Mahsulotning tashqi ko'rinishi fotosuratda ko'rsatilganidan farq qilishi mumkin
Yetkazib berish faqat retseptsiz dori-darmonlar uchun amalga oshiriladi
Аlledroks gel 200ml №1
'Ushbu mahsulot stokda yo'q, lekin biz siz uchun analoglarni tanladik
Yetkazib berish
Yetkazib berish punktidan olib ketish
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
Toshkent
3 soat bepul
O'zbekiston
2 kun bepul
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
Toshkent
22 000 UZS
O'zbekiston
yo'q
Ekspress yetkazib berish
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
Toshkent
40 daqiqagacha
O'zbekiston
1 kun
Yetkazib berish | Toshkent | O'zbekiston | |
Yetkazib berish punktidan olib ketish | 3 soat bepul | 2 kun bepul |
Toshkent shahridagi qabul qilish punktiga 3 soat ichida yetkazib berish bepul. O'zbekiston bo'ylab 2 kun ichida yetkazib berish bepul. Shanba kuni buyurtma berishda yetkazib berish muddati 3 kun.
|
Yetkazib beruvchidan uyingizgacha | 22 000 UZS | yo'q |
Yetkazib berish jadvaliga muvofiq 2 soat ichida eshigingizga yetkazib berish. Yetkazib berish xizmati har kuni dam olishlarsiz soat 9-00dan 21-00gacha.
|
Ekspress yetkazib berish | 40 daqiqagacha | 1 kun |
Toshkent bo'ylab tezkor yetkazib berish - 40 daqiqa ichida. O'zbekiston bo'ylab yetkazib berish 1-2 kun.
|
Xususiyatlari
Faol modda
Гидроксид алюминия и магния, активированный диметикон, натрий-карбоксиметилцеллюлоза
Страна производитель
Индия
Дозировка
200 мл
Производитель
Nabros Pharma Pvt. Ltd
Форма выпуска
Гель для приёма внутрь
Ko'rsatmalar
- Preparatning savdo nomi
- Dori shakli
- Tarkibi
- Farmakoterapevtik guruhi
- Farmakologik xususiyatlari
- Farmakokinetikasi
- Qo‘llash usuli va dozalari
- Qo‘llanilishi
- Maxsus ko‘rsatmalar
- Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
- Dozani oshirib yuborilishi
- Chiqarilish shakli
- Saqlash sharoiti
- Yaroqlilik muddati
- Ishlab chiqaruvchi
- Dorixonalardan berish tartibi
Preparatning savdo nomi
Alledroks
Ta'sir etuvchi moddalar (XPN) alyuminiy gidroksidining quritilgan geli+magniy gidroksidi+faollashtirilgan dimetikon
Dori shakli
ichga qabul qilish uchun meva ta'miga ega gel
Tarkibi
Har 10 ml gel quyidagidalarni saqlaydi
faol moddalar alyuminiy gidroksidining quritilgan geli 830,0 mg, magniy gidroksidi 180,0 mg, faollashtirilgan dimetikon 50,0 mg
yordamchi moddalar metilparaben natriy, propilparaben natriy, natriy benzoati, aerosil, natriy saxarini, sorbitol 70%, mentol, ksantan gam, eritrozin bo‘yovchisi, qalampir yalpiz ta'm qo‘shimchasi, tozalangan suv.
Ta'rifi pushti rangli gel
Farmakoterapevtik guruhi
me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligiga qarshi vosita (antatsid).
ATX kodi A02AX.
Farmakologik xususiyatlari
Alyuminiy gidroksidi va magniy birikmalari spirt va suvda deyarli erimaydi, antatsid vosita hisoblanadi. Bu moddalarning majmuasi me'dada xlorid kislotasini neytralizatsiyasi, prostaglandinlar ajralib chiqishini rag‘batlantirish, o‘t kislotalari va pepsinni adsorbtsiya qilish yo‘li orqali samara ko‘rsatadi. Pepsinning faolligini kamaytiradi, sitoprotektiv samara ko‘rsatadi (bikarbonatlar tomonidan shilliq qavat saqlanib qolishini rag‘batlantiradi). Preparat tarkibida alyuminiy va magniy tuzlari mavjud, bu ichakni normal faoliyat ko‘rsatishiga yordam beradi.
