Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Dentinoks N gel shakarsiz 10 g
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Лидокаин, синтанол, настойка ромашки
Страна производитель
Германия
Дозировка
10 г
Производитель
Dentinox Gesellschaft fur pharmazeuiticshe Preparate Lenk & Schuppan
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Гель для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Dentinoks-gel N
Dori shakli
og‘iz bo‘shlig‘ida mahalliy qo‘llash uchun gel.
Tarkibi
10 g gel quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
moychechak gullari nastoykasi1500 mg,
lidokain gidroxloridi 1 N2O34 mg,
polidokanol 60032 mg;
yordamchi moddalar sorbitol, ksilitol, propilenglikol, karbomer (974 R), 10% li natriy gidroksidi eritmasi, polisorbat 20, natriy edetati, natriy saxarini, mentol (levomentol), tozalangan suv.
Ta'rifi moychechak va yalpiz hidili, tovlanuvchi gel.
Farmakoterapevtik guruhi
asosan stomatologiyada qo‘llanadigan vosita.
ATX kodi A01AD11
Farmakologik xususiyatlari
Birinchi kurak tishlar, sut tishlari va keyinchalik doimiy tishlarni og‘riqsiz chiqishini ta'minlaydi. Milklarni ta'sirlanishi, og‘iz bo‘shlig‘i shilliq qavatini yallig‘lanishi (stomatit) va og‘riq hislarini oldini oladi.
Preparat tishlarni yorib chiqishini rag‘batlantirish va profilaktika maqsadlarida ananaviy qo‘llanadi. Tishlarni yorib chiqishida qo‘llanadigan Dentinoks gel qand o‘rnini bosuvchi vositalar – ksilitol va sorbitol saqlaydi, ular kariyes chaqirmaydi. Shu orqali tishlarni parchalanishining oldi olinadi. Tishlarni yorib chiqishida qo‘llanadigan Dentonoks gel N konservatsiya qiluvchi moddalar saqlamaydi.
Qo‘llanilishi
Dentinoks-gel N og‘iz bo‘shlig‘ida qo‘llanadi
Tishlarni yorib chiqishida og‘riqlarni qisqa muddatli yengillashtiruvchi yumshoq ta'sir etuvchi dori vositasi sifatida ananaviy qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Dentinoks-gel N ni har doim qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasidagi ko‘rsatmalarga muvofiq qo‘llang. Agar Siz biron-bir narsada ishonch hosil qilmasangiz, shifokordan so‘rang.
Agar shifokorning o‘zgacha ko‘rsatmasi bo‘lmasa, tishlarni yorib chiqishi chaqirgan og‘riqlarda qo‘llanadi. Dentinoks-gel N ni toza barmoq yoki toza paxtali tayoqcha yordamida gel tomchisini (no‘xatdek kattalikda) tishlar yorib chiqayotgan sohadagi milkning shikastlangan joyiga qo‘ying va yengil ishqalang. Muolajani sutkada 2-3 marta takrorlang, ayniqsa ovqatdan keyin va uyqudan oldin. Zarurati bo‘lganida preparatni sut tishlarini, keyinchalik doimiy tishlarni yorib chiqish butun davrida qo‘llang.
Gelni ko‘zlarga tushishidan saqlang!
Agar Siz Dentinoks-gel N ni keragidan ortiq surtgan bo‘lsangiz, nojo‘ya ta'sirlar (“Nojo‘ya ta'sirlari”ga qarang) kuchliroq namoyon bo‘lishi mumkin. Agar bu yuz bergan bo‘lsa, Dentinoks-gel N ni qo‘llashni bekor qiling va shifokorga murojaat eting.
Agar Siz Dentinoks-gel N ni surtishni unutgan bo‘lsangiz
Agar Siz uni qo‘llashni bir marta o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz gelning ikki martalik portsiyasini surtmang. Dori vositasini qo‘llash bo‘yicha qo‘shimcha savollar paydo bo‘lganda, shifokor bilan maslahatlashing.
Nojo‘ya ta'sirlari
Lidokain gidroxloridi mavjudligi tufayli allerik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Teri va shilliq qavatlarda yuqori sezuvchanlik reaktsiyalari paydo bo‘lganda Dentinoks-gel N ni qo‘llashni to‘xtatish va zarurati bo‘lganida shifokorga murojaat etish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dentinoks-gel N ni quyidagi holatlarda qo‘llash mumkin emas
moychechak gullari, boshqa murakkabguldoshlarga, lidokain gidroxloridi yoki unga yaqin mahalliy og‘riqsizlantiruvchi vositalarga yoki boshqa faol moddalardan birontasi yoki dori vositasining boshqa komponentlariga ma'lum o‘ta yuqori sezuvchanlikda, shuningdek fruktozani o‘zlashtiraolmaslik (fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik).
Dentinoks-gel N ni oziq-ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan bir vaqtda qo‘llanishi
Biron-bir maxsus ko‘rsatmalarning zarurati yo‘q.
Homiladorlik va laktatsiya
Dori vositasi faqat bolalarda tishlarni birinchi marta yorib chiqishida og‘riqlarni yengillashtirish uchun qo‘llanishi tufayli, ushbu preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Noma'lum.
Maxsus kщrsatmalar
Dentinoks-gel N ning boshqa komponentlari haqida muhim ma'lumot
Preparat qand, konservantlar saqlamaydi.
Tarkibi
da sorbitol mavjudligi tufayli ushbu dori vositasini kam uchraydigan fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmasligi (fruktozani nasliy o‘zlashtiraolmaslik) bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llash mumkin emas.
10 g gel 1 g sorbit (0,25 g fruktozaga to‘g‘ri keladi) saqlaydi, muvofiq ravishda 0,1 non birligidan kamroq. Kaloriyasi 2,6 kkal/g sorbitni tashkil qiladi.
Og‘izning shilliq qavatiga surtilganda propilenglikolni mavjudligi tufayli, mahalliy ta'sirlanish kuzatilishi mumkin.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Faol moddaning dozasini pastligi, shuningdek o‘ramning o‘lchami katta emasligi (10 g) tufayli, dozani oshirib yuborilishi uchun xarakterli bo‘lgan simptomlar hech qachan kuzatilmagan.
Hozirgi vaqtgacha intoksikatsiyaning biron-bir holati haqida xabar berilmagan.
Chiqarilish shakli
10 g dan alyumin tubalarda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutida.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
5 yil, tuba ochilgandan keyin 1 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Shifokor retseptisiz beriladi.
Ishlab chiqaruvchi
Dentinoks Obщestvo farmatsevticheskix preparatov Lenk & Shuppan
Nunsdofer Ring, 19, 12277 Berlin, Germaniya
Qayd etish guvohnomasining egasi
Dentinoks Obsh’estvo farmatsevticheskix preparatov Lenk & Shuppan
Nunsdofer Ring, 19, 12277 Berlin, Germaniya
Qozog‘iston Respublikasi xududida mahsulot (tovar) ning sifati bo‘yicha iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot manzili
Farma Garant GmbX firmasining vakolatxonasi, Jibek Joli 64, of.305, Olma-ota, Qozog‘iston, 050002, tel./faks (727)2 73 62 78
Elektron manzil pharmagarant.kaz@mail.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.