Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Tabeks tab. 1.5mg №100
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Цитизин
Страна производитель
Болгария
Дозировка
1,5 мг
Производитель
Sopharma PLC
Рецептурный препарат
Нет
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Tabeks® (Tabex®)
Ta'sir etuvchi modda (XPN) sitizin
Dori shakli
plyonka qobiq bilan qoplangan tabletkalar.
Tarkibi
Har bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 1,5 mg sitizin (cytisine).
yordamchi moddalar laktoza monogidrati, mikrokristall sellyuloza (102 turi), talk, magniy stearati.
qobig‘ining tarkibi qisman gidrolizlangan polivinil spirti, titan dioksidi (E171), makrogol 3350, talk, temir (II, III) oksidi (E172), temir (II) oksidi (E172), temir (III) oksidi (E172).
Ta'rifi dumaloq, ikki tomonlama qavariq, och jigarrang, diametri 6 mm li plyonka qobiq bilan qoplangantabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
nikotinga qaramlikni davolash uchun vosita.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
Tabeks faol modda sitizin saqlaydi, u chekuvchiga nikotin singari ta'sir ko‘rsatadi.Tabeks tamaki chekishni, sigaretdan voz kechish bilan bog‘liq yoqimsiz hislar va diskomfortsiz astasekin to‘xtatilishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Sitizinning farmakokinetik parametrlari 36 ta sog‘lom ko‘ngillilar erkaklarda bitta1,5 mg plyonka qobiq bilan qoplangan Tabeks tabletkasini bir marta qabul qilgandan keyin aniqlangan.
So‘rilishi
Sitizin peroral qabul qilinganda me'da-ichak yo‘llarida oson so‘riladi.
Qon plazmasidagi taxminan 15,55 ng/ml ni tashkil qiluvchi maksimal kontsentratsiyasiga 0,92 soat davomida erishiladi.
Taqsimlanishi
Insonda o‘rganilmagan, shuning uchun ma'lumotlar yo‘q.
Quyonlarda peroral va vena ichiga yuborilganidan keyin taqsimlanish hajmi (Vd) mos ravishda 6,21 l/kg va 1,02 l/kg ni tashkil qilgan. Kalamushlarda peroral va vena ichiga yuborilganidan keyin jigarda, buyrakda va buyrak usti bezlarida sitizinning yuqori zardob kontsentratsiyasi aniqlanadi.
Metabolizmi va ekskretsiyasi
Sitizin jiddiy metabolik transformatsiyaga uchramaydi. Qabul qilingan dozaning 64% 24 soat davomida o‘zgarmagan holda buyrak orqali chiqariladi. Yarim chiqarilish davri taxminan 4 soatni tashkil qiladi. Sitizin uchun organizmda tutilishining o‘rtacha vaqti taxminan 6 soatni tashkil qiladi.
Qo‘llanilishi
Tabeks tamaki chekishga qaram (surunkali tabakizm), lekin undan voz kechishni xoxlovchi insonlarda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Tabeksni har doim ushbu ilovavaraqadagi ko‘rsatmalarga qat'iy rioya qilgan holda qabul qiling. Agar Siz nimagadir ishonch hosil qilmasangiz, o‘z shifokoringiz yoki farmatsevtdan so‘rang.
Dozalash
Kattalarda
Preparat ichga quyidagi sxema bo‘yicha qo‘llanadi
1-chi kundan 3 kungacha 1 tabletkadan, har 2 soatda (kuniga 6 tabletka) qabul qilinadi. Bu kunlar davomida chekilgan sigaretalar sonini astasekin kamayib borishi kutiladi. Agar natijasi qoniqarli bo‘lmasa, davolash to‘xtatiladi va 2-3 oydan keyin davolashni qaytadan boshlash mumkin.
Ta'siri yaxshi bo‘lsa, davolash quyidagi sxema bo‘yicha davom ettiriladi
4-chi kundan 12-chi kungacha – 1 tabletkadan, har 2,5 soatda (kuniga 5 tabletka);
13-chi kundan 16-chi kungacha – 1 tabletkadan, har 3 soatda (kuniga 4 tabletka);
17-chi kundan 20-chi kungacha – 1 tabletkadan, har 5 soatda (kuniga 3 tabletka);
21-chi kundan 25-chi kungacha – kuniga 1-2 tabletkadan qabul qilinadi.
