Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Simespasmil kapsulalari № 40
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Альверин, симетикон
Страна производитель
Турция
Дозировка
60 мг/300 мг
Производитель
World Medicine Ilac San. ve Tic. A.S.
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Simespasmil
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Alverin sitrati + simetikon
Dori shakli
Kapsulalar
Tarkibi
Har bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 60 mg alverin sitrati, 300 mg simetikon.
kapsula jelatin, glitserin, titan dioksidi.
Ta'rifi ichida oq yoki deyarli oq rangli bir jinsli qovushqoq suspenziya saqlovchi, och sariq rangli, xira, 6 o‘lchamli, uzunchoq, qattiq jelatin kapsulalar.
Farmakoterapevtik guruhi
Spazmolitik vosita. Alverin boshqa preparatlar bilan majmuada.
ATX kodi A03AX58
Farmakologik hususiyatlari
Farmakodinamika
Simespasmil – majmuaviy preparat bo‘lib, ta'siri uning tarkibiga kiruvchi komponentlari bilan ifodalanadi. Spazmolitik ta'sir ko‘rsatadi, ichakda gaz hosil bo‘lishini kamaytiradi.
Alverin – ovqat hazm qilish yo‘llarining silliq mushaklariga bevosita ta'sir ko‘rsatuvchi spazmolitikdir. Ta'sir mexanizmi fosfodiesterazani ingibitsiya bo‘lishi va hujayrada siklik adenozinmonofosfatni to‘planishi, keyinchalik silliq mushak hujayralarida kalьtsiy kanallarini bloklanishi bilan bog‘liq. Alverin papaveringa nisbatan yanada samarali hisoblanadi va noxush reaktsiyalarni kamroq darajada chaqiradi. Klinika oldi tadqiqotlari, alverinning antixolinergik (atropinning noxush reaktsiyalarisiz) ta'sir qilishini ko‘rsatgan.
Simetikon – sirt tarangligi past bo‘lgan gidrofob polimer modda bo‘lib, ichakda gaz hosil bo‘lishini pasaytiradi va ovqat hazm qilish yo‘llarining devorini himoya plyonkasini qoplaydi. Simetikon gaz pufakchalarining sirt tarangligini kamaytirib, uni yorilishiga olib keladi. Ajralib chiqadigan gazlar qisman ichak tomonidan yutiladi, shuningdek ichak harakati hisobiga organizmda chiqariladi.
Farmakokinetikasi
Alverin sitrati
Alverin sitrati me'da-ichak yo‘llaridan juda sekin so‘riladi va ichga qabul qilinganidan so‘ng sust so‘rilish hususiyatiga ega. Qon plazmasida maksimal kontsentratsiyasi qabul qilingan dozaning 0,15% moddasi uchun aniqlanadi. Qon plazmasidagi kontsentratsiyasi 6 soat davomida doimiy bo‘lib qoladi.
Simetikon
Simetikon, o‘zining fiziologik va kimyoviy inertligi tufayli, organizmda so‘rilmaydi va me'da-ichak yo‘llaridan o‘zgarmagan holda chiqariladi.
Preparat ichga qabul qilinganidan keyin samarasi 30-60 minutdan keyin rivojlanadi va 3-4 soat davomida davom etadi.
Qo‘llanilishi
• ichakning, qorinni dam bo‘lishi va meteorizm bilan kechuvchi, funktsional buzilishlari (xususan, yo‘g‘on ichakni ta'sirlanish sindromi) ni simptomatik davolash;
• qorin bo‘shlig‘i a'zolarini rentgenologik, ulьtratovush yoki instrumental tekshiruvga kompleks tayyorlash uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kapsulalar ichga butunligicha, chaynamasdan, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
Preparat 1 kapsuladan sutkada 2-3 marta ovqatdan oldin 3-4 hafta davomida qabul qilinadi.
Shifokorning kuzatuvisiz davolashning davomiyligi 7 kundan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Simespasmil, odatda, patsiyentlar tomonidan yaxshi o‘zlashtiriladi. Noxush reaktsiyalar kam uchraydi va vaqtinchalik xarakterga ega.
Noxush reaktsiyalarni uchrash tezligini ko‘rsatkichlari quyidagi tarzda aniqlanadi juda tez-tez (≥ 1/10); tez-tez (≥ 1/100, ammo < 1/10); tez-tez emas (≥ 1/1000, ammo < 1/100); kam hollarda (≥ 1/10000, ammo < 1/1000); juda kam hollarda (< 1/10000); uchrash tezligi noma'lum (mavjud ma'lumotlar asosida baholanishi mumkin emas).
Immun tizimi tomonidan kam hollarda – teri toshmasi, qichishishi, yuz, til, xiqildoqni shishi, nafas funktsiyasini buzilishi (hansirash va/yoki xushtaksimon nafas), allergik reaktsiyalar, anafilaksiya, shok kabi o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari.
Nerv tizimi tomonidan uchrash tezligi noma'lum – bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan kam hollarda – ko‘ngil aynishi, qabziyat.
Jigar va o‘t chiqarish yo‘llari tomonidan kam hollarda – jigar funktsiyasini buzilishi, gepatit bilan bog‘liq bo‘lgan sariqlik, odatda preparat bekor qilinganidan keyin yo‘qoladi.
Teri va teri osti to‘qimalari tomonidan qichishish, eshakemi.
Shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar
Dori vositasi qayd etilgandan keyin shubha qilingan noxush reaktsiyalar bo‘yicha xabarlar muhim hisoblanadilar. Patsiyentda dori vositasiga nisbatan jiddiy noxush reaktsiya aniqlanganida yoki ushbu bo‘limda ta'riflanmagan yangi noxush reaktsiya paydo bo‘lganida, Milliy farmakoogohlik tizimiga muvofiq xabar berishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
• preparatning komponentlaridan birortasiga yuqori sezuvchanlik;
• ichak tutilishi;
• homiladorlik va laktatsiya;
• 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Simespasmil preparatini boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'sir qilish holatlari qayd etilmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ichak tutilishidan dalolat beruvchi belgilar (ko‘ngil aynishi, qusish, qorinda og‘riq, gaz va axlatni ushlanib qolishi) paydo bo‘lganida ehtiyotkorlikka rioya qilish kerak.
Homiladorlik va laktatsiyada qo‘llanishi
Homiladorlik va emizish davrida Simespasmil preparatini qo‘llash mumkin emas.
Pediatriyada qo‘llanishi
18 yoshgacha bo‘lgan bolalar va o‘smirlarga preparatni qo‘llash mumkin emas.
Avtotransportni haydash va mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalari yoki boshqa mexanizmlarni boshqarish tavsiya etilmaydi, chunki bunday funktsiyalarga preparatning ta'sirini o‘rganish yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Dozani oshirib yuborilishi
Alverinning dozasini oshirib yuborilishi gipotenziyaga va atropinning ta'siriga o‘xshash toksik samaralarga olib kelishi mumkin.
Davolash gipotenziyada atropin bilan zaharlanganda olib boriladigan davolash choralari bilan birga tutib turuvchi davolash o‘tkaziladi.
Simetikonning dozasini oshirib yuborilish ehtimoli kam.
Davolash simptomatik.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar. 10 kapsuladan blisterda. 4 blister tibbiyotda qo‘llanishiga doir yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin!
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
sanadan boshlab 3 yil.
Yaroqlilik muddati
tugaganidan so‘ng qo‘llanilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.