Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Ацикловир
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
АО Алтайвитамины
Chiqarilish shakli
Мазь для наружного применения
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Atsiklovir
Ta'sir etuvchi modda (XPN) atsiklovir
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun surtma
Tarkibi
100 g surtmada
Faol modda atsiklovir 5 g
Yordamchi moddalar Lipokomp «S», polietilenoksid 400, emulьgator №1, nipagin, paraoksibenzoy kislotasining propil efiri, tozalangan suv.
Ta'rifi oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli surtma
Farmakoterapevtik guruhi
viruslarga qarshi vosita
ATX kodi D06BB03.
Farmakologik xususiyatlari
Atsiklovir Herpes simplex ning 1 va 2 turlari, Varicella zoster virusi, Epshteyn Barr virusi va sitomegaloviruslarga nisbatan faol. Viruslar bilan infektsiyalangan xujayralarning timidinkinazasi qator ketma-ket reaktsiyalardan so‘ng atsiklovirni faol atsiklovir mono-, di- va trifosfatga aylantiradi. Atsiklovir trifosfati DNK-polimeraza bilan o‘zaro ta'sir qiladi va yangi viruslar uchun sintezlanadigan DNK zanjiriga joylashib oladi. Shunday qilib, «nuqsonli» virus DNK si shakllanadi, bu viruslarning yangi avlodini replikatsiyasini bostirilishiga olib keladi.
Farmakokinetikasi
Mahalliy qo‘llanganida shikastlangan teri orqali deyarli so‘rilmaydi, tizimli qon oqimiga tushmaydi.
Qo‘llanilishi
Herpes simplex virusining 1 va 2 turlari chaqirgan teri va shilliq qavatlarning infektsiyalari, genital gerpes, o‘rab oluvchi temiratki, suvchechakda qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga qo‘llanadi. Preparat terining shikastlangan va u bilan chegara sohalariga sutkada 5 marta (har 4 soatda) surtiladi. Shikastlangan sohalarni qo‘shimcha infektsiyalanishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun, surtma paxtali tampon bilan yoki toza qo‘llar yordamida surtiladi. Davolashni pufakchalarda po‘stloq hosil bo‘lguncha yoki ular to‘liq bitib ketgunicha davom ettirish kerak. Davolash davomiyligi o‘rtacha 5 kunni tashkil qiladi va 10 kundan oshmasligi lozim.
Nojo‘ya ta'sirlari
Giperemiya, terining quruqligi, qipiqlanishi; shilliq qavatlarga tushganda achishish, yallig‘lanish. Allergik dermatit rivojlanishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Atsiklovirga yoki preparatning boshqa komponentlariga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Ehtiyotkorlik bilan - homiladorlik, laktatsiya davri, degidratatsiya, buyrak yetishmovchiligi.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Sirtga qo‘llanganida boshqa dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Maksimal terapevtik samaraga erishish uchun preparatni infektsiya boshlangandan so‘ng (kasallikning birinchi belgilarida achishish, qichishish, sanchiq, zo‘riqish hissi va qizarishda) iloji boricha ertaroq qo‘llash lozim.
Surtmani og‘iz bo‘shlig‘i va ko‘zlarning shilliq qavatlariga qo‘yish tavsiya etilmaydi, chunki yaqqol mahalliy yallig‘lanish rivojlanishi mumkin. Genital gerpesni davolashda jinsiy aloqadan saqlanish yoki prezervativlarni ishlatish kerak, chunki atsiklovirni qo‘llash virusni sheriklarga yuqishini oldini olmaydi.
Homiladorlik va laktatsiya davri
Preparatni xomiladorlik davrida qo‘llashning xavfsizligi bo‘yicha adekvat va nazoratli klinik tadqiqotlar o‘tkazilmagan.
Faqat ona uchun taxmin qilinayotgan foyda homila uchun potentsial xavfdan yuqori bo‘lgan holdagina qo‘llash mumkin.
Davolash davrida emizishni to‘xtatish masalasini hal qilish kerak.
Preparat bolalar olaolmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun 5% surtma 10 g, 30 g dan alyumin tubalarda. Qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan birga karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Quruq, salqin, yorug‘likdan himoyalangan va bolalar olaolmaydigan joyda.
Yaroqlilik muddati
2 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
«Altayvitaminy» YoAJ
659325, Oltoy o‘lkasi, Biysk sh., Zavodskaya ko‘ch., 69
Telefon (3854) 32-69-43, 32-69-46, Faks (3854) 32-71-53, 32-76-40.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.