Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Spazmalgon tab. №20
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Метамизол натрия, питофенона гидрохлорид, фенпивериния бромид
Страна производитель
Болгария
Производитель
Balkanpharma-Dupnitsa AD
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Ishlab chiqarilgan
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Spazmalgon
Ta'sir qiluvchi moddalar (XPN) metamizol natriy, pitofenon gidroxloridi, fenpiveriniy bromid
Dori shakli
tTabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka saqlaydi
Faol moddalar 500 mg metamizol natriy, 5 mg pitofenon gidroxloridi; 0,1 mg fenpiveriniy bromidi.
Yordamchi moddalar laktoza monogidrati, bug‘doy kraxmali, jelatin, talk, magniy stearati, natriy gidrokarbonati.
Ta'rifi dumaloq, bir tomonida bo‘lish uchun chizig‘i bo‘lgan, 13 mm diametrli, oq yoki deyarli oq rangli yassi tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
analgetiklar bilan majmuada bo‘lgan spazmolitik vositalar.
ATX kodi A03DA02
Farmakologik xususiyatlari
Spazmalgon og‘riq qoldiruvchi, silliq mushaklarni bo‘shashtiruvchi, tana haroratini pasaytiruvchi va biroz yallig‘lanishga qarshi ta'sir ko‘rsatuvchi majmuaviy preparatdir.
Qo‘llanilishi
Spazmalgon ichki a'zolarning silliq mushaklarini spazmi oqibatida rivojlangan, yengil va o‘rtacha yaqqollikdagi og‘riq sindromini simptomatik davolash uchun ishlatiladi.
• Buyrak tosh kasalligi va siydik chiqarish yo‘llarini siyish jarayonini buzilishi va og‘riq bilan kechadigan yallig‘lanish kasalliklari;
• Me'da va ichak sanchig‘i, o‘t-tosh kasalligi, safro chiqarish yo‘llarining diskineziyasi;
• Hayz ko‘rishdagi og‘riqlar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Spazmalgon preparatini doimo ushbu ilova-varaqadagi yo‘riqnomaga muvofiq qabul qiling. Agar Siz biron bir narsaga ishonch hosil qilmasangiz, shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rang!
Ichga, ovqatdan so‘ng suv bilan qabul qilinadi.
Tavsiya etilgan sutkalik dozalari
Kattalar va 15 yoshdan oshgan bolalar
- 1-2 tabletkadan sutkada 2-3 marta. Maksimal sutkalik doza – 6 tabletka.
Bolalar
- 12 yoshdan 15 yoshgacha – 1 tabletkadan sutkada 2-3 marta. Maksimal sutkalik doza – 3 tabletka.
- 9 yoshdan 12 yoshgacha – ½ tabletkadan sutkada 2-3 marta. Maksimal sutkalik doza – 2 tabletka.
Davolash davomiyligi 3 kundan oshmasligi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Har qanday dori preparati kabi, Spazmalgon hamgarchi ular hammada namoyon bo‘lmasa-da, nojo‘ya reaktsiyalarni chaqirishi mumkin.
Ular asosan vaqtinchalik xarakterga ega va davolash to‘xtatilganida o‘tib ketadi. Ba'zi patsiyentlarda quyidagi reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Immun tizimi tomonidan buzilishlar toshma, qichishish, kam hollarda og‘ir allergik reaktsiyalar – bronxospazm (bronxlar devoridagi silliq mushaklarni qisqarishi), angioshish (yuz, lab, qovoqlar va ba'zi shilliq qavatlarni shishi), anafilaktik shok (allergik reaktsiyani quyidagi belgilar – qichishish, yuzni shishi, bo‘g‘ilish, yurak qon-tomir tomonidan buzilishlarni keskin paydo bo‘lishini bogshlanishi mumkin bo‘lgan eng og‘ir shakli) va juda kam hollarda toksik epidermal nekroliz va Stivens-Djonson sindromi (teri qoplamlari bo‘ylab yirik pufaklar paydo bo‘ladi, ular avj olib rivojlanishi va terining yuqori qavatlarini qipiqlanishi boshlanishi mumkin) kuzatilishi mumkin.
Me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar og‘izni qurishi, qabziyat, gastrit va yara kasalligini zo‘rayishi.
Yurak tomonidan buzilishlar yurakni urib ketishi, qon bosimini pasayishi, pulsni tezlashishi, yurak ritmini buzilishi.
Qon va limfa tizimi tomonidan buzilishlar qon tanachalari sonini o‘zgarishi (agranulotsitoz, trombotsitopeniya, leykopeniya – trombotsitlar yoki leykotsitlar sonini kamayishi).
Nerv tizimi tomonidan buzilishlar bosh aylanishi, ko‘rishni buzilishi.
