Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Xondro-Ritz kaps. №50
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Хондроитин сульфат, D-глюкозамин сульфат
Страна производитель
Грузия
Производитель
GM Pharmaceuticals Ltd, ООО, Грузия произведено: ARAFARMA, ООО
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Капсулы
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
XONDRO-Ritz
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) Chondroitin Sulfate, D-Glucosamine Sulfate.
Dori shakli
kapsula
Tarkibi
Bir kapsula quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar 200 mg xondroitin sulfati va 250 mg D-glyukozamin sulfati;
yordamchi moddalar magniy stearati.
Ta'rifi №0 o‘lchamli qattiq, jelatin kapsulalar.
Kapsulaning rangi – korpusi va qopqoqchasi – och-yashil rangda. Kapsulaning ichidagi modda – och sariq tusli oq rangli kukun.
Farmakoterapevtik guruhi
tog‘ay to‘qimasida moddalar almashinuvini boshqaruvchi preparat.
ATX kodi M09AX02.
Farmakologik xususiyatlari
Tog‘ay to‘qimasida moddalar almashinuvini boshqaruvchi preparatdir. Yallig‘lanishga qarshi va og‘riq qoldiruvchi ta'sir ko‘rsatadi, tinch holatda va harakatlangandagi og‘riqni kamaytiradi, nosteroid yallig‘lanishga qarshi vositalarga ehtiyojni kamaytiradi.
Xondroitin sulfati – yuqori molekulyar muko-polisaxarid bo‘lib, tog‘ay to‘qimasida fosfor-kaltsiy almashinuvini boshqaruvchi vositadir. Suyak to‘qimasining rezorbtsiyasini sekinlashtiradi va kaltsiyni yo‘qotilishini kamaytiradi, suyak to‘qimasini tiklanish jarayonlarini tezlashtiradi, tog‘ay to‘qimasini degeneratsiya jarayonini tormozlaydi. Biriktiruvchi to‘qimani ezilishiga to‘sqinlik qiladi va bo‘g‘im yuzalarini o‘ziga xos moylovchi modda rolini o‘ynaydi. Gialin to‘qimasida modda almashinuvini normallashtiradi. Bo‘g‘im tog‘ayining regeneratsiyasini rag‘batlantiradi.
D-glyukozamin sulfati –proteoglikanlar va glikozamin-glikanlar tarkibiga kiruvchi endogen moddadir. Tog‘ay to‘qimasining struktur yaxlitligini ta'minlaydi. Muntazam qo‘llanilganda proteoglikanlar va gialuron kislotasini sintezini faollashishi hisobiga bo‘g‘imlar, umurtqa pog‘onasi va umurtqa pog‘onasi atrofidagi yumshoq to‘qimalarning degenerativ jarayonlarini avj olishini sekinlashtiradi.
Qo‘llanilishi
-bo‘g‘imlar va umurtqa pog‘onasining degenerativ-distrofik kasalliklarini davolash va oldini olish;
-birlamchi va ikkilamchi osteoartrit (osteoartroz);
-turli sohalardagi osteoartrit (tizza, chanoq-son, bilak-kaft bo‘g‘imlari, umurtqa pog‘onasi va boshqalar);
-yelka-kurak periartriti;
-osteoxondroz;
-spondilez;
-osteoporoz, paradontopatiya;
-suyak sinishlarida (suyak qadog‘ini hosil bo‘lishini tezlashtirish uchun) qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Boshlang‘ich doza sutkada 6 kapsulani tashkil etadi, keyinchalik davolash kursi quyidagicha davom ettiriladi sutkada 4 kapsuladan 1,5-2 oy davomida. Kapsulalar ovqatdan oldin qabul qilinadi.
Vaqt o‘tgan sari preparatning samarasi kuchayadi, davolash kursi odatda intervallar bilan 6 oy takrorlanadi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda allergik reaktsiyalar.
Epigastral sohada og‘riq, ko‘ngil aynishi, meteorizm, diareya, qabziyat kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-preparatning komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Majmuaviy qo‘llanilganda glyukozamin me'da-ichak yo‘llaridan tetratsiklinlarni so‘rilishini kuchaytiradi va penitsillin va xloramfenikolni so‘rilishini kamaytiradi.
Homiladorlik va laktatsiya (emizish) davrida preparatni qo‘llash xavfsizligi yuzasidan klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tganidan so‘ng qo‘llanmasin.
Chiqarilish shakli
Kapsulalar, 120 kapsuladan plastmass flakonlarda, bir flakondan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan o‘ramda.
Saqlash sharoiti
10-25°S haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz!
Ishlab chiqaruvchi
GM Pharmaceuticals Ltd.
Gruziya, Tbilisi sh., Ponichala 65
Tel. +995 32 2404801/02; Faks +995 32 2404803
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.