Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Fluimutsil vish. tab. 600mg №10
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Ацетилцистеин
Страна производитель
Швейцария
Производитель
Zambon S.p.A., Италия произведено: Zambon Switzerland Ltd
Форма выпуска
Таблетки шипучие
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
- Ta'sir etuvchi modda (MNN)
Preparatning savdo nomi
Fluimutsil®
Ta'sir etuvchi modda (MNN)
atsetiltsistein
Dori shakli
vishillovchi tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol madda 600 mg atsetiltsistein;
yordamchi moddalar 680 mg limon kislotasi, 500 mg natriy gidrokarbonati, 20 mg aspartam, 100 mg limon aromatizatori.
Ta'rifi oq, dumaloq, yuzasi g‘adir-budir, limon, biroz oltingugurt hidili tabletkalar.
Tabletkalar suvda eritilganidan keyin olingan preparat eritmasi biroz tovlanuvchi, limon aromatizatorining hidi va mazasiga ega bo‘lishi kerak.
Farmakoterapevtik guruhi
balg‘am ko‘chiruvchi mukolitik vosita.
ATX kodi R05CD01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Mukolitik vosita, balg‘amni suyultiradi, uning hajmini oshiradi, balg‘am ajralib chiqishini yengillashtiradi. Ta'siri atsetiltsisteinning erkin sulfgidril guruhlarini balg‘amning nordan mukopolisaxaridlarining ichki- va molekulalararo disulfid bog‘larini uzish qobiliyati bilan bog‘liq, bu mukoproteinlarning depolimerizatsiyasiga va balg‘amning qovushqoqligini kamayishiga olib keladi. Yiringli balg‘amda faolligini saqlaydi.
Bokalsimon xujayralar tomonidan qovushqoqligi kamroq sialomutsinlarning sekretsiyasini oshiradi, bronxlarning shilliq qavatining epitelial xujayralariga bakteriyalarning adgeziyasini pasaytiradi. Bronxlarning mukoz xujayralarini rag‘batlantiradi, ularning sekreti fibrinni eritadi. LOR-a'zolarining yallig‘lanishli kasalliklarida hosil bo‘luvchi sekretga xam o‘xshash ta'sir ko‘rsatadi. Elektrofil oksidlovchi toksinlarni neytrallash qobiliyatiga ega SH-guruhi bilan bog‘liq bo‘lgan antioksidant ta'sir ko‘rsatadi. Atsetiltsistein xujayralarning ichiga yengil kiradi, L-tsisteingacha atsetilsizlanadi, undan xujayra ichki glyutation sintezlanadi. Glyutation – yuqori reaktiv tripeptid, endogen va ekzogen erkin radikallarni va toksinlarni tutib oluvchi kuchli antioksidant, sitoprotektor. Atsetiltsistein xujayralarning oksidlovchi-qaytariluvchi jarayonlarida ishtirok etuvchi xujayra ichki glyutationning kamayib ketishini oldini oladi va sintezini oshishiga yordam beradi, shunday qilib zararli moddalarning detoksikatsiyasiga yordam beradi. Paratsetamol bilan zaharlanishda atsetiltsisteinning antidoti sifatidagi ta'siri shu bilan tushuntiriladi.
Alfa1-antitripsinni (elastazaning ingibitori), faol fagotsitlarning miyeloperoksidazasi tomonidan ishlab chiqariladigan oksidlovchi – HOCI ning faolsizlantiruvchi ta'siridan himoya qiladi. Shuningdek yallig‘lanishga qarshi ta'sirga ega (o‘pka to‘qimasida yallig‘lanishni rivojlanishiga javobgar bo‘lgan erkin radikallar va faol kislorod saqlovchi moddalarning hosil bo‘lishini susaytirishi hisobiga).
Farmakokinetikasi
Fluimutsil peroral qabul qilinganida yaxshi so‘riladi. U darhol jigarda sisteingacha deatsetillanadi. Qonda erkin va plazma oqsillari bilan bog‘langan atsetiltsisteinva uning metabolitlarining (tsistein, sistin, diatsetiltsistein) harakatdagi muvozanati kuzatiladi. Jigar orqali «birinchi o‘tish» ni yuqori samarasi tufayli, atsetiltsisteinning biokiraolishligi taxminan 10% ni tashkil qiladi. Atsetiltsistein xujayralararo bo‘shliqqa kiradi, asosan jigarda, buyrakda, o‘pkada, bronxial sekretda taqsimlanadi.
Plazmadagi maksimal kontsentratsiyasiga peroral qabul qilinganidan keyin 1-3 soat o‘tgach erishiladi va 15 mmol/l ni tashkil qiladi, plazma oqsillari bilan bog‘lanishi – 50%.
T1/2 – taxminan 1 soat, jigar sirrozida 8 soatgacha oshadi. Buyrak orqali nofaol metabolitlari ko‘rinishida (noorganik sulfatlar, diatsetiltsistein) chiqariladi, ahamiyatsiz qismi ichak orqali o‘zgarmagan xolda chiqariladi. Yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi.
