Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Izoniazid tab. 300 mg №100
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Изониазид
Дозировка
300 мг
Производитель
ОАО «Мосхимфармпрепараты им. Н. А. Семашко» и др., Россия
Рецептурный препарат
Да
Форма выпуска
Таблетки
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Izoniazid
Ta'sir etuvchi modda (XPN) izoniazid
Dori shakli
tabletkalar
Tarkibi
Bir tabletka quyidagilarni saqlaydi
faol modda 300 mg izoniazid;
yordamchi moddalar kaltsiy gidrofosfati, makkajo‘xori kraxmali, dinatriy edetati, makkajo‘xori kraxmali (quritilgan), tozalangan talk, kolloid kremniy dioksidi, magniy stearati.
Ta'rifi oq rangli, dumaloq, ikki yoqlama qavariq, qobiq bilan qoplanmagan, ikki tomonlari silliq tabletkalar.
Farmakoterapevtik guruhi
tuberkulyozga qarshi vosita.
ATX kodi J04AC01.
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
si
I-qator tuberkulyozga qarshi vosita. Bakteritsid ta'sir ko‘rsatadi. Izoniazid hujayra ichida va tashqarisida joylashgan, eng avvalo faol bo‘linayotgan Mycobacterium tuberculosis ga nisbatan faol. Uning ta'sirini aniq mexanizmi ma'lum emas. U mikobakteriyalar hujayra devorining tarkibiga kiruvchi mikol kislotalari sintezining susayishi bilan bog‘liq deb taxmin qilinadi.
Farmakokinetikasi
Ichga qabul qilinganidan keyin me'da-ichak yo‘llarida yaxshi so‘riladi. Ovqat bilan birga qabul qilinganida so‘rilishi va biokiraolishligi pasayadi. Organizmning barcha to‘qimalari va suyuqliklari bo‘ylab keng tarqaladi. Plazma oqsillari bilan bog‘lanishi juda past (010%). Jigarda metabolizmga uchraydi. Asosan siydik bilan, ko‘p bo‘lmagan miqdorda ahlat bilan chiqariladi.
Qo‘llanilishi
Faol tuberkulyozning hamma shakllarini, shu jumladan tuberkulyoz meningitini davolashda (majmuaviy terapiya tarkibida) qo‘llaniladi. Tuberkulyoz bo‘lgan bemorlar bilan yaqin aloqadagi shaxslarda; tuberkulinga ijobiy teri reaktsiyasi (5 mm dan ortiq) bo‘lgan va avj olmayotgan tuberkulyozni ko‘rsatuvchi rentgenologik ma'lumotlari bo‘lgan shaxslarda; tuberkulinga ijobiy reaktsiyasi (10 mm dan ortiq) bo‘lgan va disseminatsiyaning yuqori havfi bo‘lgan 4 yoshdan kichik bolalarda tuberkulyozni oldini olishda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Doza kasallikning xarakteri va shakliga ko‘ra, shaxsiy ravishda belgilanadi.
Kattalar va o‘smirlarga ichga 300 mg dan sutkada 1 marta yoki sutkada 15 mg/kg dan haftada 23 marta (terapiya sxemasida aniqlanganidek), bolalarga 1020 mg/kg dan sutkada 1 marta yoki 2040 mg/kg dan haftada 23 marta (terapiya sxemasida aniqlanganidek) buyuriladi.
Kattalar uchun maksimal sutkalik doza ichga qabul qilinganda 300 mg ni tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda psixoz, eyforiya, uyquni buzilishi, periferik nevrit.
Ovqat hazm qilish tizimi tomonidan ko‘ngil aynishi, qusish, dori gepatiti.
Yurakqon tomir tizimi tomonidan yurak sohasida og‘riqlar.
Endokrin tizim tomonidan juda kam hollarda erkaklarda sut bezlarini kattalashishi (ginekomastiya), ayollarda – menorragiyalar.
Allergik reaktsiyalar teri toshmasi, qichishish.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Anamnezda tutqanoq, tirishish xurujlari va poliomiyelit, jigar va/yoki buyrak faoliyatidagi buzilishlarda, aterosklerozda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Rifampitsin bilan bir vaqtda qo‘llanganda gepatotoksik ta'sirini rivojlanish xavfi (ayniqsa jigar faoliyatini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda) oshadi.
Paratsetamol bilan bir vaqtda qo‘llanganda gepatotoksik ta'sirini rivojlanish xavfi oshadi, chunki izoniazid R450 sitoxromini induktsiyasini chaqiradi, bu paratsetamolning toksik metabolitlarining sonini oshishiga olib keladi.
Izoniazidni karbamazepin yoki fenitoin bilan bir vaqtda qo‘llanganda karbamazepin va fenitoin metabolizmi susayadi, bu qon plazmasida ularning kontsentratsiyasini oshishiga va toksik ta'sirini kuchayishiga olib keladi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Izoniazidni yurako‘pka yetishmovchiligining og‘ir shakllarida va/yoki arterial gipertenziyada, YuIK da, tarqalgan aterosklerozda, nerv tizimi kasalliklarida, bronxial astmada, psoriazda, zo‘rayish bosqichidagi ekzemada, miksedemada 10 mg/kg dan ortiq dozada qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Mycobacterium tuberculosis ning chidamliligini tez rivojlanishini oldini olish uchun izoniazid boshqa tuberkulyozga qarshi vositalar bilan majmuada qo‘llanadi.
In'ektsiyadan so‘ng patsiyent 11,5 soat davomida yotishi kerak.
Preparatning nojo‘ya ta'sirlarini kamaytirish uchun izoniazid bilan bir vaqtda piridoksin (ichga yoki m/i), yoki glyutamin kislotasi (ichga), yoki tiamin (m/i) buyuriladi.
Izoniazid jigarda atsetil guruhini qo‘shilishi yo‘li bilan nofaol metabolitlargacha metabolizmga uchraydi. Atsetil guruhini qo‘shilish darajasi genetik omillar bilan determinatsiya qilingan. Metabolizmi turli xil darajada ekanligi sababli izoniazidni qo‘llashdan avval uning qondagi va siydikdagi faol moddasini miqdori bo‘yicha inaktivatsiya tezligini aniqlash maqsadga muvofiq. Tez inaktivatsiya kuzatilgan patsiyentlarga izoniazid ancha yuqori dozalarda qo‘llaniladi.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanilishi
Izoniazid homiladorlik va laktatsiya davrida (emizish davrida) qo‘llanishi mumkin.
Izoniazid yo‘ldosh to‘sig‘i orqali o‘tadi, ko‘krak suti bilan ajralib chiqadi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari bosh aylanishi, ongni chalkashishi, qusish, tormozlanish, dezoriyentatsiya, uyquchanlik.
Davolash me'dani yuvish; zarurati bo‘lganida simptomatik davolash. Spetsifik antidot mavjud emas.
Chiqarilish shakli
Tabletkalar 300 mg dan.
28 tabletka blisterda (PVX/alyumin). 24 blister qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalanganjoyda 30°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
4 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept bo‘yicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Makleodz Farmasyutikalz Ltd.” , Hindiston.
Atlanta Arkad, Anderi (Ist), Mumbay 400059, Hindiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.