Pediatrik populyatsiya va 65 yoshdan katta patsiyentlar
Bolalarda va 18 yoshdan kichik o‘smirlarda va 65 yoshdan katta patsiyentlarda Tabeksning xavfsizligi va samaradorligi aniqlanmagan.
Qo‘llash usuli
Tabletkalar ichga butunligicha, yetarli miqdordagi suv bilan qabul qilinadi.
Davolanish boshlanganidan keyingi beshinchi kunida chekishni butunlay to‘xtatilishi yuz berishi kerak. Davolash kursi tamom bo‘lganidan keyin patsiyent irodali bo‘lishi kerak va o‘zini bironta ham sigareta chekishiga yo‘l qo‘ymasligi kerak.
Davolash davomiyligi sxema bo‘yicha.
Agar Siz dori vositasining samarasi juda kuchli yoki juda kuchsiz ekanligini sezsangiz, davolovchi shifokoringiz bilan maslahatlashishingizni so‘raymiz.
Agar Siz Tabeksni qabul qilishni o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz
Agar Siz bitta dozani o‘tkazib yuborgan bo‘lsangiz, uni iloji boricha tezroq qabul qiling. Agar keyingi dozani qabul qilish vaqti deyarli kelgan bo‘lsa, unutilgan dozani o‘tkazib yuborib, uni odatdagidek qabul qiling. O‘tkazib yuborilgan dozani o‘rnini to‘ldirish uchun ikki barobar dozani qabul qilmang. Dori vositasini ushbu ilovavaraqada ko‘rsatilganidek qabul qilishni davom ettiring.
Agar Sizda ushbu dori preparatini qo‘llash bilan bog‘liq har qanday qo‘shimcha savollar tug‘ilsa, shifokoringiz yoki farmatsevtga murojaat qilishingizni so‘raymiz.
Nojo‘ya ta'sirlari
Barcha dori preparatlari kabi Tabeks ham, ular hammada ham namoyon bo‘lmasligiga qaramay, nojo‘ya samaralarni chaqirishi mumkin.
Nojo‘ya reaktsiyalar uchrash teztezligiga qarab ifodalangan.
Tabeks bilan davolashda, ayniqsa davolashni boshida, quyidagi nojo‘ya ta'sirlar kuzatilishi mumkin
Teztez (100 patsiyentdan 1 tadan 10 tasigacha ta'sir qiladi) bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qorinning yuqori qismida og‘riqlar, ko‘ngil aynishi, og‘izni qurishi, dispepsiya (me'dada diskomfort, ovqatdan so‘ng kekirish).
Teztez emas (1000 patsiyentdan 1 tadan 10 tasigacha ta'sir qiladi) uyqusizlik, uyquchanlik, qabziyat, diareya, qusish.
Teztez noma'lum (mavjud ma'lumotlar bo‘yicha aniqlashning imkoni yo‘q) yurak ritmini va yurak urishini tezlashishi, arterial bosimni biroz oshishi, yuqori jizzakilik, nafas olishni qiyinlashishi, ta'mni va ishtaxani o‘zgarishi, qorinda og‘riq, mushak og‘riqlari, ko‘krakda og‘riqlar, vaznni yo‘qotilishi, ko‘p terlash.
Agar nojo‘ya ta'sirlardan birontasi jiddiy tus olsa yoki agar Siz ushbu ilovavaraqada keltirilmagan boshqa nojo‘ya ta'sirlarni sezsangiz, bu haqida shifokoringizni yoki farmatsevtni xabardor qilishingizni so‘raymiz.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Tabeksni quyidagi holatlarda qabul qilmang
-agar Sizda faol modda sitizinga yoki Tabeksning boshqa har qanday tarkibiy qismlariga allergiya (o‘ta yuqori sezuvchanlik) bo‘lsa;
-yaqinda o‘tkazilgan miokard infarkti yoki miya jarohati, nostabil stenokardiya, yurak ritmini buzilishi (yurak aritmiyasi), ateroskleroz; og‘ir arterial gipertenziya.
-homiladorlik vaqti va emizish davrida.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Agar Siz boshqa dorilarini, shu jumladan retseptsiz beriladigan dorilarni qabul qilayotgan yoki yaqinda qabul qilgan bo‘lsangiz, bu haqida shifokoringizga yoki farmatsevtga xabar berishingizni so‘raymiz.
