Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
25 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 25 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Tarkibi
Бензилбензоат
Ishlab chiqarilgan mamlakat
Rossiya
Производитель
Нижфарм, АО, Россия произведено: Lyka Labs Limited, Индия, упаковщик: Хемофарм, Россия
Retsept bo'yicha dorilar
Yo‘q
Benzilbenzoat surtma 20% 25 g. tuba haqida va yo'riqnoma
- Preparatning savdo nomi
- Xalqaro patentlanmagan nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Benzilbenzoat.
Xalqaro patentlanmagan nomi
Benzilbenzoat.
Dori shakli
sirtga qo‘llash uchun surtma.
Tarkibi
1 g surtma saqlaydi
ta'sir etuvchi modda benzilbenzoat - 200,0 mg;
yordamchi moddalar trolamin – 50,0 mg, stearin kislotasi 95 – 200,0 mg, makrogol-400 – 50,0 mg, suv – 1,0 g gacha.
Ta'rifi
Oq yoki sarg‘ish tusli oq rangli, o‘ziga xos hidli surtma. Havo pufakchalari bo‘lishiga yo‘l qo‘yiladi.
Farmakoterapevtik guruhi
Qo‘tirga qarshi vosita.
ATX kodi R03AX01
Farmakologik xususiyatlari
Sirtga qo‘llash uchun qo‘tirga qarshi vosita. Qo‘tir kanalariga nisbatan zaharli ta'sir ko‘rsatadi. Lichinkalarni va yetuk qo‘tir kanalarning o‘limini chaqiradi; tuxumlariga ta'sir qilmaydi.
Farmakokinetikasi
Epidermisning yuqori qatlamlariga kiradi, tizimli qon oqimiga so‘rilmaydi.
Qo‘llanilishi
Qo‘tir.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
O‘ta yuqori sezuvchanlik, homiladorlik, emizish davri, 18 yoshgacha bo‘lgan bolalar.
Qo‘llash usuli va dozalari
Sirtga. Surtma kechasiga yuvingandan keyin barcha teri qoplamasiga, yuz va boshning sochli qismidan tashqari, qo‘l bilan ishqalab surtiladi, qo‘llar ertalabgacha yuvilmaydi, bir surkashga 30-40 g surtma sarflanadi. To‘rtinchi kuni ishlov berish takrorlanadi, beshinchi kuni ichki kiyim va ko‘rpa-to‘shak jildlarini almashtirish bilan yuvinish buyuriladi.
Nojo‘ya ta'siri
Mahalliy reaktsiyalar achishish hissi, terini ta'sirlanishi, allergik reaktsiyalar bo‘lishi mumkin.
Dozani oshirib yuborilishi
Mahalliy qo‘llanganida benzilbenzoat tizimli qon oqimiga deyarli so‘rilmasligi tufayli, preparatning dozasini oshirib yuborish hollari aniqlanmagan.
Boshqa dori preparatlari bilan o‘zaro ta'siri
Benzilbenzoat surtmasini boshqa preparatlar bilan farmakologik o‘zaro ta'siri aniqlanmagan, lekin barcha parazitlarga qarshi vositalar kabi uni boshqa sirtga ishlatiladigan dori vositalari bilan bir vaqtda qo‘llash tavsiya qilinmaydi.
Maxsus ko‘rsatmalar
Takroriy zararlanishni oldini olish uchun, zararlanish o‘chog‘idagi bemorlarni, shu jumladan bemorlar bilan muloqatda bo‘lganlarni ham bir vaqtda davolash lozim. Davolanishdan keyin qichishishni saqlanib qolishi spetsifik davolashning qo‘shimcha kursini buyurish uchun sabab bo‘laolmaydi. Qichishish nobud bo‘lgan kanaga va uning hayot faoliyatining mahsulotlarga nisbatan organizmning reaktsiyasi bo‘lib, antigistamin preparatlar yoki glyukokortikosteroidli surtmalar buyurilganida o‘tib ketadi. Davolanishdan so‘ng 2 hafta davomida, asoratlar kuzatilganida esa undan ham uzoqroq vaqt shifokor nazorati talab etiladi,
Shikastlangan teriga tekkan barcha predmetlarga, zararsizlantirish maqsadida yaxshilab ishlov berish lozim. O‘rin-ko‘rpa jihozlari, ichki kiyim, sochiqni kir yuvish kukuni eritmasida 5-10 minut qaynatish lozim. Ustki kiyimlar ikki tomoni issiq dazmol bilan dazmollanadi. Termik ishlov berib bo‘lmaydigan buyumlar ochiq havoda 3 kun yoyib qo‘yiladi. Poyafzal, o‘yinchoqlar va boshqa predmetlarni 5 kun ishlatish man etiladi va sellofan paketlarga joylashtiriladi. Matratslar, yostiqlar va ko‘rpalarni ham 5 kun ishlatish man etiladi va kamerada dezinfektsiyasiyalanadi. Yumshoq mebelga dezinsektsiyalovchi preparatlar bilan ishlov berish mumkin. Kvartira tozalanadi, pollar dezinfektsiyalovchi moddalar qo‘shilgan yuvish vositalari bilan yuviladi.
Preparatni ko‘z, burun, og‘izga tushishidan saqlanish kerak.
Preparat tushganda quyidagi choralar ko‘riladi
-og‘izga tushganida og‘izni ko‘p miqdordagi suv bilan yoki 2% iliq natriy gidrokarbonati eritmasi («ichimlik sodasi») bilan chayiladi;
-me'daga tushganida me'da 1%-2% natriy gidrokarbonati eritmasi (ichimlik sodasi), ko‘ydirilgan magneziyaning suvli aralashmasi yoki faollashtirilgan ko‘mir bilan yuviladi;
-burunga tushganida suv bilan yaxshilab yuviladi;
-ko‘zga tushganida suv va natriy gidrokarbonat eritmasi bilan yaxshilab yuviladi.
Chiqarilish shakli
Sirtga qo‘llash uchun 20% surtma. 25 g dan alyumin yoki polietilen laminat tubalarda.
Har bir tuba tibbiyotda qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
20oS dan yuqori bo‘lmagan haroratda.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgandan so‘ng preparat ishlatilmasin.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz
Ishlab chiqaruvchi
/E'tirozlarni qabul qiluvchi korxona
«NIJFARM» AJ, Rossiya
603950, Nijniy Novgorod sh.,
GSP-459, Salganskaya ko‘ch., 7
Tel. (831) 278-80-88, faks (831) 430-72-28, Ye-mail med@stada.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.