Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Germaniya
Производитель
Pharma Wernigerode GmbH
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Chiqarilish shakli
Капли для приема внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Eskuzan
Dori shakli
ichga qo‘llash uchun tomchilar.
Tarkibi
1 g quyidagilarni saqlaydi
faol modda ot kashtani urug‘ining quruq ekstrakti (5—71)
ekstragent etanol 60% (V/V) 47,25 mg,
tiamin gidroxloridi 5,0 mg;
yordamchi moddalar etanol 96%, laktoza monogidrati, kolloid kremniy dioksidi,
tozalangan suv.
Ta'rifi Sariq rangdan qizg‘ish-jigarrang rangacha bo‘lgan tiniq yoki bir oz xira suyuqlik. Saqlash jarayonida cho‘kmalar hosil bo‘lishi mumkin.
Farmakoterapevtik guruhi
Angioprotektorlar. Kapillyarlar o‘tkazuvchanligini pasaytiruvchi preparatlar.
ATX kodi C05CX03
Farmakologik hususiyatlari
Dori vositasi venalar tonusini oshiruvchi, antizksudativ ta'sir ko‘rsatadi. Lizosomal fermentlar kontsentratsiyasini kamaytiradi, buning oqibatida kapillyarlar devorida mukopolisaxaridlarni parchalanishi kamayadi. Preparat pastmolekulyar protsinlar, elektrolitlar va suvni xujayralararo bo‘shliqqa fil'tratsiyasini bartaraf qilib, qon tomirlar o‘tkazuvchanligini pasaytiradi.
Transkapillyar fil'tratsiyasini pasaytiradi va periferik shish, oyoqlarda og‘irlik, charchoq, zo‘riqish hissini, qichishish, og‘riqni kamaytiradi.
Farmakodinamika
Ot kashtani urug‘ining ekstraktining aniq ta'sir mexanizmi noma'lum. Klinik oldi va klinik farmakologik tadqiqotlar Ot kashtani urug‘ining eketraktining (estsin bo‘yicha standartlashtirilgan) venoz tonus va kapillyar fil'tratsiya tezligiga ta'sir ko‘rsatishini namoyish qilgan. 17 klinik tadqiqotlarning natijalarini meta-tahlili asosida Ot kashtani urug‘ining ekstrakti (estsin bo‘yicha standartlashtirilgan) shish, og‘riq va qichishish kabi surunkali venoz yetishmovchilik sipmtolarini platseboga nisbatan sezilardi darajada pasaytiradi degan xulosa qilish mumkin.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Xavfsizlik bo‘yicha klinik oldi ma'lumotlar
Klinik oldi ma'lumotlar to‘liq bo‘lib hisoblanmaydi. Tibbiy qo‘llashning ko‘p yillik tajribasi Ot kashtani ekstraktining xavfsizligini tasdiqlagan. Mutagenlik tadqiqotlari (Eyms testi) estsinning mutagen xususiyatlarini aniqlamagan. Kantserogenlik va reproduktiv toksiklik yuzasidan tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Qo‘llanilishi
Surunkali venoz yetishmovchiligi va uning asoratlari, shu jumladan qon bilan ta'minlashning funktsional buzilishlari (shishlar, boldir mushaklarini tirishishlari, oyoqlarda og‘riq va og‘irlik xissi, venalarning varikoz kengayishi) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Kuniga 3 marta ovqatdan oldin 12-15 tomchidan ko‘p bo‘lmagan miqdordagi suyuqlik bilan ichga qabul qilinadi.
Qabul qilishdan oldin chayqating!
Kurs davomiyligi davolashning samaradorligi va o‘zlashtiraolinishiga qarab individual ravishda belgilanadi. Dori vositasini qabul qilish kamida o‘rtacha 4 xafta davom etadi. Davomliroq davolashni o‘tkazish zarurati shifokor tomonidan belgilanadi.
Jigar va buyrak funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda qo‘llanishi
Buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish talab etilmaydi.
Jigar funktsiyasini buzilishi bo‘lgan patsiyentlarda dozaga tuzatish kiritish zarurligi haqida yetarli ma'lumotlar yo‘q.
Bolalar va o‘smirlarda qo‘llanishi
Dori vositasi bolalar va 18 yoshgacha bo‘lgan o‘smirlarda qo‘llanilmaydi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kuzatilishi mumkin bo‘lgan nojo‘ya ta'sirlar-me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar, ko‘ngil aynishi, bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, qichishish va allergik reaktsiyalar. Ularni namoyon bo‘lish tez-tezligi noma'lum. Ot kashtani ekstraktini saqlovchi dori vositasini qabul qilgandan keyin allergik reaktsiyaning bitta holati ta'riflangan. Yuqori sezuvchanlikning birinchi belgilarida (masalan terida toshmalar) ushbu preparatni qabul qilishni to‘xtatish kerak.
