – 10 mg, kodein – 8 mg;
Yordamchi moddalar magniy stearati (E-470), natriy laurilfati (E-487), talk (E-553), kartoshka kraxmali.
Ta'rifi oqdan yoki deyarli oqdan yoki sarg‘ish oqdan yoki sarg‘ish tusli rangli, yassitsilindrik, faska va riskali tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Analgetiklar. Boshqa analgetiklar va antipiretiklar. Pirazolonlar.
ATX kodi N02BB72.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Preparat og‘riq qoldiruvchi, isitmani tushiruvchi, yallig‘lanishga qarshi, spazmolitik va sedativ ta'sirga ega. Majmuaviy preparatning farmakologik samaralari uning faol ingrediyentlari xususiyatlariga bog‘liq.
Metamizol natriy va naproksen – nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar, isitmani tushiruvchi, og‘riq qoldiruvchi ta'sirga ega. Bundan tashqari, naproksen yaqqol yallig‘lanishga qarshi ta'siri bilan xarakterlanadi.
Kodein va kofein Piralgin preparatining tarkibiga kiruvchi analgetiklarning og‘riq qoldiruvchi ta'sirini kuchaytiradi.
Fenobarbital sedativ, uxlatuvchi, spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi, skelet mushaklarining tonusini pasaytiradi.
Qo‘llanilishi
-turli genezli o‘rtacha yaqqollikdagi og‘riq sindromi bo‘g‘im, mushaklardagi og‘riq, radikulit, menstrual og‘riqlar, nevralgiyalar, bosh og‘rig‘i, migren, tish og‘rig‘i;
-isitmali holatlar;
-og‘riq sindromi va yallig‘lanish ko‘rinishlari bilan kechuvchi shamollash va boshqa kasalliklarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat ichga, odatda 1 tabletkadan kuniga 1-3 marta qabul qilinadi. Maksimal sutkalik doza – 4 tabletka. 12 yoshdan oshgan bolalarga kattalarning dozasini yarmi buyuriladi. Preparatni shifokor kuzatuvisiz 5 kundan ortiq qabul qilish mumkin emas.
Agar dori vositasining navbatdagi dozasini qabul qilish o‘tkazib yuborilgan bo‘lsa, o‘tkazib yuborilgan preparatning tabletkasini qabul qilish va so‘ngra tabletkalarni qabul qilishni odatdagi sxema bo‘yicha davom ettirish kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Dispepsik buzilishlar (qusish, ko‘ngil aynishi, qorinda og‘riq, qabziyat), terining allergik reaktsiyalari (toshma, qichishish, eshakemi), bosh aylanishi, uyquchanlik, psixomotor reaktsiyalar tezligini kamayishi, yurakni tez urib ketishi bo‘lishi mumkin. Kam hollarda qon yaratilishini susayishi (leykopeniya, granulotsitopeniya, agranulotsitoz) rivojlanishi mumkin. Yuqori dozalarda uzoq muddat nazoratsiz qabul qilinganda – ko‘nikib qolish (og‘riq qoldiruvchi samarani susayishi), doriga qaramlik (kodein), jigar va buyrak faoliyatini buzilishi kuzatilishi mumkin.
Keltirilgan nojo‘ya reaktsiyalar paydo bo‘lganida, shuningdek ilova-varaqada eslatilmagan nojo‘ya samaralar paydo bo‘lganida, davolovchi shifokorga murojaat qilish zarur.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlik; jigar va buyrak faoliyatini yaqqol buzilishlari; glyukozo-6-fosfatdegidrogenaza tanqisligi; me'da va o‘n ikki barmoq ichakning zo‘rayish bosqichidagi yara kasalligi; bronxospazm; qon kasalliklari (anemiya, leykopeniya), nafasni susayishi bilan kechuvchi holatlar; bosh miya ichki bosimini oshishi, bosh miya jarohati; o‘tkir miokard infarkti; yurak ritmini buzilishi; arterial bosimni oshishi; glaukoma; alkogolli mastlik holati; 12 yoshgacha bo‘lgan bolalar; homiladorlik, emizish davrida qo‘llash mumkin emas (davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak).
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Opioid bo‘lmagan analgetiklarning toksik ta'sirini kuchaytiradi, siklosporinning kontsentratsiyasini plazmada pasaytiradi. Sedativ vositalar va trankvilizatorlar preparatning og‘riq qoldiruvchi ta'sirini kuchaytiradi. Tritsiklik antidepressantlar, peroral kontratseptivlar, allopurinol metamizol natriyning (preparatning tarkibiga kiruvchi) toksik ta'sirini kuchaytiradi, barbituratlar va fenilbutazon va jigar mikrosomal fermentlarining boshqa induktorlari – susaytiradi.
Qo‘llashning o‘ziga xosligi
Patsiyent shifokorning muvofiq nazoratisiz preparatni uzoq muddat qo‘llaganda, doriga qaramlik rivojlanishi mumkinligi haqida ma'lumotga ega bo‘lishi kerak. Davolanish davrida kofein saqlovchi mahsulotlar (kofe, choy) ni me'yoridan ortiq iste'mol qilish dozani oshirib yuborilishi simptomlarini chaqirishi mumkin. Preparatni qabul qilish davrida alkogolni iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar va buyrak faoliyatini buzilishida, me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligining remissiya davrida, anamnezida alkogolni uzoq muddat qabul qilganlarda va keksa yoshli shaxslarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llaniladi. Preparatni 5 kundan ortiq qabul qilinganda periferik qon manzarasi va jigarning funktsional holatini nazorat qilish kerak. Shifokor maslahatisiz preparatni isitma sindromida 3 kundan ortiq, og‘riq sindromida 5 kundan ortiq qo‘llanilmasin.
Preparat sportchilarda doping-nazorat tahlili natijalarini o‘zgartirishi mumkin.
Atopik bronxial astmasi, pollinozlari bo‘lgan bemorlarda allergik reaktsiyalarni rivojlanish xavfi yuqori bo‘ladi.
Preparatni qabul qilish qorin sohasidagi o‘tkir og‘riq sindromida tashhis qo‘yishni qiyinlashtirishi mumkin.
Homiladorlik vaqtida va laktatsiya davrida qo‘llanishi. Homiladorlik va emizish vaqtida preparatni qo‘llash mumkin emas. Davolanish vaqtida emizishni to‘xtatish kerak.
Avtotransportni haydash va boshqa potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri. Preparatni qabul qilishda avtotransportni haydash va diqqatni yuqori jamlash va psixomotor reaktsiyalarning tezligini talab etuvchi potentsial xavfli faoliyat turlari bilan shug‘ullanishdan saqlanish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari ko‘ngil aynishi, qusish, me'dada og‘riq, taxikardiya, yurak aritmiyalari, holsizlik, uyquchanlik, alahsirash, nafasni susayishi.
Davolash qusishni chaqirish, me'dani yuvish, adsorbentlarni buyurish (faollashtirilgan ko‘mir), hayot uchun zarur faoliyatlarni bir maromda saqlab turish uchun yo‘naltirilgan simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan kontur uyali o‘ramda. Bir, ikki kontur uyali o‘ram qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Statsionarlar uchun o‘ram 150 kontur uyali o‘ramdan muvofiq miqdordagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Namlik va yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Belmedpreparati”, RUK
Belarus Respublikasi, 220007, Minsk,
Fabritsiusa ko‘ch, 30. t/f. (+375 17) 220 37 16,
e-mail medic@belmedpreparaty.com
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.