Magniy gidroksidi – antatsid va surgi vositasi hisoblanadi. Me'dada erkin xlorid kislotasini neytralizatsiya qiladi, me'da shirasining peptik faolligini kamaytiradi. Magniy gidroksidining ta'siri xlorid (sulfat) kislotasini ikkilamchi gipersekretsiyasi va kislota-ishqor muvozanatini o‘zgarishlari bilan kechmaydi. Surgi ta'siri 0,5-6 soatdan keyin kuzatiladi. Magniy gidroksidi ichakning barcha sohalarini peristaltikasini oshishiga olib keladi.
Dimetikon – ichakda gaz hosil bo‘lishini kamaytiradi, motorikani kuchaytiradi, ko‘pikni bartaraf etuvchi faollik namoyon qiladi. Ichakdagi gaz pufakchalarining sirt tarangligini kamaytirib, ularni parchalanishini chaqiradi. Ajralib chiqayotgan gazlar ichak devorlari orqali qisman so‘riladi, shuningdek ichak peristaltikasi hisobiga organizmdan chiqariladi.
Farmakokinetikasi
Alyuminiy gidroksidi
Ichga qabul qilingandan keyin alyuminiyning faqat oz miqdori so‘riladi. Alyuminiy so‘rilgandan keyin suyaklar, o‘pkalar va nerv tizimi to‘qimalarida to‘planadi.
Magniy gidroksidi
Me'da shirasi ta'siri ostida magniy xloridiga aylanadi, shu ko‘rinishda so‘riladi. Magniy gidroksidining biokiraolishligi 10% dan ko‘proqni tashkil qiladi.
Chiqarilishning asosiy yo‘li buyraklar orqalidir. Buyrak faoliyatini buzilishi bo‘lganda magniy organizmda to‘planishi mumkin.
Dimetikon
Minimal darajada so‘riladi, preparat me'da-ichak yo‘llari bo‘shlig‘ida ta'sir ko‘rsatadi. Dimetikon peroral yuborilgandan keyin me'da-ichak yo‘llaridan so‘rilmaydi. Kimyoviy jihatdan inertligi tufayli me'da-ichak yo‘llaridagi mikroorganizmlar va fermentlarga ta'sir qilmaydi. Ovqatni so‘rilishini kamaytirmaydi, me'da shirasining reaktsiyasi va xajmini o‘zgartirmaydi.
O‘zgarmagan ko‘rinishda to‘g‘ri ichak orqali chiqariladi.
Qo‘llanilishi
- gastrit va me'da va o‘n ikki barmoq ichak yara kasalligidagi og‘riq;
- refleyuks-ezofagit;
- diafragmaning qizilo‘ngach teshigi churrasi;
- ayrim dori vositalarini (glyukokortikosteroidlar, nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar) qo‘llash oqibatida yuzaga keluvchi dispeptik ko‘rinishlar (va ularni oldini olish);
- parhezdagi yo‘l qo‘yilgan hatoliklar, kofe, nikotin, alkogolni haddan tashqari ko‘p iste'mol qilish oqibatida yuzaga keluvchi epigastriydagi diskomfort va og‘riq, jig‘ildon qaynashi, kislotali kekirish;
- meteorizmda qo‘llaniladi.
Qo‘llash usuli va dozalari
Alledroksni ovqatdan 1-1,5 soatdan keyin yoki og‘riqlar paydo bo‘lganda qabul qilish kerak.
Kattalarga 2 choy qoshiq (10 ml) dan kun davomida 3 marta va kechqurun buyuriladi.
4 oylikdan 1 yoshgacha bo‘lgan bolalarga ½ choy qoshiqdan sutkada 3 marta, 1 yoshdan oshgan bolalarga 1 choy qoshiqdan sutkada 3 marta buyuriladi. Qo‘llashdan oldin flakonni chayqatish kerak.
