Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Remov loson 4% 50ml
Nomi | Narx | |||||
Ремов лосьон 4% 50мл (1002304##2033) |
UZS 37 000
Stokda yetarli (1)
|
-
+
|
Sotib oling
|
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Kelib chiqqan mamlakat
Hindiston
Дозировка
4%
Производитель / Ishlab chiqaruvchi
Kusum Healthcare Pvt. Ltd
Retsept bo'yicha dorilar
Нет
Chiqarish shakli
Лосьон
Ko'rsatmalar
Preparatning savdo nomi
Remov
Ta'sir etuvchi modda (XPN) dimetikon
Dori shakli
loson 4%
Tarkibi
Har bir ml loson quyidagilarni saqlaydi
faol modda dimetikon 40 mg;
yordamchi modda siklometikon 5.
Ta'rifitoza, tiniq, bir xil turdagim hidsiz loson.
Farmakoterapevtik guruhi
ektoparazititsid, shu jumladan qichimaga qarshi vosita.
ATX kodi P03AX05.
Farmakologik xulari
Farmakodinamika
Dimetikon ko‘plab farmatsevtik va kosmetik dori vositalarida ishlatiladi.
4% kontsentratsiyasi bitlarning fizik-fiziologik faolligiga ta'sir ko‘rsatishi tasdiqlangan. Bitlarning ovitsid faolligiga ta'sir kamroq faol hisoblanadi, ikki marta qo‘llanish o‘rtasida 7 kunlik oraliq vaqt saqlanishi kerak.
Remov losoni tarkibida neyrotoksik fosfororganik insektitsidlar mavjud emas, shu tufayli sirkalarning spetsifik fermentlariga ta'sir ko‘rsatmaydi. Remov losьoni bitlarga o‘z suv muvozanatini eplash qobiliyatini bartaraf etgan va buzgan holda jismoniy jarayon orqali ta'sir ko‘rsatadi, shu tufayli hasharot ortiqcha suvni chiqarib tashlash qobiliyatini yo‘qotadi. Dimetikonning faolligi insektitsidlarga chidamli bosh bitlariga nisbatan ta'siri kamaymaydi.
Farmakokinetikasi
Remov losoni shikastlangan joyga maxalliy surtiladi, biroq dimetikon teriga kam singib ketadi yoki umuman singimaydi.
Qo‘llanilishi
Remov losoni bitlarni bartaraf qilish uchun qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Faqat maxalliy tashqi qo‘llanish uchun mo‘ljallangan.
Kattalar va bolalar (olti oylik va undan katta yoshdagilar).
Quruq sochlarga vosita boshning butun tukli qismi maydonini qoplab oladigan tarzda soch ildizidan uchigacha yetarli miqdorda losьon surtiladi. Eritma soch ildizidan uchigacha bir xilda taqsimlab chiqiladi. Sochlar tabiiy ravishda quritiladi. Remov losoni sochlarda eng kamida 8 soat yoki butun tun bo‘yi qoldiriladi. Sochlar oddiy shampunь bilan yuvib tashlanadi va suv bilan yaxshilab chayib olinadi. Ushbu muolaja yetti kundan keyin takrorlanadi.
Olti oylik yoshgacha bo‘lgan bolalarda loson faqat shifokor kuzatuvi ostida qo‘llanishi kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Dimetikon, odatda, bemorlar tomonidan yaxshi chidamlilikka egadir. Teri qizarishi, qichishishi yoki bosh terisi sho‘ralashi va ko‘z atrofi yallig‘lanishi kabi biroz nojo‘ya ta'sirlar paydo bo‘lishi mumkin.
Soch to‘kilishi ayrim holatlari to‘g‘risida ma'lum qilingan.
O‘ta sezuvchanlik reaktsiyalari alomatlari toshmani, eshak yemi kasalligini, generalizatsiyalangan qichimani va nafas olish qiyinlashishini o‘z ichiga oladi.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Dori vositasi tarkibiy moddalaridan biriga yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dimetikonning boshqa tibbiy dori vositalari bilan o‘zaro ta'siri ma'lum emas.
Maxsus ko‘rsatmalar
Teri toshmasi yoki mahalliy yoki umumiy yuqori sezuvchanlikning boshqa belgilari paydo bo‘lganda darhol preparatni qo‘llash to‘xtatilishi kerak.
Yuqori sezuvchanlikning biron-bir simptomlari (masalan, toshma, eshak yemi kasalligi, generalizatsiyalangan qichima, nafas olish qiyinlashishi) paydo bo‘lganda, dori vositasini shampunь yordamida darhol yuvib tashlash kerak, agar simptomlar bartaraf bo‘lmasa, shifokorga murojaat qilish kerak.
Faqat tashqi qo‘llanish uchun mo‘ljallangan.
Ko‘zga tushishiga yo‘l qo‘ymang, tasodifan ko‘z tushgan holatda, suv bilan yuvib tashlang.
Sochga surtilgan Remov losoni ochiq olov yoki boshqa olov manbai bilan bevosita aloqada yonadi, shuning uchun qo‘llash paytida sochni ochiq olov manbasidan yoki boshqa olov manbalaridan uzoqroq tutish kerak.
O‘ramdava tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnoma ko‘rsatmalarda quyidagilar ko‘rsatilgan
"Ogohlantirish Remov losoni bilan davolanishda sochingizni alangalanish manbalaridan, ayniqsa, ochiq olovdan va tutatilgan sigaretalardan uzoqroq tuting. Ishlov berilgan sochlar alanga oldida oson yonib ketishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanilishi
Remov losoni homiladorlik vaqtida qo‘llanishi mumkin emasligi to‘g‘risida ma'lumotlar yo‘q.
Transport vositalari va boshqa xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ma'lum emas.
Dozani oshirib yuborilishi
Ortiqcha dozalanishning ifodalangan simptomlari aniqlanmagan.
Remov losonning teri qoplamalari kesilishi orqali qon oqimiga tushishi ehtimoli kam, biroq agar bunday holatlar yuz bersa, mavjud ma'lumotlarga ko‘ra, dori vositasi tezda organizmdan o‘zgarmagan shaklda ajralib chiqadi. Agar loson tasodifan yutib yuborilgan bo‘lsa, alohida xavfsizlik masalalariga daxl qilmasligi to‘g‘risida ham ma'lumotlar kelgan.
Maxsus choralar talab qilinmaydi.
Chiqarilish shakli
50 ml losьon PET flakonda, purkagich va tibbiyotda qo‘llanilishiga doir yo‘riqnomasi bilan karton o‘ramda.
Saqlash sharoiti
Quruq, yorug‘likdan himoyalangan joyda 25°C dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Bolalar ololmaydigan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Yaroqlilik muddati
o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dorixonadan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Kusum Healthcare Pvt. Ltd.
Manzili
SP-289(A), RIICO Industrial Area, Chopanki, Bhiwadi, Dist. Alwar (Rajasthan), Hindiston.
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.