Qo‘llanilishi
Balg‘amning ko‘chib chiqishini buzilishi bronxit, traxeit, bronxiolit, pnevmoniya, bronxoektatik kasallik, mukovistsidoz, o‘pka abstsessi, o‘pka emfizemasi, laringotraxeit, o‘pkalarning interstitsial kasalliklari, o‘pka atelektazi (shilimshiq tiqin bilan bronxlarning bekilib qolishi oqibatidagi).
Kataral va yiringli otit, gaymorit, sinusit (sekretning ajralib chiqishini yengillashishi).
Posttravmatik va operatsiyadan keyingi holatlarda nafas yo‘llaridan qovushqoq sekretini yo‘qotish.
Qo‘llash usuli va dozalari
Ichga. Kattalarga 600 mg 1 vishillovchi tabletka 1/3 stakan suvda eritiladi va kuniga bir marta qabul qilinadi.
Davolash kursining davomiyligini shaxsiy baholash kerak. O‘tkir kasalliklarda davolash kursining davomiyligi 5 kundan 10 kungachani tashkil qiladi; surunkali kasalliklarni davolashda – bir necha oygacha (shifokorning tavsiyasi bo‘yicha).
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda kuzatilishi mumkin ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, me'dani to‘lib ketishi hissi, qusish, diareya, teri toshmasi, qichishish, eshakemi, burundan qon ketishi, quloqlarda shovqin. Atsetiltsistein qabul qilinganida bronxospazm, kollaps, stomatit, trombotsitlar agregatsiyasini pasayishi hollari ta'riflangan.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Atsetiltsisteinga yuqori sezuvchanlik, zo‘rayish bosqichidagi me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligi, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar, laktatsiya davri.
Ehtiyotkorlik bilan me'da va 12 barmoq ichak yara kasalligi, qizilo‘ngach venalarining varikoz kengayishi, qon tupurish, o‘pkadan qon ketishi, fenilketonuriya, bronxial astma, buyrak usti bezlarining kasalliklari, jigar va/yoki buyrak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Atsetiltsisteinni yo‘talga qarshi vositalar bilan birga qo‘llash yo‘tal refleksini susayishi tufayli balg‘amning dimlanishini kuchaytirishi mumkin.
Tetratsiklinlar (doksitsiklindan tashqari), ampitsillin, amfoteritsin V kabi antibiotiklar bilan bir vaqtda qo‘llanganda, ularni atsetiltsisteinning tiol guruhi bilan o‘zaro ta'siri bo‘lishi mumkin, bu ikkala preparatning faolligini pasayishiga olib keladi. Shuning uchun bu preparatlarni qabul qilishlar orasida interval 2 soatdan kam bo‘lmasligi kerak.
Atsetiltsistein va nitroglitserinni bir vaqtda qabul qilish, nitroglitserinning tomirlarni kengaytiruvchiva dezagregant ta'sirini kuchayishiga olib kelishi mumkin.
Atsetiltsistein paratsetamolning toksik samaralarin bartaraf qiladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Bronxial astmasi va obstruktiv bronxiti bo‘lgan bemorlarga atsetiltsisteinni ehtiyotkorlik bilan, bronxial o‘tkazuvchanlikni muntazam nazorati ostida buyurish kerak.
Preparat aspartam saqlaydi, shuning uchun uni fenilketonuriyasi bo‘lgan bemorlarda qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Yengil oltingugurt hidini bo‘lishi, ta'sir etuvchi moddaning o‘ziga xos hididir.
Atsetiltsisteinni eritishda shisha idishdan foydalanish, metall va rezinali yuzalar bilan kontaktdan saqlanish kerak.
Preparatni homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Preparat homiladorlikda faqat, agar ona uchun taxmin qilinayotgan foyda, homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lganida buyuriladi.
Laktatsiya davrida preparatni buyurishning zarurati bo‘lgan holda emizishni to‘xtatish kerak.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Atsetiltsistein kuniga 500 mg/kg dozada qabul qilinganida dozani oshirib yuborilish belgilari va siptomlarini chaqirmaydi.
Chiqarilish shakli
Vishillovchi tabletkalar 600 mg.
2 yoki 10 tabletkadan laminatsiyalangan alyumin folga [poliamid – alyuminiy – polietilen/polietilen - alyuminiy] kontur uyali o‘ramda (blister).
1 yoki 2 blisterdan (10 tabletkadan) yoki 5 yoki 10 blisterdan (2 tabletkadan) qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
25°S dan yuqori bo‘lmagan xaroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
korxona
Zambon Svittserland Ltd.,
Via Industria 13, SN-6814 Kadempino, Shveytsariya.
Preparatning sifati bo‘yicha e'tirozlar quyidagi manzilga yuborilsin
«Zambon S.P.A.» AJ (Italiya) vakolatxonasi Rossiya, 121002 Moskva,
Gazovskiy muyulishi, 7 uy, 17 ofis.
Tel. (495) 933-38-30/32; Faks (495) 933-38-11
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.