6 yoshdan 12 yoshgacha bo‘lgan bolalarga kattalar uchun tavsiya etilgan dozaning yarmini tashkil etuvchi dozada buyurish tavsiya etiladi.
Nojo‘ya ta'sirlari
- ko‘ngil aynishi, me'dada spazmlar, ta'm bilishni o‘zgarishi;
- me'da-ichakdan o‘tkir qon ketishi, ichak perforatsiyasi;
- gipermagniyemiya, gipofosfatemiya, gipokaltsiyemiya, giperkaltsiuriya, osteomalyatsiya, osteoporoz, giperalyuminiyemiya;
- allergik reaktsiyalar;
- nefrokaltsinoz, buyrak faoliyatini buzilishi.
Yondosh buyrak yetishmovchiligi bo‘lgan bemorlarda – chanqoqlik, arterial bosimni pasayishi, giporefleksiya.
Qo‘llash mumkin bo‘lmagan holatlar
Og‘ir buyrak yetishmovchiligi, natriyni ichte'mol qilinishi nazorat qilish kerak bo‘lgan, masalan dimlangan yurak yetishmovchiligi, arterial gipertenziya, jigar sirrozi bo‘lgan patsiyentlarda gipofosfatemiyada qo‘llash mumkin emas.
Metabolik yoki respirator alkaloz, gipokaltsiyemiya yoki gipoxloremiyasi bo‘lgan patsiyentlarga buyurish mumkin emas.
Altsgeymer kasalligi.
Preparatning har qanday komponentiga o‘ta yuqori sezuvchanlikda qo‘llash mumkin emas.
Dorilarning o‘zaro ta'siri
Dorilarning o‘zaro ta'siri kuzatilishi mumkinligi tufayli Alledroksni indometatsin, salitsilatlar, gistamin N2-retseptorlari blokatorlari, beta-adrenoblokatorlar, aminazin, diflunizal, izoniazid, fenitoin, tetratsiklin qatori antibiotiklari, fosfat saqlovchi preparatlarni qabul qilishdan 2 soat oldin yoki 2 soatdan keyin qabul qilish kerak.
Maxsus ko‘rsatmalar
Homiladorlik va laktatsiya davrida qo‘llanishi
Alledroksni homiladorlikda ko‘rsatmalar bo‘yicha qo‘llash mumkin. Preparatni ko‘krak suti bilan ajralishi haqidagi ma'lumotlar yo‘qligi tufayli, laktatsiya davrida qo‘llash tavsiya etilmaydi.
Avtomobilni va murakkab mexanizmlarni boshqarish qobiliyatiga ta'siri
Ta'sir qilmaydi.
Preparat bolalar ololmaydigan joyda saqlansin va yaroqlilik muddati o‘tgach qo‘llanilmasin.
Dozani oshirib yuborilishi
Simptomlari nerv-mushak blokadasini avj olishi va chuqur pay reflkslarini yo‘qolishi bilan kechuvchi gipermagniyemiya rivojlanishi mumkin.
Davolash me'dani yuvish, faollashtirilgan ko‘mirni buyurish, simptomatik va tutib turuvchi davolash ko‘rsatilgan.
Chiqarilish shakli
200 ml dan gel flakonlarda.
Saqlash sharoiti
Salqin, yorug‘likdan himoyalangan joyda saqlansin.
Yaroqlilik muddati
3 yil.
Dorixonalardan berish tartibi
Retseptsiz.
Ishlab chiqaruvchi
NABROS FARMA PVT.LTD.
N.X. №8, Kadjipura, Keda 387411, Hindiston
Diqqat!
Ma'lumotlar faqat ma'lumot olish uchun berilgan va o'z-o'zidan davolanish uchun qo'llanma sifatida foydalanilmasligi kerak. Faqat shifokor preparatni buyurishga qaror qilishi mumkin, shuningdek uni qo'llash dozasi va usullarini aniqlaydi.
Pharmalick.uz veb-sayti Pharmalick.uz veb-saytida joylashtirilgan ma'lumotlardan foydalanish natijasida yuzaga kelishi mumkin bo'lgan salbiy oqibatlar uchun javobgar emas.