Yuqorida ta'riflanmagan nojo‘ya reaktsiyalar yuzaga kelganida shifokor yoki farmatsevtga maslahat uchun murojaat etish kerak.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Preparat komponentlariga yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, laktatsiya davrida, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Antikoagulyantlarning ta'sirini kuchaytiradi.
Sul'fat saqlovchi infuzion eritmalar bilan bir vaqtda qo‘llanilganida tiaminning ta'siri kamayadi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Jigar, buyrakning funktsional kasalliklari, alkogolizm, bosh miya jarohati, bosh miya kasalliklari va avtikoagulyantlar bilan bir vaqtda ehtiyotkorlik bilan qo‘llash kerak.
4 xafta davolagandan keyin simptomatik samara yetarli bo‘lmaganida yoki qoniqarsiz bo‘lganida, patsiyont shishning boshqa bo‘lishi mumkin bo‘lgan sabablari yuzasidan shifokor bilan maslahatlashishi kerak.
Venoz yetishmovchilikning kuchli yaqqollikdagi simptomlari (ayniqsa bitta oyoqda) – shish, teri rangini o‘zgarishi, zo‘riqish yoki qizib ketish hissi, og‘riq to‘satdan paydo bo‘lganida oyoq venalarining trombozini inkor etish uchun shifokorga murojaat etish kerak.
Bir martalik maksimal dozadagi etanolning miqdori 166 mg ni tashkil qiladi.
Yurak yoki buyrak yetishmovchiligi belgilari paydo bo‘lganida darhol shifokorga murojaat etish kerak.
Patsiyentlar shifokor tomonidan buyurilgan kompression davolovchi trikotaj (gol'fi, paypoq) ni taqib yurish, kompresslar, oyoq sohasiga sovuq dush va boshqalar kabi qo‘shimcha davolash choralariga qat'iy rioya qilishlari kerak.
Homiladorlik va emizish davrida qo‘llanishi
Qo‘llash mumkin emas.
Avtomobilni boshqarish va mexanizmlar bilan ishlash qobiliyatiga ta'siri
Dori vositasi etil spirti saqlaydi. Tavsiya etilgan dozalarda qabul qilinganda avtomobilni boshqarish va diqqatni yuqori jamlash va aniq harakat koordinatsiyasini talab etuvchi ishlarni bajarish qobiliyatiga ta'sir ko‘rsatmaydi.
Dozani oshirib yuborilishi
Ot kashtani urug‘idagi saponinlar dozani oshirib yuborilganda ma'lum nojo‘ya samarasi — ko‘ngil aynishi hissini kuchayishiga, shuningdek qusish va ich ketishiga olib kelishi mumkin. Bu simptomlarni bartaraf etish uchun choralarni ko‘rish zarurligi yuzasidan shifokor bilan maslahatlashing.
Dozani oshirib yuborilishi
ning simptomlari
Ot kashtanini ovqat bilan iste'mol qilgandan keyin zaharlanishning quyidagi belgilari kuzatilgan bezovtalik, kuchli qusish va ich ketishi, midriaz, uyquchanlik, deliriy, ayrim hollarda-24-48 soatdan keyin nafas yo‘llari falaji bilan bog‘liq o‘lim.
Dozani oshirib yuborilgandagi choralar va aks ta'sir ko‘rsatuvchi vositalar
Terapevtik vositalar sifatida quyidagilar tavsiya etiladi
- agar preparatni ko‘p miqdorda iste'mol qilgandan keyin qusish kuzatilmasa, me'dani yuvish (masalan 0,02% li kaliy permanganati eritmasi) va faollashtirilgan ko‘mirni qabul qilish kerak;
- boshqa hollarda simptomatik davolash o‘tkaziladi.
Chiqarilish shakli
20 ml dan tomchilagich-tiqinli va buraladigan plastmassa qopqoqchali to‘q rangli flakonlarda. Bir flakon tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylangan.
Saqlash sharoiti
8°C dan 25°C gacha haroratda saqlansin. Muzlatilmasin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin1
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach preparat qo‘llanilmasin
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Qayd etish guvohnomasining egasi
Esparma GmbX
Bilefel'der Shtrasse 1,39171 Zyul'tsetal'/Osterveddingen, Germaniya.
Ishlab chiqaruvchi
ning nomi va manzili
Farma Vernigerode GmbX
Dornbergseveg 35,38855 Vernigerode, Germaniya.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.