Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Bebinos Karminativum tomchilari 30ml
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Жидкий экстракт: плодов фенхеля, цветков ромашк, плодов кориандра
Страна производитель
Германия
Производитель
Dentinox Gesellschaft fur pharmazeuitische Praparate Lenk & Schuppan
Форма выпуска
Капли для приема внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Karminativum Bebinos®
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun eritma (tomchilar), 30 ml
Tarkibi
1 gramm preparat quyidagilarni saqlaydi
faol moddalar
arpabodiyon mevalarining suyuq ekstrakti 320,0 mg;
kashnich mevalarining suyuq ekstrakti 200,0 mg;
moychechak gullarining suyuq ekstrakti 200,0 mg;
yordamchi moddalar propilenglikol, 70% li sorbit eritmasi, natriy saxarini.
Ta'rifi jigarrang, o‘ziga xos hidli, tiniq eritma.
Farmakoterapevtik guruhi
Me'da-ichak yo‘llarining kasalliklarini va moddalar almashinuvini buzilishlarini davolash uchun boshqa preparatlar. Me'da-ichak yo‘llarining kasalliklarini va moddalar almashinuvini buzilishlarini davolash uchun turli boshqa preparatlar.
ATX kodi A16AX
Farmakologik xususiyatlari
Karminativum Bebinos® - me'da-ichak yo‘llarining shilliq qavatiga mahalliy ta'sir ko‘rsatuvchi o‘simliklardan olingan preparat. Shuni hisobga olib, farmakokinetik ma'lumotlar talab etilmaydi.
O‘simlik ekstratlarining har bir faol komponenti o‘zining xarakterli ta'sir mexanizmiga ega, xususan arpabodiyon ichak spazmlarini bartaraf etadi; kashnich ishtahani yaxshilaydi, dispeptik sindromni bartaraf etadi; moychechak me'da-ichak yo‘llarining spazmlarini bartaraf etadi, yallig‘lanishga qarshi samara ko‘rsatadi.
Qo‘llanilishi
-turli sababdagi sanchiq va meteorizmni oldini olish va davolash
-bolalarda me'da-ichak yo‘llari tomonidan buzilishlar (emizishdan ajratganda, me'da-ichak yo‘llarining nevrogen buzilishlari, ishtahani yo‘qligi) da qo‘llanadi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Emizikli bolalarga 3-6 tomchidan kuniga 3 marta; bir yoshdan oshgan bolalarga – 6-10 tomchidan kuniga 3 marta suyultirilmagan ko‘rinishda yoki oz miqdordagi bo‘tqa yoki suyuqlik bilan – suyultirilgan ko‘rinishda (masalan butilkada choy bilan) beriladi.
Qo‘llashdan oldin flakon ichidagisini chayqatish va flakonni vertikal holatda ushlash kerak.
Nojo‘ya ta'sirlari
Kam hollarda
-allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
-sorbitolni o‘zlashtiraolmaslik (fruktozani o‘zlashtiraolmaslik)
-homiladorlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Aniqlanmagan.
Maxsus ko‘rsatmalar
Ushbu dori vositasi 36% x.% alkogolь saqlaydi, bu bir martalik dozada 99 mg (0,099 g) spirtga to‘g‘ri keladi.
Bir martalik dozadagi alkogolning miqdori kam va emizikli bolalarga bezarar, konservantlar saqlamaydi. Karminativum Bebinos® tishlarni shikastlanishini chaqirmaydi.
Arpabodiyonga yuqori sezuvchanligi bo‘lgan shaxslarda allergik reaktsiyalar kuzatilishi mumkin.
Homiladorlik va laktatsiya
Ayollarda homiladorlik va emizish davrida qo‘llash bo‘yicha ma'lumotlar yo‘q.
Dori vositasini transport vositalari yoki potentsial xavfli mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'sirining o‘ziga xosligi
Noma'lum, chunki ushbu preparat faqat bolalar uchun mo‘ljallangan.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati tugaganidan so‘ng ishlatilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Aniqlanmagan.
Chiqarilish shakli
30 ml dan polietilen tomchilagich va polipropilen buraladigan qopqoqli to‘q shisha flakonlarda.
1 flakon davlat va rus tillaridagi qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnomasi bilan karton qutiga joylanadi.
Saqlash sharoiti
Yorug‘likdan himoyalangan joyda, 25°S dan yuqori bo‘lmagan haroratda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3,5 yil.
Flakon ochilgandan keyin yaroqlilik muddati 1 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
Dentinoks Obщestvo farmatsevticheskix preparatov Lenk & Shuppan
Nunsdofer Ring, 19, 12277 Berlin, Germaniya
Qayd etish guvohnomasining egasi
Dentinoks Obщestvo farmatsevticheskix preparatov Lenk & Shuppan
Nunsdofer Ring, 19, 12277 Berlin, Germaniya
Qozog‘iston Respublikasi xududida mahsulot (tovar) ning sifati bo‘yicha iste'molchilardan e'tirozlarni qabul qiluvchi tashkilot manzili
Farma Garant GmbX firmasining vakolatxonasi, Jibek Jolы 64, of.305, Olma-ota, Qozog‘iston, 050002, tel./faks (727)2 73 62 78
Elektron manzil pharmagarant.kaz@mail.ru
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.