Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Platifillin eritmasi 0.2% 1ml №10
Platifillin eritmasi 0.2% 1ml №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
Toshkent
2 soat bepul
O'zbekiston
18 000 UZS
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
20 000 UZS
Ekspress yetkazib berish
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
Toshkent
Yandex Go ta'rifi bo'yicha
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 2 soat bepul | 18 000 UZS |
Yetkazib berish Toshkentdagi yetkazib berish punktigaсha bepul. Hududlarga yetkazib berish yakshanba va bayram kunlaridan tashqari 24 soat ichida amalga oshiriladi, agar buyurtma soat 16:00 gacha amalga oshirilgan bo'lsa.Yetkazib berish xizmati har kuni dam olish kunlarisiz 9-00 dan 21-00 gacha ishlaydi.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 20 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshikingiz gacha yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | Yandex Go ta'rifi bo'yicha | yo'q |
Ekspress yetkazib berish-20 daqiqa ichida, yetkazib berish narxini aniqlash uchun siz Call-markaz operatori bilan bog'lanasiz. Yetkazib berish xizmati ish vaqti dam olish kunlarisiz har kuni 9-00 dan 21-00 gacha.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Платифиллин
Страна производитель
Россия
Дозировка
2 мг/мл 1мл
Производитель
ВИФИТЕХ,ЗАО,Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Раствор для подкожного введения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Platifillin
Ta'sir qiluvchi modda (XPN) platifillin
Dori shakli
teri ostiga yuborish uchun eritma
Tarkibi
Faol modda
Platifillin gidrotartrati-2,0 g
quruq moddaga qayta xisoblaganda
Yordamchi moddalar
In'ektsiya uchun suv- 1000 ml gacha
Ta'rifi Rangsiz, tiniq suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
M-xolinoblokator.
ATX kodi [A03A].
Farmakologik xususiyatlari
M-xolinoblokator, atropin bilan solishtirganda periferik xolinoretseptorlarga kamroq ta'sir ko‘rsatadi (me'da-ichak a'zolarining silliq mushak hujayralariga va rangdor pardaning sirkulyar mushaklariga ta'siri bo‘yicha atropindan 5-10 marta kuchsizroq). M-xolinoretseptorlarni bloklab, postganglionar xolinergik nervlardan ular tomonidan innervatsiya qilinuvchi effektor a'zolar va to‘qimalarga (yurak, silliq mushakli a'zolar, tashqi sekretsiya bezlari) nerv impulslarining o‘tkazilishini buzadi; shuningdek n-xolinoretseptorlarni ham bostiradi (ahamiyatli kuchsizroq). Xolinobloklovchi ta'siri kattaroq darajada vegetativ nerv tizimining parasimpatik qismining yuqori tonusi yoki m-xolinostimulyatorlarning ta'siri fonida namoyon bo‘ladi. Atropinga qaraganda kamroq darajada taxikardiya chaqiradi, ayniqsa katta dozalarda qo‘llanganida n.vagus ning ta'sirini kamaytirib, yurakning o‘tkazuvchanligini yaxshilaydi, miokardning qo‘zg‘aluvchanligini oshiradi, qonning minutli xajmini oshiradi.
Bevosita miotrop spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi, terining mayda tomirlarining kengayishini chaqiradi. Yuqori dozalarda tomirlarni harakatlantiruvchi markazni susaytiradi va simpatik gangliylarni bloklaydi, buning oqibatida tomirlar kengayadi va arterial bosim pasayadi (asosan vena ichiga yuborilganida).
Ichki sekretsiya bezlarining sekretsiyasini atropindan kuchsizroq susaytiradi; silliq mushaklarning, me'da, o‘n ikki barmoq ichak tonusini, ingichka va yo‘g‘on ichakning peristaltik qisqarishlari amplitudasi va tez-tezligini yaqqol pasayishini, o‘t qopi tonusini o‘rtacha pasayishini (o‘t yo‘llarining giperkineziyasi bo‘lgan shaxslarda) chaqiradi; gipokineziyada - o‘t qopining tonusi normal darajagacha oshadi. Bachadon, qovuq va siydik chiqarish yo‘llarining silliq mushaklarini bo‘shashini chaqiradi; spazmolitik ta'sir ko‘rsatib, og‘riq sindromini bartaraf qiladi. N.vagus tonusini oshishi yoki xolinostimulyatorlar chaqirgan bronxlarning silliq mushaklarini bo‘shashtiradi, nafas xajmini oshiradi, bronxial bezlarning sekretsiyasini susaytiradi, sfinkterlarning tonusini pasaytiradi.
Ko‘zning kon'yunktiva qopchasiga tomizilganida va parenteral yuborilganida, rangdor pardaning doira mushagining bo‘shashishi oqibatida qorachiqning kengayishini chaqiradi. Bir vaqtda ko‘z ichki bosimi oshadi va akkomodatsiya falaji yuz beradi (tsiliar tananing kipriksimon mushagini bo‘shashishi). Atropin bilan solishtirganda akkomodatsiyaga ta'siri kamroq va qisqa ifodalangan. Bosh miya va nafas markazini qo‘zg‘atadi, kattaroq darajada - orqa miyani (yuqori dozalarda tirishishlar, markaziy nerv tizimini, tomirlarni harakatlantiruvchi va nafas markazlarini susayishi mumkin). Gematoentsefalik to‘siq orqali o‘tadi.