Buyraklar faoliyati va siydik chiqarish yo‘llari tomonidan buzilishlar siydikni tutilishi, yuqori dozalarda uzoq muddat qabul qilinganida buyrak faoliyatini yomonlashishi mumkin (ayniqsa, buyraklar faoliyatini buzilishi tasdiqlangan bemorlarda) va juda kam hollarda o‘tkir buyrak yetishmovchiligi rivojlanishi mumkin.
Agar biron bir nojo‘ya reaktsiya jiddiylashsa, yoki Sizda ushbu ilova-varaqada ta'riflanmagan nojo‘ya reaktsiyalar kuzatilsa, iltimos O‘zingizning shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Spazmalgon preparatini quyidagi holatlarda qabul qilmang
• agar Sizda preparatning ta'sir etuvchi moddasi yoki tarkibidagi yordamchi moddalariga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa;
• me'da-ichak tutilishi va megakolonda (yo‘g‘on ichakning devori yoki uning bir qismini kengayishi, masalan, surunkali qabziyatda, Girshprung kasalligida va b.);
• o‘t pufagi va qovuq mushaklarini bo‘shligi natijasida bo‘shanishi qiyinlashganida;
• og‘ir darajadagi buyrak va jigar yetishmovchiligida;
• ba'zi qon kasalliklarida (agranulotsitoz va leykopeniya kabi qonning hujayra tarkibini o‘zgarishida);
• ba'zi tug‘ma kasalliklarda (glyukoza-6-fosfatdegidrogenazani tanqisligi va porfiriya kabilar);
• yopiq burchakli glaukomada;
• homiladorlik va emizish davrida;
• 9 yoshgacha bo‘lgan bolalarda.
Qo‘llashdagi ehtiyotkorliklar
Spazmalgon qo‘llanganida quyidagilarga alohida e'tibor bering
Buyrak va/yoki jigar faoliyatini buzilishlari bo‘lgan bemorlarga, me'daning ba'zi kasalliklarida (axalaziya – yutganda pastki qizilo‘ngach sfinkterini bo‘shashish imkonini bo‘lmasligi va qizilo‘ngachning normal harakatini yo‘qligi, gastroezofageal reflyuks; privratnik stenozi), prostata bezini gipertrofiyasida, qalqonsimon bez faoliyati kuchayganida (gipertireoidizmda), arterial qon bosimini pasayishiga (gipotoniyaga) moyillik bo‘lganida, yurak ritmini og‘ir darajadagi buzilishlarida, yurak ishemik kasalligida (ayniqsa, yaqinda o‘tkazilgan miokard infarktidan keyin), dimlangan yurak yetishmovchiligini o‘tib ketgan bosqichida, surunkali bronxitda va bronxospazmda (bronxial sekretning zichligini oshishi tufayli), nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalar va nonarkotik og‘riq qoldiruvchi preparatlarga o‘ta yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari haqida ma'lumotlar bo‘lganida yoki allergiyaning boshqa ko‘rinishlarida (allergik rinit, bronxial astma) preparatni ehtiyotkorlik bilan buyurish kerak.
Preparat uzoq muddat qo‘llanganida (bir haftadan ortiq) periferik qon manzarasini va jigarning funktsional holatini nazorat qilish kerak.
Analgetiklar bilan uzoq muddat (uch oydan ortiq) davolanganda, ular kunora yoki undan ko‘proq qabul qilinganida bosh og‘rig‘i paydo bo‘lishi yoki bor bo‘lgan bosh og‘rig‘i kuchayishi mumkin. analgetiklarni haddan tashqari ko‘p qabul qilish oqibatida yuzaga kelgan bosh og‘rig‘ini preparatning dozasini oshirish bilan davolash mumkin emas. Bunday hollarda analgetiklar bilan davolashni shifokor bilan maslahatlashgandan so‘ng to‘xtatish kerak.
Metamizolning metabolitlari (parchalanish mahsulotlari) siydikni qizil rangga bo‘yashi mumkin, bu klinik ahamiyatga ega emas.
Preparat alkogol va markaziy nerv tizimi faoliyatini susaytiruvchi preparatlar bilan bir vaqtda qo‘llanganida patsiyentlarning patofiziologik holatiga ta'sir ko‘rsatishi mumkin.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Siz qandaydir boshqa preparatlarni, xatto ular retseptsiz berilsa ham, qabul qilayotgan bo‘lsangiz yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz iltimos, davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevtga xabar bering.
Metamizol qonda protozoylarga qarshi preparat xlorokinning miqdorini oshiradi, kumarin antikoagulyantlari (qon ivishiga qarshilik qiluvchi preparatlar) ning samarasini, shuningdek siklosporinning ta'sirini kamaytiradi.
