Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
L-lizin estsinat 5 ml №10
Nomi | Narx | |||||
L- лизина эсцинат 5 мл №10 (611024##2 363) |
UZS 194 300
Stokda yetarli (2)
|
-
+
|
Sotib oling
|
|||
L- лизина эсцинат 5 мл №10 (611024##2 374) |
UZS 194 300
Stokda yetarli (3)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Эсцина лизинат
Kelib chiqqan mamlakat
Ukraina
Дозировка
1 мг/мл
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Галичфарм,АО корпорация Артериум,Украина
Retsept bo'yicha dorilar
Да
Chiqarish shakli
Раствор для инъекций
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakodinamika
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
L-lizin estsinat
Ta'sir etuvchi modda (XPN) lizin (lysine)
Dori shakli
in'ektsiya uchun eritma
Tarkibi
1 ml eritma quyidagilarni saqlaydi
faol modda 1 mg L-lizina estsinat 100% moddaga qayta hisoblaganda;
yordamchi moddalar 96% li etanol, propilenglikol, in'ektsiya uchun suv.
Ta'rifi tiniq, rangsiz suyuqlik.
Farmakoterapevtik guruhi
vazoprotektorlar. Kapillyarlarni barqarorlashtiruvchi vositalar.
ATX kodi S05SX
Farmakologik xususiyatlari
Farmakodinamika
Preparat yallig‘lanishga qarshi, shishlarga qarshi va og‘riqsizlantiruvchi ta'sir ko‘rsatadi. Estsin lizosomal gidrolazalarning faolligini pasaytiradi, bu kapillyarlar devorida va biriktiruvchi mukopolisaxaridlarni parchalanishini oldini oladi, ularni o‘rab oladi, shu bilan birga o‘tkazuvchanligi yuqori tomir-to‘qimalarni normallashtiradi va antiekssudativ (shishlarga qarshi), yallig‘lanishga qarshi va og‘riqsizlantiruvchita'sir ko‘rsatadi. Preparat qon tomirlarning tonusini oshiradi, immunitetni muvofiqlashtiruvchi va gipoglikemik samara namoyon qiladi.
Farmakokinetikasi
O‘rganilmagan.
Qo‘llanilishi
Posttravmatik, intra- va operatsiyadan keyingi turli joydagi shishlarni majmuaviy davolash tarkibida bosh va orqa miyaning og‘ir shishlari, shu jumladan bosh suyagi ichki qon quyilishlari, bosh miya ichki bosimini oshishi, shishish ko‘rinishlari; bosh miya qon aylanishini surunkali buzilishi va vegeto-tomirli distoniyada likvor-venozli buzilishlar; tayanch-harakat apparatinijalb qilingan qon bilan ta'minlanishini lokal buzilishlari va og‘riq sindromi bilan kechadigan yumshoq to‘qimalarning shishi; umurtqa pog‘onasi, gavda, oyoq-qo‘llarning shish-og‘riq sindromi; shish-yallig‘lanish sindromi bilan kechuvchi o‘tkir tromboflebitda oyoqlarning venoz qon aylanishini og‘ir buzilishida qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Preparat qat'iy vena ichiga (arteriya qon tomiriga yuborilmasin!) 5-10 ml sutkalik dozada sekin yuboriladi. Vena ichiga tomchilab yuborish tavsiya etilgan. Infuzion eritma tayyorlashda L-lizina estsinat natriy xloridning 15-50 ml 0,9% li eritmasida eritiladi.
Bemorni hayotiga xavf soluvchi holatlarda (o‘tkir bosh miya jarohatlari, intra- va operatsiyadan keyingi shishish ko‘rinishlari bo‘lgan bosh va orqa miya shishlari, yumshoq to‘qimalar va tayanch-harakat apparatining katta jarohatlari natijasida katta o‘lchamli shishlik) sutkalik dozani 2 yuborishga bo‘lib 20 ml gacha oshiriladi.
Kattalar uchun maksimal sutkalik doza - 25 ml ni tashkil etadi.
Bolalarda bir martalik doza 1-5 yosh – 1 kg tana vazniga 0,22 mg; 5-10 yosh – 0,18 mg/kg; 10 yosh va undan kattalarga - tana vazniga 0,15 mg/kg L-lizina estsinatni tashkil qiladi. Preparat sutkada 2 marta yuboriladi.