Qo‘llanilishi
Me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, pilorospazm, xoletsistit, xolelitiaz, ichak sanchig‘i, buyrak sanchig‘i, o‘t qopi sanchig‘i; bronxial astma (bronxo- va laringospazmni oldini olish uchun), bronxoreya; algodismenoreya; serebral arteriyalarning spazmi; angiotrofonevroz; arterial gipertenziya, stenokardiya (majmuaviy davolash tarkibida); tashhis maqsadida qorachiqni kengaytirish (shu jumladan, ko‘z tubini tekshirish, ko‘zning chin refraktsiyasini aniqlash); ko‘zlarning o‘tkir yallig‘lanish kasalliklari (shu jumladan, irit, iridotsiklit, keratit), ko‘z jarohatlarida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Teri ostiga, me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, shuningdek ichak, jigar va buyrak sanchiqlaridagi o‘tkir og‘riqlarni, davomli bronxial astma hurujini, serebral va periferik angiospazmlarni bartaraf qilish uchun kattalarga 1-2 ml dan preparat sutkada 1-2 marta yuboriladi; bolalarga yangi tug‘ilgan va emizikli bolalarga- 0,0175 ml/kg; 1-5 yoshdagi bolalarga - 0,015 ml/kg; 6-10 yoshdagi bolalarga - 0,0125 ml/kg; 11-14 yoshdagi bolalarga - 0,01 ml/kg buyuriladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Og‘izni qurishi, chanqoqlik, arterial bosimni pasayishi, taxikardiya, midriaz, akkomodatsiya falaji, ichak atoniyasi, bosh aylanishi, bosh og‘rig‘i, fotofobiya, tirishishlar, siydikni tutilishi, o‘tkir psixoz (yuqori dozalarda), o‘pka atelektazi.
Agar yo‘riqnomada ko‘rsatilgan biron-bir nojo‘ya samaralari chuqurlashsa, yoki Siz yo‘riqnomada ko‘rsatilmagan har qanday boshqa nojo‘ya samaralarni sezsangiz, bu haqida shifokorga xabar bering.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan
Homiladorlik; laktatsiya davri; yurak qisqarishlari sonini oshishi ma'qul bo‘lmagan yurak- qon tomir kasalliklari xilpillovchi aritmiya, taxikardiya, surunkali yurak yetishmovchiligi, o‘tkir qon ketishi; tireotoksikoz (taxikardiya kuchayishi mumkin); tana haroratini oshishi (ter bezlari faolligini bostirilishi oqibatida yana oshishi mumkin); reflyuks-ezofagit, reflyuks-ezofagit bilan qo‘shilgan diafragmaning qizilo‘ngach teshigining churrasi (qizilo‘ngach va me'da motorikasini pasayishi va pastki qizilo‘ngach sfinkterini susayishi me'daning bo‘shalishini sekinlashishiga va faoliyati buzilgan sfinkter orqali gastroezofagal reflyuksni kuchayishiga yordam berishi mumkin; ichak tutilishi bilan birga kechuvchi me'da-ichak yo‘llarining kasalliklari axalaziya va privratnik stenozi (ichak tutilishi va me'da ichidagisini tutilishiga olib keluvchi motorika va tonusni pasayishi mumkin); keksa yoshli bemorlarda yoki kuchsizlangan bemorlardagi ichak atoniyasi (ichak tutilishi rivojlanishi mumkin), paralitik ichak tutilishi (ichak tutilishi rivojlanishi mumkin); ko‘z ichki bosimi yuqori bo‘lgan kasalliklar yopiqburchakli (ko‘z ichki bosimini oshishiga olib keluvchi midriatik samara, o‘tkir huruj chaqirishi mumkin) va ochiqburchakli glaukoma (midriatik samara ko‘z ichki bosimini biroz oshishini chaqirishi mumkin; davolashni to‘g‘rilash talab qilinishi mumkin), 40 yoshdan oshgan patsiyentlar (tashhis qilinmagan glaukoma ko‘rinishlarining xavfi); nospetsifik yarali kolit (yuqori dozalari paralitik ichak tutilishi ehtimolini oshirib, ichak peristaltikasini susaytirishi mumkin; bundan tashqari toksik megakolon kabi og‘ir asoratni ko‘rinishi yoki zo‘rayishi mumkin); og‘izni qurishi (davomli qo‘llash kserostomiyaning yaqqolligini yanada kuchayishini chaqirishi mumkin); jigar yetishmovchiligi (metabolizmni pasayishi) va buyrak yetishmovchiligi (chiqarilishini pasayishi oqibatida nojo‘ya samaralarining rivojlanishini xavfi); o‘pkaning surunkali kasalliklari, ayniqsa kichik yoshli bolalarda va kuchsizlangan bemorlarda (bronxial sekretsiyani kamayishi sekretni quyuqlashishiga va bronxlarda tiqinlarni hosil bo‘lishiga olib kelishi mumkin); miasteniya (atsetilxolinning ta'siri ingibirlanishi tufayli xolat yomonlashishi mumkin); vegetativ (avtonom) nevropatiya (siydikni tutilishi va akkomodatsiya falaji kuchayishi mumkin), siydik chiqarish yo‘llarining obstruktsiyasisiz prostata bezining gipertrofiyasi, siydikni tutilishi yoki unga moyillik yoki siydik chiqarish yo‘llarinig obstruktsiyasi (shu jumladan, prostata bezi gipertrofiyasi oqibatidagi qovuq bo‘ynini) bilan birga kechuvchi kasalliklar; gestoz (arterial gipertenziyani kuchayishi mumkin); bolalarda bosh miyani shikastlanishi (markaziy nerv tizimi tomonidan samaralar kuchayishi mumkin); Daun kasalligi (qorachiqlarni odatdagi bo‘lmagan kengayishi va yurak qisqarishlar sonini oshishi mumkin); bolalardagi markaziy falaj (antixolinergik dori vositalariga reaktsiya juda yaqqol bo‘lishi mumkin).