Agar Siz fizostigmin, galantamin (nimfalaj, falaj va dementsiyani davolash uchun vosita) kabi dori preparatlarini, statinlarni (lipidlarni pasaytirish uchun preparatlar), qon bosimini pasaytiruvchi dori preparatlarini, teofillinni (astmani davolash uchun vosita), ropinirolni (Parkinson kasalligini davolash uchun vosita), klozapin va olanzapinni (antipsixotiklarni) qabul qilayotgan bo‘lsangiz, Tabeks bilan bir vaqtda qo‘llanganda ularning nojo‘ya ta'sirlari kuchayishi mumkinligi sababli, bu haqida shifokoringizni xabardor qiling.
Maxsus ko‘rsatmalar
Tabeksni qo‘llashda alohida ehtiyotkorlikka rioya qiling.
Tabeksni qo‘llash xavfsizligiga taalluqli klinik tajribalar yetarli emasligi sababli, uni quyidagi kasalliklari bo‘lgan patsiyentlarda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak
-yurak ishemik kasalligi (yurak mushaklarini qon bilan ta'minlanishini buzilishi);
-yurak yetishmovchiligi (yurak mushaklarini kuchsizligi);
-arterial gipertenziya (yuqori qon bosimi);
-tomirli-miyakasalliklari;
-qon tomirlarini bekilib qolishi;
-buyrak va jigar kasalliklari;
-gipertirioidizm (qalqonsimon bezini yuqori faoliyati);
-yara kasalligi;
-qandli diabet;
-buyrak usti bezlarining xromaffin o‘smalari;
-gastroezofageal reflyuks kasalligi (qizilo‘ngachni pastki qismiga me'da shirasi chiqishi sababli achishish xissi namoyon bo‘ladi);
-psixik kasalliklar (shizofreniyaning ba'zi shakllari).
Patsiyentlarning bu kategoriyasiga oldindan shifokor bilan maslahatlashmasdan va foyda/xavf nisbatini baholamasdan Tabeksni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Tabeksni 18 yoshdan kichik bolalarda va 65 yoshdan katta patsiyentlarda qo‘llashda xavfsizligiga taalluqli klinik tajribalar yetarli emas, shuning uchun bu yosh guruhlarida uni qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Tabeksni ovqat mahsulotlari va ichimliklar bilan qabul qilinishi
Ovqat va ichimliklar Tabeksning samarasiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Homiladorlik va emizish davri
Har qanday dori vositasini qo‘llashdan avval shifokoringiz yoki farmatsevt bilan maslahatlashing.
Agar Siz homilador yoki emizikli bo‘lsangiz, Sizga Tabeks bilan davolanish mumkin emas.
Dori vositasini transport vositalarini yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirning o‘ziga xosligi
Tabeksni yuqori diqqat va reaktsiya tezligini talab qiluvchi xarakatlarga salbiy ta'siri haqida ma'lumotlar yo‘q.
Dori mahsulotining ba'zi tarkibiy qismlari haqida muhim mahlumot
Ushbu dori preparati laktoza saqlaydi. Agar Sizda ba'zi qandlarni o‘zlashtiraolmaslik bo‘lsa, Tabeks bilan davolanishni boshlashdan avval bu haqida shifokoringizni xabardor qilishingiz kerak.
Preparat yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin va bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin.
Dozani oshirib yuborilishi
Agar Siz Tabeksni keragidan ortiq dozasini qabul qilgan bo‘lsangiz
Agar Siz ilovavaraqada ko‘rsatilganidan yuqori dozani qabul qilgan bo‘lsangiz, Sizda ko‘ngil aynishi, qusish, ko‘p terlash, tremor, ko‘rishni buzilishi, ko‘z qorachig‘larini kengayishi, yurak ritmini tezlashishi, nafas olishni qiyinlashishi, umumiy holsizlik, tirishishlar paydo bo‘lishi mumkin. Bunday hollarda Tabeksni qabul qilishni to‘xtating va shifokor bilan maslahatlashing yoki yaqin oradagi davolash muassasasidan yordam so‘rang.
Chiqarilish shakli
Plyonka qobiq bilan qoplangan 20 tabletka qattiq, rangsiz, tiniq PVX plyonkali/alyumin folgali blisterga; 5 blisterdan preparatni qo‘llash bo‘yicha ilovavaraqasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Namlikdan himoyalash uchun original o‘ramda, 25oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
SOFARMA AJ Bolgariya
1220 Sofiya, Iliyenskoye shosse ko‘ch., 16
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.