Suyak ko‘migining qon yaratish faoliyati uchun zaharli dori vositalar va xloramfenikolning susaytiruvchi ta'sirini kuchaytiradi.
Tritsiklik antidepressantlar, ichga qabul qilish uchun homilaga qarshi preparatlar va allopurinol metamizolning metabolizmini buzadilar va uning toksikligini oshiradilar.
Barbituratlar, fenilbutazon (jigarning parchalovchi faoliyatini kuchaytiradigan boshqa preparatlar) Spazmalgonning og‘riq qoldiruvchi ta'sirini kuchaytiradilar.
Spazmalgon va boshqa og‘riq qoldiruvchilar (analgetiklar) va nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarni bir vaqtda qo‘llanishi o‘ta yuqori sezuvchanlik va boshqa nojo‘ya reaktsiyalarni namoyon bo‘lish havfini oshiradi.
Metamizol siklosporin A ning plazmadagi kontsentratsiyasini kamaytiradi va to‘qimalar va a'zolar ko‘chirib o‘tkazilganida havf tug‘dirishi mumkin.
Ko‘rsatilgan va boshqa dori vositalarni bir vaqtda qo‘llash zarurati bo‘lganida, shifokor bilan maslahatlashish kerak.
Spazmalgonni ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan birga qabul qilish
Alkogolga tolerantlikni pasaytirishi sababli, preparat bilan davolanish vaqtida uni iste'mol qilishdan saqlanish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Har qanday dori vositasini qabul qilishdan oldin davolovchi shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Spazmalgon preparatini homiladorlik va emizish davrida qabul qilish mumkin emas.
Transport vositalarini boshqarish va texnika bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Transport vositalarini haydovchilariga va texnikalar bilan ishlashda preparatni e'tibor bilan qabul qilish kerak, chunki Spazmalgon uzoq muddat qo‘llanganida bosh aylanishi paydo bo‘lishi va akkomodatsiya (ko‘zlarni turli masofalarda aniq ko‘rish hususiyati) buzilishi mumkin.
Yordamchi moddalari to‘g‘risida ma'lumot
Yordamchi moddalarining tarkibida bug‘doy kraxmali mavjud, bu glyutenli enteropatiyasi (ingichka ichakni tug‘ma kasalligi bo‘lib, bug‘doy mahsulotlarini qabul qilganda ich ketishi bilan namoyon bo‘ladi) bo‘lgan odamlar uchun xavf tug‘dirishi mumkin.
Bu dori preparati yordamchi modda sifatida laktoza (sut qandi) saqlaydi, bu laktozani o‘zlashtirolmasligi bo‘lgan patsiyentlar uchun to‘g‘ri kelmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar Siz Sizga buyurilganidan yuqoriroq dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, darhol shifokorga murojaat qiling!
Doza oshirib yuborilganida asosan allergik reaktsiyalar, qon yaratish tizimi faoliyatini buzilish simptomlari, me'da-ichak buzilishlari, og‘ir hollarda esa miyani shikastlanish simptomlari kuzatiladi.
Dozani oshirib yuborilganligi to‘g‘risida ma'lumotlar berilganida preparatni qabul qilish zudlik bilan to‘xtatiladi va organizmdan tez chiqarilish (qusish, me'dani yuvish, siyishni majburan kuchaytirish) bo‘yicha choralar ko‘riladi. Simptomatik vositalar qo‘llanadi.
Agar Siz Spazmalgon qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
O‘tkazib yuborilgan dozani kompensatsiya qilish uchun dozani ikki barobar oshirmang. Preparatni navbatdagi muntazam qo‘llash vaqtida qabul qiling.
Agar Sizda ushbu preparatni qabul qilish bilan bog‘liq qandaydir qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, O‘zingizning shifokoringizga yoki farmatsevtga murojaat qiling.
Chiqarilish shakli
10 tabletkadan blisterda.
10 tabletkadan 1 blister karton qutida;
10 tabletkadan 2 blister karton qutida;
10 tabletkadan 5 blister karton qutida.
Saqlash sharoiti
25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Blister va karton qutida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng Spazmalgonni qabul qilmang.
Yaroqlilik muddati
ko‘rsatilgan oyning oxirgi kuniga to‘g‘ri keladi.
Dori vositasini kanalizatsiyaga yoki maishiy chiqindilar uchun konteynerga tashlash mumkin emas. Siz endi ishlatmaydigan dori vositasini qanday yo‘qotish kerakligini farmatsevtdan so‘rang. Bu choralar atrof-muhitni asrashga yordam beradi.
Yaroqlilik muddati
Ishlab chiqarilgan
kundan boshlab, 2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Balkanfarma-Dupnitsa AD
Samokovskoye shosse ko‘ch., 3
2600 Dupnitsa, Bolgariya
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.