Agar Sizda sanab o‘tilgan kasalliklaridan biri bo‘lsa, preparatni qabul qilishdan oldin albatta shifokor bilan maslahatlashing.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Fenobarbital, etaminal natriy, magniy sulfatining sedativ va uxlatuvchi ta'sirini kuchaytiradi. Boshqa m-xolinoblokatorlar, amantadin, galoperidol, fenotiazin, monoaminooksidaza (MAO) ingibitorlari, tritsiklik antidepressantlar, ayrim antigistamin preparatlar nojo‘ya samaralarining rivojlanishi xavfini oshiradi. Antagonizm - antixolinesteraz preparatlar bilan kuzatiladi. Morfin yurak- qon tomir tizimiga susaytiruvchi ta'sirini kuchaytiradi; MAO ingibitorlari - musbat xrono- va batmotrop samaralar; yurak glikozidlari - musbat batmotrop ta'sir; xinidin, prokainamid - m-xolinobloklovchi ta'sir kuzatiladi. Silliq mushaklarning spazmlari bilan bog‘liq bo‘lgan og‘riqlarda, ta'sirini analgetiklar, sedativ vositalar, trankvilizatorlar; tomirli spazmlarda - gipotenziv va sedativ dori vositalari kuchaytiradi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Davolanish davrida yuqori diqqatni talab qiluvchi potentsial xavfli faoliyat turlaridan saqlanish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari paralitik ichak tutilishi; siydikni o‘tkir tutilishi; akkomodatsiya falaji; ko‘z ichki bosimini oshishi; og‘iz bo‘shlig‘i, burun, tomoq shilliq qavatining qurishi; yutish, nutqni qiyinlashishi; midriaz (rangdor pardani butunlay yo‘qolishigacha); tremor, tirishishlar, gipertermiya, qo‘zg‘alish, markaziy nerv tizimini susayishi, nafas va tomirlarni harakatlantiruvchi markazlarning faolligini bostirilishi.
Davolash me'dani yuvish, jadallantirilgan diurez, xolinostimulyatorlar va antixolinesteraz vositalarni parenteral yuborish. Gipertermiyada - namlab artish, isitmani tushiruvchi vositalar; qo‘zg‘alishda - vena ichiga tiopental natriy yoki rektal - xloralgidratni yuborish; midriazda - mahalliy, ko‘z tomchilari ko‘rinishida fosfakol, fizostigmin, pilokarpin yuboriladi. Glaukoma huruji rivojlangan holda darhol kon'yunktiva qopchasiga pilokarpinning 1% li eritmasi har soatda 2 tomchidan tomiziladi va teri ostiga - 1 ml 0,05% li prozerin eritmasi sutkada 3-4 marta yuboriladi.
Chiqarilish shakli
Teri ostiga yuborish uchun eritma 2 mg/ml. 1 ml dan neytral shisha ampulada yoki ISO bo‘yicha ampulada. 5 ampuladan kontur uyali o‘ramda (folga yoki qog‘oz bilan, yoki folga va qog‘ozsiz). 2 kontur uyali o‘ram karton qutida. 10 ampuladan qog‘oz kiritmali yoki maxsus uyachalari bo‘lgan karton qutida. Har bir qutiga qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma va skarifikator joylanadi. Sindirish kertigi, halqasi va nuqtalari bo‘lgan ampulalar ishlatilganida qutiga skarifikator joylanmaydi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Yaroqlilik muddati
5 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
/e'tirozlarni qabul qiluvchi korxona
«VIFITEX» YOAJ
Manzili 142279, Moskva viloyati., Serpuxovskiy r-n., Obolensk p., GNTS PM
Tel./faks (495) 716-15-81, 716-15-90.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.