Davolash kursining davomiyligi – bemorning holati va davolashni samaradorligiga qarab2 kundan 8 kungachani tashkil qiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
Alohida patsiyentlarda estsinga nisbatan individual yuqori sezuvchanlikda quyidagi nojo‘ya ta'sirlar yuzaga chiqishi mumkin
allergik reaktsiyalar teri toshmasi (papulyoz, petexial, eritematoz), qichishish, terini giperemiyasi, gipertermiya, eshakemi, yakka hollarda – Kvinke shishi, anafilaktik shish;
markaziy va periferik nerv tizimi tomonidan bosh og‘rig‘i, bosh aylanishi, tremor, paresteziya, yakka hollarda – lapanglab yurish, muvozanatni buzilishi, qisqa muddatli hushni yo‘qotish;
jigar va biliar tizimi tomonidan transaminaza va bilirubin darajasini oshishi;
me'da-ichak yo‘llari tomonidan ko‘ngil aynishi, yakka hollarda – qusish, diareya, qorinda og‘riq;
yurak-qon tomir tizimi tomonidan arterial gipotenziya, arterial gipertenziya, taxikardiya, ko‘krak qafasida og‘riq;
nafas a'zolari tomonidan yakka hollarda – havo yetishmaslik hissi, hansirash, bronxoobtruktsiya, quruq yo‘tal;
mahalliy reaktsiyalar vena ichiga yuborish mobaynida achishish hissi, flebit, yuborilgan joyda og‘riq va shish;
boshqalar umumiy holsizlik, et uvushishi, qizib ketish hissi, belda og‘riq, ko‘p terlash.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- L-lizina estsinatga va/yoki preparatni boshqa komponentiga yuqori sezuvchanlik;
- qon ketishini faol davom etishi, bunda gemodinamika noturg‘un kechadi;
- buyrak funktsiyasini og‘ir buzilishi;
- jigar funktsiyasini og‘ir buzilishi;
- homiladorlik;
- emizish davri;
- 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
L-lizina estsinat bilan davolashda ko‘rmatmalarga muvofiq boshqa dori vositalari (yallig‘lanishga qarshi, og‘riqsizlantiruvchi, antibakterial) ni buyurish mumkin. Nefrotoksiklikni oshishi mumkinligi tufayli preparatni aminoglikozidlar bilan bir vaqtda qo‘llash kerak emas. L-lizina estsinatni buyurishdan oldin o‘tkazilgan uzoq muddatli antikoagulyantlar bilan davolash hollarida yoki zarurat bo‘lganida L-lizina estsinat va antikoagulyantlar bir vaqtda qo‘llanganida oxirgining dozasini tuzatish (dozani kamaytirish) va protrombin indeksining nazoratini o‘tkazish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Gepatoxoletsistiti bo‘lgan alohida bemorlarda preparat buyurilganida transaminaza va bilirubin (erkin frantsiyasi) faolligini qisqa muddatli oshishi kuzatilishi mumkin, bu bemorlar uchun xavf tug‘dirmaydi va preparatni bekor qilish talab etilmaydi.
Homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llanishi
Preparatni homiladorlik yoki emizish davrida qo‘llash mumkin emas (davolash vaqtida emizishni to‘xtatish kerak).
Avtotransportni boshqarish va boshqa mexanizmlar bilan ishlash reaktsiya tezligiga ta'sir etish qobiliyati
Hozirgi vaqtda xabarlar yo‘q, biroq preparatni qo‘llaganda nerv tizimi tomonidan taxmin qilingan nojo‘ya reaktsiyalar rivojlanishini mumkinligini inobatga olish kerak.
Bolalar
1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga preparatni qo‘llash mumkin emas.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari qizib ketish, taxikardiya, menorragiya, ko‘ngil aynishi, jig‘ildon qaynashi, epigastriyada og‘riq.
Davolash simptomatik davolash.
Chiqarilish shakli
5 ml dan ampulada. 5 ampuladan plyonka bilan qoplangan blisterda. 2 blisterdan qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi va ampula skarifikatori bilan birga qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Original o‘ramida 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retsept buyicha.
Ishlab chiqaruvchi
“Galichfarm” JAJ,
Ukraina, 79024, Lьvov sh.,Oprыshkovskayako‘ch., 6/8.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.